2.2.J.Piaje nazariyasining asosiy fikrlari tanqidi.
Bolaning egotsentrik bilish pozitsiyasi fenomeni mavjudli-gi yoki juda bo'lmaganda, uni ifodalanishi chuqurligi eng av-valo eksperimental tadqiq va tanqidga uchraydi. Shunday qilib, ayrim tadqiqotchilar J.Piaje topshiriqlari bola uchun emotsio-nal qiziqarsiz, ma’no-mazmunsiz bo'lgani bois, u uchun qiyin-ligini isbotlashga harakat qilganlar. Yoki bolalar mantiqiy tuzilish mavjud emasligidan emas, balki savollarda ifodalangan fikrlarni tushunish qiyinligi, ularni eslab qololmasligi, faqatgina vazifani emas, balki butun eksperimental holatni yaxlitlikda o'ziga xos talqin qilishida xatolarga yo'l qo'yadi.6 Aniqlanishicha, maktabga cha tarbiya yoshidayoq egotsentrizm tendensiyasi aqliy harakatlar va tushunchalarni P.Ya.Galperin, L.F.Obuxova rejali shakllanti-rish metodi bo'yicha maxsus tashkillashtirilgan o'qitish sharoit-larida muvaffaqiyat qilinadi. E’tirof etilishicha, egotsentrizm yosh davri funksiyasi sifatida emas, balki bola faoliyatini ma’lum bir doirada tashkillashtirish funksiyasi sifatida talqin qilinishi kerak. L.S.Vigotskiy, V.A.Nedospasova, E.V.Filippova egotsentrik qa-ror
_____________________
6 M.G.Davletshin va boshqalar "Yosh davrlari va pedagogik psixologiya" 2004
kattalarda qiyin vaziyatlarda kuzatilishi mumkin, lekin bu adekvat o'qitishdan o‘tgan bolalarda kuzatilmaydi.
Rasmiy-operatsion tuzilishlar bolani taxminiy va aniq tayanchga ega bo'lmagan predmet doirasini tuzilishidan musta-qil ravishda fikr yuritish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Rasmiy formal fikrlash operatsiyalari asosi katta yoshdagi insonlar mantiqidir, ularga faraz va deduksiya yordamida shakllanadigan ele-mentar ilmiy tafakkur asoslanadi. Mavhum tafakkur rasmiy for mal mantiq va uyg‘unlik, kombenatorlik qoidalariga muvofiq bir fikrga xulosaga kelish qobiliyatini o‘zida namoyon etadi. Bu o‘smirga farazlarni ilgari surib tafakkur rasmiy formal mantiq va uyg‘unlik kombinatorlik qoidalariga muvofiq bir fikrga xulosaga kelish qobiliyatini o‘zida namoyon etadi. Bu o‘smirga farazlarni ilgari surib, ularning eksperimental tadqiqini o‘ylab topishga, xulosalar chiqarishga yordam beradi. Ayrim oddiy fizik qonun-larning birikishiga qaratilgan eksperimentda o‘smirlarning yan gi muvaffaqiyati, ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mayatnikning tebranish qonuni, sariq rangdagi suyuqlikni olish uchun rangsiz suyuqliklarni qo‘shish usullari, ayrim materiallari egiluvchanligi-ga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, tekislik bo‘ylab sirg‘anishida tezlik-ning ortishiga ta’sir qiluvchi omillar.
Bu vaziyatda bola operatsiyadan oldingi darajada omad uchun tartibsiz harakat qiladi, intellektning aniq bir darajasidagi bo la birmuncha darajada tashkilotchi, bir qancha variantlarni si-nab ko‘radi, faqat ularning orasida keraklisi yo‘q va keyinchalik harakat qilib ko‘rishdan voz kechadi. Rasmiy formal darajadagi o‘smir bir qancha urinishdan so‘ng material bilan bevosita eks periment o‘tkazishdan to‘xtaydi va barcha mumkin bolgan faraz-lar ro‘yxatini tuzishga kirishadi. Faqatgina bundan so‘ng o‘smir mavjud bolgan o‘zgaruvchilarni ajratib, ularning har birini o‘ziga xos ta’sirini o‘rganishga intilib, farazlarni ketma-ket tekshirish-ni boshlaydi. Barcha mumkin bolgan uyg‘unliklarni kombinat-siyalarni tizimli sinab ko‘rish xulq-atvorning bunday tipi yangi mantiqiy tuzilishlarga asoslanadi. J.Piaje ularning xarakteristika-si tasnifi uchun pozitsiyali propozitsional mantiq tilini qollaydi. 0 ‘smirda o‘zining bevosita tajribasi chegarasidan chiqib, katta lar dunyoqarashiga uyg‘unlashish nazariyani tuzish va tushunish qobiliyati paydo boladi. Taxminiy mulohaza o‘smirni yuzaga chiqishga tayyor turgan imkoniyatlar sohasiga yetaklaydi, bun da ideallashtirilgan tasavvurlar har doim ham sinovga uchramaydi va ko‘pincha aniq dalillarga qarshilik ko‘rsatadi. J.Piaje kog-nitiv egotsentrizmning o‘smirlik shaklini, birmuncha darajada mukammal olamni yaratishga intilishda chegarasiz kuchni tafak-kurga muhrlab qo‘yuvchi o‘smirning sodda idealizmi deb atagan.
Faqatgina kattalarning yangi ijtimoiy rollarini o‘ziga qabul qilgan o‘smir qarama-qarshiliklar bilan to‘qnashadi tashqi vazi-yat sharoitni inobatga olishni boshlaydi, yangi sohada mutloq in-tellektual detsentratsiya markaziy bo'lgan ba’zi vazifalarni ma-halliyga berish yuz beradi. J.Piaje o'spirinlikdan yetuklik yoshiga o'tish davrida intellektning keyingi rivoji uni muayyan maqsadga yo'naltirishga doir qator muammolarni e’tirof etgan.
Xulosa
Bolaning egotsentrik bilish pozitsiyasi fenomeni mavjudligi yoki juda bo'lmaganda, uni ifodalanishi chuqurligi eng avvalo eksperimental tadqiq va tanqidga uchraydi. Shunday qilib, ayrim tadqiqotchilar J.Piaje topshiriqlari bola uchun emotsional qiziqarsiz, ma’no-mazmunsiz bo'lgani bois, u uchun qiyinligini isbotlashga harakat qilganlar. Yoki bolalar mantiqiy tuzilish mavjud emasligidan emas, balki savollarda ifodalangan fikrlarni tushunish qiyinligi, ularni eslab qololmasligi, faqatgina vazifani emas, balki butun eksperimental holatni yaxlitlikda o'ziga xos talqin qilishida xatolarga yo'l qo'yadi. Aniqlanishicha, maktabgacha tarbiya yoshidayoq egotsentrizm tendensiyasi aqliy harakatlar va tushunchalarni P.Ya.Galperin, L.F.Obuxova rejali shakllantirish metodi bo'yicha maxsus tashkillashtirilgan o'qitish sharoitlarida muvaffaqiyat qilinadi. E’tirof etilishicha, egotsentrizm yosh davri funksiyasi sifatida emas, balki bola faoliyatini ma’lum birdoirada tashkillashtirish funksiyasi sifatida talqin qilinishi kerak. L.S.Vigotskiy, V.A.Nedospasova, E.V.Filippova egotsentrik qaror kattalarda qiyin vaziyatlarda kuzatilishi mumkin, lekin bu adekvat o'qitishdan o‘tgan bolalarda kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |