Mavzu: Biosfera va Noosfera dealiktikasiga erishishning o’zaro ahamiyati.
Bajardi: Turdiyev Dilshod
Ilmiy rahbar:________________
Toshkent- 2021 yil MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………3
ASOSIY QISM……………………………………………………………4
Biosfera haqida tushuncha……………………………………….....4
Biosferada modda va energiya almashinuvi dialiktikasi...................7
Noosfera haqida tushuncha……………………………….……….15
Noosfera konsepsiyasiyasining asosiy tamoyillari va insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o’rni…………………….……….………..16
XULOSA…………………………………………………………..……..18
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..…19
KIRISH Biosfera haqida tushuncha. Yerning tirik organizmlar va biogen cho'kindi jinslar tarqalgan qismini rus olimi akademik Vernadskiy V.I. (1920) (grekcha "bio" – hayot, "sfera" - shar) deb nomlagan. Katta tabiatshunos olim J.B. Lamark birinchi marta «Biosfera» atamasini fanga kiritib, uning asol ma'nosini hayot tarqalgan joy va Yer yuzasida bo'layotgan jarayonlarga tirik organizmlar ta'siri, deb ifodalaydi. Avstraliyalik geolog olim Y.Zyuss 1875 yili Lamarkdan keyin «Biosfera» atamasini ikkinchi marta fanga kiritadi va Yerda tarqalgan maxsus qobiq deb izoh beradi.
Noosfera – biosferaning yangi sifat holati. Biosfera to'xtovsiz rivojlanib, shakllanib kelayotgan ekan unda insonning roli juda katta. Biosferada inson faoliyati tufayli turli ijobiy va salbiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Inson o'z mehnatini engillashtirish maqsadida yaratgan texnika vositalari, biosfera tarkibida texnosferani hosil bo'lishiga sabab bo'ldi. Bu esa o'z navbatida atrof muhit holatini salbiy tomonga o'zgartirdi. Biosfera bu ulkan sistema uni inson to'la-to'kis boshqarishga qodir emas. Biosfera holatini yaxshilash uchun inson unga ijobiy ta'sir etishni ko'paytirishi lozim. Hozirgi ekologik muammolar insoniyatni biosferaga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lishga undayapti. Insonlar atrof muhit holatiga befarq emaslar. Kishilarni muhit holatini baholay olishlari uchun ularda ekologik ong bo'lishi kerak. Ekologik ongning shakllanishi natijasida ekologik madaniyat tarkib topadi. Demak kishilarning biosferadagi ekologik muvozanatni tiklashga harakat qilishlari ongli harakat hisoblanadi. Akademik V.I.Vernadskiy ta'biricha ongli harakat sohiblari noosferani tashkil etadi. Noosfera-ong, fikr, sfera-shar degan ma'nolarini bildiradi. Inson noosferada birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi. U o'z aqli va mehnati bilan yashash makonini o'zgartiradi va qayta bunyod qiladi. Lekin shuni ta'kidlash kerakki, insonning biosferani o'zgartirishi uning imkoniyatlari, chidamliligi darajasidan oshmasligi kerak. XX asrning ikkinchi yarmida fan-texnikaning jadal rivojlanishi, ishlab chiqarish vositalarining takomillashuvi biosferadaga salbiy o'zgarishlar oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilmog'i lozim. Kurs ishining maqsad va vazifalari