Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi


Sudyaning odob-axloqiga doir umumiy talablar



Download 51,08 Kb.
bet9/9
Sana06.07.2022
Hajmi51,08 Kb.
#748963
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abbos

2.3 Sudyaning odob-axloqiga doir umumiy talablar

Sudya odil sudlovni amalga oshirishda inson huquq va erkinliklarining sud tomonidan himoya qilinishi sud hokimiyati organlari faoliyatining mazmuni va mohiyati ekanligini unutmasligi lozim. Sudya har qanday vaziyatda o‘z shaʼni va qadr-qimmatini saqlashi, odob-axloq normalariga rioya etishi, kamtar, xushmuomala bo‘lishi hamda qo‘pollikka yo‘l qo‘ymasligi shart. Sudyaning faoliyatiga xalqning o‘zi baho berishini sudya doimo yodda tutishi lozim. Sudya o‘zi, qarindoshlari va boshqa shaxslar uchun biron-bir manfaat, xizmatlar, tijoratga oid yoki boshqa foyda olish maqsadida o‘z maqomidan foydalanmasligi, shaxsiy masalalar yuzasidan turli davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga murojaat qilishda o‘z xizmat mavqeidan foydalanmasligi kerak. Sudya o‘z vakolatlarini amalga oshirishida unga taʼsir o‘tkazilganligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga yo‘l qo‘yadigan hamda sudyaning mustaqilligi va xolisligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatlarni sodir etmasligi yoki boshqa shaxslarga shunday harakatlarni sodir etishi uchun imkon yaratib bermasligi zarur. Sudya sud devoni xodimlari va sud protsessi ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlarining talablari hamda odob-axloq normalari buzilgan hollarda ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rishi shart. Sudya o‘ziga nisbatan xizmat mavqeini suiisteʼmol qilganligi, ko‘rilayotgan ishning yakunidan g‘arazli yoki o‘zgacha tarzda manfaatdor ekanligi haqidagi oshkora ayblovlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rishi lozim. Sudya do‘st tanlash va tanish orttirishda ehtiyotkor bo‘lishi, o‘zining shaʼni va sudning obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan aloqalardan o‘zini tiyishi kerak. Sudyaning mustaqilligi davlat tomonidan uning faqat qonunga bo‘ysunishi, lavozimga tayinlanish (saylanish) tartibi, uning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashuv uchun javobgarlikka tortish orqali kafolatlanadi. Sudya o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlarga so‘zsiz rioya etishi, har qanday tashqi taʼsirlarning oldini olishi, tahdidlar, bosim va g‘ayriqonuniy taʼsir o‘tkazishga, sud jarayoniga bevosita yoki bilvosita aralashishga qarshilik ko‘rsatishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shaʼni, qadr-qimmati va mulkiy manfaatlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashi shart. Sudya odil sudlovni amalga oshirayotganda sud protsessi barcha ishtirokchilarining protsessual huquqlarini hurmat qilgan holda, har qanday bevosita yoki bilvosita tashqi taʼsirlar, niyatlar, bosim yoki aralashishlardan qatʼi nazar mustaqil harakat qilishi, faqat faktlarni baholashdan kelib chiqishi va ichki ishonchiga asoslanib, qonunga va huquqiy ongiga amal qilishi shart. Sudya faoliyatining ommaviy muhokama qilinishi, uning nomiga bildirilayotgan tanqidiy fikrlar u chiqaradigan qarorning qonuniyligi va asosliligiga taʼsir etmasligi kerak. Sudyaning xolisligi va beg‘arazligi odil sudlovni tegishli tarzda amalga oshirishning majburiy shartlaridir. Sudyaning sud muhokamasidagi hamda xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori jamiyat va protsess ishtirokchilarining sudyaning va sud hokimiyati organlarining xolisligi va beg‘arazligiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga imkon yaratishi zarur. Sudya ishni xolis ko‘rish maqsadida o‘zining kasbiy majburiyatlarini bajarayotganda har qanday afzalliklar, asossiz ishonch va taxminlardan holi bo‘lishi, o‘zining xolisligiga har qanday shubhalarni bartaraf etishga harakat qilishi lozim. Sudyaning qonunda nazarda tutilgan asoslarda o‘zini o‘zi rad etishi uning xolisligi va beg‘arazligini taʼminlovchi muhim omildir. Adolatli sud muhokamasi va barcha shaxslarga nisbatan teng munosabatda bo‘lish odil sudlovni xolis va beg‘araz amalga oshirishning asosiy shartidir.

Sudya o‘z majburiyatlarini xolislikni namoyon etib, sud protsessining barcha ishtirokchilariga jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, bir xil munosabatda bo‘lgan holda bajarishi shart. Sudya o‘z majburiyatlarini bajarish chog‘ida tenglik prinsipiga amal qilishi, taraflarning har biriga teng imkoniyatlar yaratgan holda xolislik va beg‘arazlikni namoyon etib, ular o‘rtasida muvozanatni saqlab turishi, sud ishlarini yuritishda qatnashayotgan barcha ishtirokchilarga bir xil eʼtibor qaratishi lozim. Odil sudlovni amalga oshirishda sudya fuqarolar bilan munosabatda xushmuomalalikni namoyon etishi, xalqlarning maʼnaviy urf-odatlari va anʼanalariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, turli xil etnik va ijtimoiy guruhlar hamda dinlarning madaniy va boshqa hususiyatlarini inobatga olishi, millatlararo va dinlararo totuvlikka imkon yaratishi, o‘zining shaʼni yoki sud hokimiyatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.


Sudya taraflarga o‘z protsessual majburiyatlarini bajarishi va o‘zlariga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib, ishning oqilona muddatda ko‘rib chiqilishini taʼminlab, o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishda biron-bir tarafni afzal deb qaramasligi, ularni kamsitmasligi, taraflarni eshitmasdan oldindan fikrga ega bo‘lishga yoki sirtdan shunday fikrda turishga yo‘l qo‘ymasligi shart. Sudya o‘z majburiyatlarini adolatli, tezkor, vijdonan va yuqori professional darajada bajarishi kerak. Sudya sud majlislarini tashkil etish va o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, sud protsessi ishtirokchilariga o‘z fikr-mulohazalarini erkin ifodalashi uchun teng imkoniyatlar berishi, ishlarni qonunda belgilangan protsessual muddatlarda ko‘rib chiqishi, ishni ko‘rib chiqishni asossiz va surunkali qoldirilishiga yo‘l qo‘ymasligi, qonuniy va adolatli qarorlar chiqarishi hamda ularni manfaatdor shaxslarga o‘z vaqtida yuborilishini taʼminlashi shart. Sudya adolatli bo‘lishi uchun xalq bilan muloqot qilishi, ularning dardu-tashvishlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilishi zarur. Halollik sudya o‘z vazifalarini tegishli tarzda bajarishining zarur shartidir. Sudyaning halolligi o‘z vazifalarini vijdonan bajarishida, rostgo‘yligida, nomaqbul harakatlardan o‘zini tiyishida va benuqson obro‘-eʼtiborga ega bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Sudya o‘z nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ommaviy tadbirlar va boshqa jamoat joylarida bo‘lishdan o‘zini tiyishi lozim. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga o‘tkazilgan bosim va aralashuvlar to‘g‘risida, shuningdek muayyan harakatlarni bajarganlik yoki bajarmaganlik uchun mukofot taklif qilinganligi haqida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Sudyalar oliy kengashiga va (yoki) sudyalar malaka hayʼatiga xabar qilishi lozim. Sudya o‘z majburiyatlarini vijdonan, yuqori professional darajada bajarishi, ish o‘z vaqtida va malakali ko‘rib chiqilishi uchun barcha choralarni ko‘rishi, shuningdek taraflarni yarashtirishga, nizoni tinch yo‘l bilan hal etishga ko‘maklashishi lozim. Sudya o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarishi uchun o‘z malakasi va kasbiy bilimlarini muntazam oshirib borishi, amaliy ko‘nikmalarini va shaxsiy fazilatlarini takomillashtirib borishi shart. Shu maqsadlarda sudya mustaqil taʼlim olish imkoniyatlaridan foydalanishi va muntazam ravishda davlat malaka oshirish tizimida qayta tayyorgarlikdan o‘tishi kerak. Tajribali sudyalar “ustoz-shogird” anʼanalariga tayangan holda o‘z tajriba va bilimlarini ilk bor tayinlangan sudyalarga o‘rgatishlari shart. Sudya hamkasblari va sudning boshqa xodimlariga nisbatan xushmuomala va vazmin bo‘lishi, tanqidga toqatli bo‘lishi, o‘zi to‘g‘risidagi tanqidiy fikrlar uchun bevosita yoki bilvosita taʼqib qilishga yo‘l qo‘ymasligi, boshqa sudyaning ish yurituvidagi ishlarni ko‘rib chiqilishiga aralashmasligi lozim. Sudya sud yordamchisidan va sud apparatining boshqa xodimlaridan mansab yo‘riqnomalari qoidalariga rioya etishni, yuqori professional darajada bo‘lishini, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli taqiqlar va cheklovlarga rioya etishini, majburiyatlar bajarilishini talab qilishi shart. Sud raislari birinchi navbatda sud rahbarlarining fidoyiligi, vatanparvarligi, sadoqati, kasbiy mahorati, mehnatsevarligi va yuqori darajadagi masʼuliyati sudning samarali faoliyati garovi ekanligini esda tutishlari zarur. Sud raisi (hayʼat raisi) tashkiliy-maʼmuriy vakolatlarini amalga oshirishda sudyalarning mustaqilligini cheklovchi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yishga, ularga bosim o‘tkazishga, shuningdek sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga taʼsir ko‘rsatish maqsadida maʼmuriy taʼsirning boshqa usullaridan foydalanishga haqli emas. Sudlarning raislari boshqa sudyalar o‘z majburiyatlarini samarali bajarishlarini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishlari, sud xodimlarini lavozimlarga shaffof tanlov asosida tayinlashlari, bunda urug‘-aymoqchilik, mahalliychilik va rahnamolikdan o‘zlarini tiyishlari shart. Sud raislari sudyalar va sud apparati xodimlarining ishga bo‘lgan munosabatini doimiy ravishda tahlil qilib borishlari hamda ular egallab turgan lavozimiga munosib bo‘lmagan taqdirda tegishli choralar ko‘rishlari shart.Sud raislari sudyalar va sud apparati xodimlari o‘rtasida vazifalarni adolatli taqsimlanishini belgilangan tartibda taʼminlashlari shart. Rahnamolikka (asossiz rag‘batlantirish va lavozimini oshirishga), shuningdek beparvolikka (faoliyatdagi kamchiliklari uchun chora ko‘rmaslikka, noqonuniy harakatlariga eʼtibor bermaslikka) yo‘l qo‘yilishi mumkin emas.Sud raisi, sudya sudyalik lavozimlariga nomzodlarga fikrnoma, tavsifnoma (tavsiyanoma) tuzishga masʼuliyat bilan yondashishi, xolis va beg‘araz bo‘lishi, sudyalik lavozimiga nomzodda bo‘lmagan shaxsiy, kasbiy, maʼnaviy va boshqa fazilatlarini tavsifnomada qayd etgan holda Sudyalar oliy kengashiga va malaka hayʼatiga taqdim etmasligi shart. Sudya o‘z fikrini erkin ifoda etish va ommaviy munozaralarda, shu jumladan sud faoliyati samaradorligi masalalariga oid munozaralarda ishtirok etish, o‘zi yoki hamkasblari tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining huquqiy asoslarini tushuntirish huquqiga ega. Bunda sudya o‘z tushuntirishlarida vazmin va ehtiyotkor bo‘lishi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga nisbatan xolis bo‘lishi va sud hokimiyatiga sadoqatini saqlashi lozim. Faoliyatni xizmatdan tashqari vaqtda amalga oshirish bilan bog‘liq cheklovlar. Sudya xizmatdan tashqari vaqtda qonunda belgilangan cheklovlar doirasidan chetga chiqadigan hamda sudning obro‘siga, shuningdek sudyaning xolisligi, mustaqilligi va beg‘arazligiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanmasligi lozim. Sudya zo‘ravonlik, shafqatsizlik, millatchilik ruhidagi, shuningdek siyosiy va diniy mazmunga ega mitinglar, yig‘ilishlar, namoyishlar shaklidagi ommaviy tadbirlarda ishtirok etmasligi kerak. Oila aʼzolari, yaqin qarindoshlari tomonidan jinoyat sodir etilganligi fakti to‘g‘risida sudya darhol belgilangan tartibda Sudyalar oliy kengashining Sudyalar daxlsizligini taʼminlash bo‘yicha sud inspeksiyasi (bundan buyon matnda Sud inspeksiyasi deb yuritiladi)ga to‘g‘ri axborot taqdim etishi lozim. Sudya o‘zining voyaga yetmagan farzandlarini boqish, tarbiya qilish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishi, ota-onasiga va boshqa mehnatga layoqatsiz oila aʼzolariga g‘amxo‘rlik qilishi lozim.Sudya sud resurslaridan shaxsiy maqsadda foydalanmasligi va xodimlarga shaxsiy ishlari bo‘yicha topshiriqlar bermasligi kerak.Muayyan ish hal qilinayotganda sudya biron-bir kishiga maslahat berishga va o‘z fikrini bildirishga haqli emas.
Sudya shaxsan o‘zi yoki ishonchli shaxslar orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, shu jumladan tijorat tashkilotini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega emas. Tijorat tashkilotlarining ustav fondlaridagi ulush, shuningdek tijorat tashkilotlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini beradigan qimmatli qog‘ozlar hadya qilingan yoki meros bo‘yicha olingan hollarda, sudya bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga xabar berishi va ularni boshqarishni darhol boshqalarga topshirish bo‘yicha choralar ko‘rishi zarur. Sudya o‘zi, turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlari olayotgan daromadlari hamda ularning manbalari to‘g‘risidagi, mulk huquqi va ashyoviy huquq asosida egaligida bo‘lgan mol-mulki, shuningdek mulkiy xususiyatga ega majburiyatlari haqidagi axborotdan xabardor bo‘lishi hamda bu haqdagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga belgilangan tartibda taqdim etishi shart. Sudya har qanday tashkilot foydasiga mablag‘lar yig‘ishda ishtirok etmasligi, biron-bir shaxsni mablag‘lar yig‘ishda ishtirok etishga daʼvat qilmasligi, shuningdek mazkur maqsadlar uchun sudyalik obro‘sidan foydalanmasligi yoki boshqa shaxslar va oila aʼzolarining foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Sud faoliyatining samaradorligi jamiyatning unga bo‘lgan ishonchiga va sud tomonidan qabul qilingan qarorlarning huquqiy asoslarini to‘g‘ri tushunishiga bog‘liq.
Jamiyatni sud faoliyati to‘g‘risida xolis, ishonchli va tezkor xabardor qilish maqsadida sudya ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlik qilishi hamda sud ishlarini ommaviy axborot vositalarida professional darajada yoritishga ko‘mak berishi zarur, chunki bu nafaqat fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirishga va sudga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, odil sudlov nufuzini oshirishga, balki ommaviy axborot vositalariga ham muhim ijtimoiy vazifaning bajarilishiga, yaʼni fuqarolarni barcha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli voqealardan xabardor etishga xizmat qiladi. Sudning ish yurituvida bo‘lgan ishlar bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgunga qadar sudya ular yuzasidan ommaviy axborot vositalarida chiqish qilishga haqli emas. Agar ommaviy axborot vositalarida sudyaning faoliyati to‘g‘risidagi maʼlumotlar tarqalishi natijasida sudlar va sudyalar faoliyati haqida noto‘g‘ri tasavvur paydo bo‘lsa, ommaviy axborot vositalarining bunday chiqishlariga nisbatan sudya qonun hujjatlarida nazarda tutilgan usullarda munosabat bildirish huquqiga ega. Himoyalanishning boshqacha usullari bo‘lmagan taqdirda, sudya o‘z shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki tanqidga omma oldida javob berish uchun ommaviy axborot vositalariga murojaat qilishga haqli. Sudya ommaviy tanqidga javob berayotganida vazmin va ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Basharti, agar ommaviy axborot vositalarida sudya faoliyatining asossiz tanqid qilinishi oqibatida odil sudlovning obro‘siga va xolisligiga putur yetishi mumkin bo‘lsa, bunday tanqidga javoban Sudyalar oliy kengashiga murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Sudya ijtimoiy tarmoqlarda, internet-forumlarda va internet tarmog‘idagi boshqa shakldagi muloqotlarda ishtirok etishi mumkin, biroq u sud hokimiyatining, davlat organlarining nufuziga, boshqa shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan axborotni tarqatmasligi lozim. Sudya o‘z faoliyatida qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek boshqa jamoat tashkilotlari bilan huquq, qonunchilik, sud tizimi, sud amaliyoti masalalari bo‘yicha o‘z ixtisosligi sohasidagi shaxsiy tajribasi va bilimlariga asoslangan o‘z nuqtai-nazarini bildirish orqali hamkorlik qiladi. Bunda u mansabdor shaxslar tomonidan unga biron-bir taʼsir ko‘rsatilishiga, shuningdek uning xolisligi, mustaqilligi va beg‘arazligiga shubhalar tug‘ilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.Sudya davlat organlari faoliyatini omma oldida tanqid qilish, fikr-mulohaza bildirish va baholashdan o‘zini tiyishi zarur. Agar davlat organlari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tuzilgan qo‘mita va komissiyalar ishidagi ishtiroki sudyaning kasbiy majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilsa, jamiyatning sud hokimiyati obro‘siga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazsa yoki odil sudlovning xolisligi, mustaqilligi va beg‘arazligiga shubha tug‘dirsa, sudya ular faoliyatida ishtirok etmasligi lozim. Sud protsessi ishtirokchilari bilan o‘zaro munosabatlarda sudya uning xolisligi, mustaqilligi va beg‘arazligini shubha ostiga qo‘yishi, shuningdek biron-bir tarafni afzal deb qarashi, taraflarni eshitmasdan oldindan fikrga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatlardan qochishi lozim. Sudya protsessual bo‘lmagan aloqalarni, yaʼni muayyan sud ishi bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ularning vakillari, prokuror, advokat, boshqa manfaatdor shaxslar bilan protsessual va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan har qanday muloqotni, agar ushbu harakatlar sudyaning xolisligi va beg‘arazligiga asosli ravishda shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lsa, istisno etishi lozim. Sudya o‘z majburiyatlarini bajarishi chog‘ida olingan axborotni oshkor etishga haqli emas. Sudya o‘z xizmat mavqei munosabati bilan o‘ziga maʼlum bo‘lib qolgan sir tutiladigan axborotdan sudyalik majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadda foydalanishi va (yoki) uni biror kishiga oshkor qilishi mumkin emas.Turmushda odob-axloq meʼyorlariga rioya etish sudya odob-axloqining ajralmas qismidir. Sudya o‘z majburiyatlarini bajarish chog‘ida o‘z diniy eʼtiqodlari va mansubligini namoyish qilishdan o‘zini tiyishi lozim.Vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishda sudning obro‘siga putur yetmasligi uchun sudya barcha hollarda vazmin va bosiq bo‘lishi kerak. Sudya o‘zining tashqi ko‘rinishi, kamtarligi va sipoligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi lozim. Sudya eʼtiborni haddan tashqari jalb etadigan darajada kiyinmasligi, taqinchoqlar va boshqa bezaklar taqmasligi kerak. Sudya o‘z oila aʼzolarining sudyalar odob-axloq normalariga rioya etishini nazorat qilishi, biron-bir shaxsga nisbatan sudyaning obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan qo‘pol muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi shart. Sudya o‘z oila aʼzolari, qarindoshlari va boshqa shaxslar tomonidan uning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlariga, shuningdek sud hujjatlarini qabul qilishiga taʼsir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Sudya advokatlik va boshqa huquqiy amaliyot bilan shug‘ullanishga, yuridik xizmatlar ko‘rsatishga haqli emas. Sudya, agar bu O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa va odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmasa, ilmiy, pedagogik, ijodiy va ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin.

Xulosa:
Fikr yakunida xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sudya o’zining shaxsiy sifatlari bilan kasbiy etiketga mos kelishi lozim. U og’ir-vazmin, mulohazali, ehtiyotkor, qaror qabul qilishda faqat haqiqatga va vijdoniga quloq tutishi lozim. Do’st orttirishda ham o’zining va sudning obro’sini saqlagan holda do’stlashishi kerak. Jamiyatga har bir insonni millati, dini va irqidan qat’iy nazar ularga yaxshi munosabatda bo’lishi kerak. Sudya chin ma’noda xalq uchun adolat timsoli bo’lishin lozim. Har xil manfaatlarni ko’zlab sovg’alar va shu kabi narsalar ta’ma qilmasligi kerak. Sudyaning faoliyati stress va tushkunlikka boy hisoblanadi. Asosan flegmatik tipdagi insonlar bu lavozimga ko’proq mos keladilar. Chunki ular sovuqqon, vazmin, ehtiyotkor va mulohazalidir. Hamda stressga ham anchayin bardoshlidir. Sudyalar yuqori axloqiy – ma`naviy sifatlarga ega bo`lgan, xolis hamda mustaqil bo`lgan, o`zlarining tegishli davlatlarida mavjud bo`lgan yuqori sud lavozimlari uchun qo`yilgan talablargi javob beruvchi shaxslar orasidan tanlanadilar. Sudyalik lavozimini egallash bu huquqiy savodxonlik, qonunlar va qonunosti hujjatlarini mukammal bilishni talab qiladi, ular asosida sud ishlarini yuritish amalga oshiriladi.Sudyalar quyidagi asosiy ish turlarini bajaradilar: materiallarni o'rganish; qabullarda va ishlarni hal etish munosabati bilan fuqarolar bilan suhbatlar; ishlarni ko'rib chiqish va qarorlar qabul qilish; hisobot va protsessual har xil turdagi hujjatlarni tayyorlash; shikoyatlarni ko'rib chiqish; texnik protseduralarni amalga oshirish; qonun hujjatlarini izlash va uni o‘rganish; boshqaruv yurisprudensiyasini o'rganish; qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni tahlil qilish".

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. “O’zbekiston Respublikasining sudlar to’g’risida”gi qonuni

  2. Odil sudlov tushunchasi va o’ziga xos xususiyatlari. Sud va sud hokimyatlari o’rtasidagi munsabatlar. [kidsplaneta.ru]

  3. “Kasb psixolgiyasi” (G’oziyev Ergash G’oziyevich)

  4. www.bioline.org.br

  5. www.etos.bl.uk

  6. www.repec.org

Download 51,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish