Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


Ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklashdan iborat bo'lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi



Download 1,64 Mb.
bet19/83
Sana11.04.2022
Hajmi1,64 Mb.
#542705
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83
Bog'liq
5 6325499938012660880

Ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklashdan iborat bo'lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi. Xotira bir necha ruhiy jarayonni o'z ichiga oladi:

  1. Esda olib qolish;

  2. Esga tushirish;




  1. Esda saqlash va unitish.

Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o'sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan bir materialni esda olib qolish hayot faoliyati jarayonida individual tajriba orttirilishiga bog'liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik bo'ladigan faoliyatda qo'llash uchun uni esga tushirish taqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unitilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokiga bog'liq bo'ladi. Chunki har bir muayyan paytda kishining xulq-atvori uning butun hayotiy tajribasi bilan belgilanadi.Xotira shaxs psixik hayotining eng muhim, belgilovchi xususiyati hisoblanadi. Xotiraning roli «o'tmishda yuz bergan» narsani aks ettirish bilangina cheklanib qolishi mumkin emas.Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muhim xarakteristikasi bo'lish bilan birga inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta'minlaydi.Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha biror narsa yoki xodisani idrok qilamiz, biror narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib qolish jarayoni eng avval miya po'stida idrok qilinayotgan narsalar-buyum, surat, so'z, fikr va hokazolarning «izlari» hosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan iboratdir.Esda olib qolishning ikki turi mavjud: assosiativ va mantiqan esda qoldirish. Bir vaqtda va bir joyda birin-ketin idrok qilingan ikki yoki bir qancha narsa va hodisalarning obrazlari o'rtasida miyada hosil bo'ladigan bog'lanish assosiativ bog'lanish yoki assosiasiya deyiladi. Masalan, birorta ashulani eshitib turib, ayni zamonda shu ashulani aytayotgan odamning o'zini ham ko'rsak, shu ashulani idrok qilish o'rtasida yondosh assosiasiya hosil bo'ladi. Assosiasiyaning yondoshlik assosiasiyasidan tashqari o'xshashlik, qarama-qarshilik turlari ham mavjud.Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan esda olib qolish jarayonida asosiy o'rinda fikrlash jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan materialning ayrim qismlari va elementlari o'rtasidagi ma'no va mantiqiy bog'lanishlarni fikr yuritish yo'li bilan ochiladi. Ma'no bog'lanishlarni ochish birorta narsaning obrazini oddiy esda olib qolish emas, balki narsa va xodisalarga xos bo'lgan eng muhim va zaruriy bog'lanishlarni ochish demakdir, bir guruh doirasiga kirgan narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilari, ular o'rtasidagi sabab va natija bog'lanishlarini aniqlash demakdir.

O'tmishda idrok qilingan narsalarning hisqtuyg'u, fikr va ish harakatlarning ongimizga qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida ilgari hosil bo'lgan nerv bog'lanishlarning qo'zg'alishidir.


Idrok qilingan narsalar miyamizda o'rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli, ular turli usulda esimizga tushishi mumkin. Esda saqlash deyilganda ilgari tug'ilgan taasurot, fikr, his-tuyg'u va ish harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishini tushunamiz. Ana shunday moyillikning hosil bo'lishi va mustahkamlanib qolishi nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi alohida xususiyatga ega bo'lishi bilan bog'liq. Shuning uchun ham nerv sistemasi ilgari bo'lib o'tgan tassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Unutish-ilgarilari esga olib qolingan narsalarning ongimizdan tamomila yo'qolishi, ya'ni uni esda tutishga batamom qarama-qarshi jarayon deb tushunamiz. Bu xato fikrdir. Esdan chiqarish xotirani ko'pgina keraksiz detallardan holi qilish va eslab qolinganini umumlashtirish, shu orqali esa uning saqlanib qolishiga yordam beradi. Esdan chiqarishning o'ziga xos xususiyati uning bir tekisda bo'lmasligidir. Esdan chiqarishning oldini olish uchun u materialni shunday, biroq o'z vaqtida takrorlash kifoyadir, chunki esdan chiqarilgan narsani qayta tiklash uchun anchagina mehnat talab qilinadi.
Xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqidagi ta'limotining eng muhim qoidalari bilan chambarchas bog'liqdir. Muvaqqat shartli bog'lanishlarning hosil bo'lishi haqidagi ta'limot-bu sub'ektning individual tajribasi tarkib topishi mexanizmlari haqidagi ta'limot, ya'ni aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir.
Xotira kishi hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida ishtirok etishi sababli uning namoyon bo'lishi shakllari ham benihoya rang-barangdir. Xotiraning turlarga bo'linishi, eng avvalo, esda olib qolish va yana qayta eyaga tushirish jarayonlari o'rin olgan faoliyatning aynan o'ziga xos xususiyatlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Bu xotiraning u yoki bu turi kishida uning psixik tuzilishiga xos xususiyat sifatida gavdalangan hollar uchun ham to'g'ridir. Muayyan psixik xususiyat faoliyatda gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi.
Xotira ta'riflarining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo'ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog'liqligi xotiraning har xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo'linadi:


Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish