«Sosialnaya ensiklopediya» kitobida ijtimoiy siyosat tushunchasi ostida o’rnatilgan tartiblar, me’yorlar, qadriyatlardan kelib chiqib, jamiyatning har bir a’zosini ehtiyojlarini qondirish va ro’yobga chiqarishning qulay shart-sharoitlarini yaratish nazarda tutiladi. Zero, inson va uning ehtiyojlari ijtimoiy himoyaning obyekti, maqsadi va vazifalaridir.
Keyingi ta’riflardan nisbatan dolzarblari V.Kukushin tomonidan bildirilib, uningcha, «Aholining ijtimoiy himoyasi jamiyatni ijtimoiy boshqaruv tizimining muhim bo’g’imlaridan biridir». Sababi, aholining qay darajada ijtimoiy himoyalanganligi ma’lum ijtimoiy kayfiyatni shakllantiradi va ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy jarayonlarga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |