Eley surtish marosimi (rus. soborovanie). Muqaddaslashtirilgan zaytun yog‘ining ham shifo, ham gunohlarning kechirilishi hamda bemalol o‘lish uchun kasallarga surtish marosimidir. Bu bemorning peshona, yonoq, lab va qo‘llariga muqaddas deb bilingan zaytun moyi surtish ko‘rinishida kechadi. Mazkur marosim, cherkov ta’limotiga ko‘ra, insonning jismoniy va ruhiy kasalliklarini davolaydi. “...qo‘llariga ilon olib ko‘tarsalar yoki zahri qotil biror narsa ichsalar ham ularga zarar etmaydi. Bemorlarga qo‘llarini qo‘ysalar ular sog‘ayib ketarlar” (Mark 16:18).
Bu marosim ayni paytda tavbasiga tayanib ulgurmagan bandalarning gunohlardan xalos etib, osongina jon topshirishlariga yordam beradi, deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |