Ижтимоий-этник муносабатлар



Download 87 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2022
Hajmi87 Kb.
#673066
  1   2   3   4
Bog'liq
Etnik munosabatlar



Reja:


1. Millatlar va etnik guruhlarning sotsial-etnik tarkibi
2. Mustaqillik sharoitida O`zbekistonda sotsial-etnik munosabatlar
3. Sotsial tabaqalashuv jarayoni

Insoniyat xilma-xil ijtimoiy etnik birliklardan tashkil topgan. Bugungi kunda 200 dan ortiq mamlakatlarda 2 mingdan ortiq millat, elat va qabilalar yashamoqda. Ularning so`zlashadigan tillari esa 5 mingdan ortiqni tashkil etadi. Ammo mana shu tillardan 2 mingtasidan ko`prog`ida ¸zuvlar yo`q.


Jamiyatning ijtimoiy-etnik tarkibini tadqiq qilish sotsiologiyaning maxsus sohasi bo`lib, etnosotsiologiya deb ataladi. Sotsiologiyaning bu sohasi jamiyatning ijtimoiy tarkibiy tuzilishidagi etnik millatlar, xalqlar, elatlar, guruhlarning ijtimoiy rivojlanish masalalarini o`rganadi. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-si¸siy, ma`naviy-mafkuraviy, madaniy, ta`limiy, diniy va boshqa o`ziga xos qadriyatlarni tadqiq qiladi.
Etnos tushunchasi (qadimgi yunoncha so`z bo`lib “xalq” ma`nosini anglatadi) – muayyan xududda tarixan tarkib topgan, boshqalardan farqlanuvchi o`z madaniyatiga, ruhiy uyg`unlikka va boshqa umumiy xususiyatga ega bo`lgan kishilarning nisbatan barqaror borligini anglatadi. Demak, etnosotsiologiyaning tadqiqot obyekti – eng avvalo xalqlar, millatlar, etnik guruhlarning ijtimoiy tarkibini, boshqa etnik birliklaridan farq qiluvchi o`ziga xos madaniyati, turmushi, urf-odatlari, tili va boshqa shu kabi o`ziga xos xususiyatlarini o`rganadi. Millat, millatlararo munosabatlar masalasi sotsiologiyadan boshqa ijtiomiy-gumanitar fanlar, iqtisodi¸t nazariyasi, si¸satshunoslik, axloq va nafosatshunoslik, tarix, etnografiya kabilarni ham o`rganish obyekti hisoblanadi.
Etnosotsiologiyada esa millat va milliy munosabatlar, ularning iqtisodiy, si¸siy, madaniy va ma`anviy-mafkuraviy munosabatlardagi o`zaro uzviy aloqadorligi nazarda tutilgan holda, konkret etnik muhit doirasida, ijtiomiy jamoalardagi, oiladagi, xududiy tartibdagi munosabatlarni etnik xususiyatlari doirasida olib qarab o`rganiladi. Shuningdek millatlararo munosabatlarning jamiyat ijtimoiy ha¸tiga ta`siri va ularning ijtimoiy oqibatlari tadqiq qilinadi. Shu jihatdan etnosotsiologiyaning jamiyatni o`rganishdagi ahamiyati kattadir.
Sobiq Sovet tuzumi davrida etnosotsiologiya to`laqonli o`z rivojini topmadi. Turli millatlar, elatlar, xalqlar va etnik guruhlarning ijtimoiy taraqqi¸tiga bir tomonlama ¸ndashildi.
Kelajakda ular o`zaro qo`shilib yahlit bir Sovet xalqi etnik birligi vujudga keladi, - degan xa¸liy, soxta va noto`g`ri mafkuraviy si¸sat yurgizilishi oqibatida har bir etnik birlikning o`ziga xos boy, go`zal va takrorlanmas qadriyatlari rivojiga si¸siy taziq bilan yo`l qo`yilmadi. Bunday si¸siy zo`ravonlik oqibatida etnosotsiologiya sotsiologik nazariya sifatida yetarlicha qadrlanmadi.
Sovet davrida muayyan iqtisodiy-si¸siy va mafkuraviy rejim asosida ushlab turilgan, boshqarilgan milliy munosabatlar hozirda qaytadan, yangi ijtimoiy munosabatlar asosida tiklanmoqda. Shu jihatdan O`zbekistonning ko`p millatli davlat ekanligini e`tiborda tutgan holda uning xududida istiqomat qila¸tgan millat va xalqlarning ijtimoiy turmushi, o`zaro aloqasi va shu kabi munosabatlarni sotsiologik tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega. Zero, “Respublika milliy tarkibining o`ziga xosligi – uning farqlantiruvchi xususiyatidir. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqeni egallaydi. Respublikada yashab turgan aholining 70 foizidan ko`prog`ini o`zbeklar tashkil qiladi. Ayni vaqtda O`zbekiston xududida o`z madaniyati va an`analariga ega bo`lgan yuzdan zi¸d millat vakillari yashaydi”. Yaqin o`tmishimizda sodir bo`lgan Farg`ona, Andijon, o`tgan voqealari qayta takrorlanmasligi uchun, O`zbekistonda bundan keyin ham millatlararo hamdo`stlikni rivojlantirish, o`zaro ahil bir oila bo`lib yashash talab etiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov boshchiligidagi O`zbekiston hukumatining asosiy maqsadi ham Markaziy Osi¸ xududida har qanday milliy nizolarning oldini olish va millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishdan iborat.
Ayniqsa hozirda, ijtimoiy-etnik munosabatlar sotsiologiya tahlilga muxtojdir. Tarkib topa¸tgan ijtiomiy-iqtisodiy munosabatlar asosida etnik guruhlar o`rtasidagi munosabatlar ham qaytadan tarkib topmoqda. Shundan kelib chiqib, ko`rsatib o`tish joizki etnosotsiologiyada ichki va tashqi tadqiqot yo`nalishi mavjud.
Ichki tadqiqot yo`nalishi – bu ayrim etnik guruh tarkibidagi sotsiologik tadqiqotlardan iborat bo`lib, uning ichki, o`ziga xos xususiyatlari, rivojlanish tendensiyalari o`rganiladi. Tashqi tadqiqot yo`nalishi esa etnik guruhlar orasidagi o`zaro munosabatlarni, bir etnik guruhga ta`sir ko`rsatadigan tashqi omillarni va ularning ijtimoiy oqibatlari tadqiq qilinadi. Ayniqsa bir mamlakat hdudida yashovchi etnik guruhlarning o`zaro munosabatlarini sotsiologik tadqiq qilish juda muhimdir.
Mamlakat tub aholisini tashkil etmaydigan, kam sonli etnik guruhlarni o`rganish ham katta ahamiyatga ega. Ularning madaniyati ma`naviy qadriyatlari, axloqiy-etnik normalari ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini o`rganishi bilan muhim (milliy) ilmiy bilimga ega bo`lamiz. Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, “Jahonda katta va kichik millatlar va elatlar yo`q. Ularning har biri asriy barqaror va tengi yo`q an`analari bilan, tarixiy me`rosining boyligi bilan milliy ruhining umumiyligi bilan, madaniyatining o`ziga xosligi bilan ahamiyatlidir”.
U ¸ki bu etnik guruhning tabiiy tarkib topishining asosiy shart-sharoiti – bu hududiy va til birligi hisoblanadi. Muayyan etnik birlikning-millatning har jihatdan rivojlanishida uning o`z mustaqil si¸siy davlat tuzumiga ega bo`lishi muhim ahamiyatga ega bo`ladi.

9.2. Mustaqillik sharoitida O`zbekistonda sotsial-etnik munosabatlar


O`zbekiston milliy mustaqillikni qo`lga kiritgandan boshlab o`tgan dastlabki 11 yillik muddat yuz yillar mazmuniga teng bo`ldi. O`zbek xalqi millat sifatida o`zligini, or-nomusini, milliy iftixorini, qadr-qimmatini, boy o`tmish madaniy merosini, tilini va shu kabi ko`plab boshqa qadriyatlarni qaytadan tikladi. O`tmishi va kelajagi buyuk bo`lishini bilib, millat sifatida yana jahonga yuz tutdi.
Tarixdan ma`lumki, o`zbek etnosining shakllanishida markazlashgan Amir Temur davlatining tashkil topishi katta ahamiyat kasb etgan. U millat sifatida turkiy etnik katta birligi tarkibida shakllanib bordi. Shu davrdan boshlab, o`zbek etnik guruhi boshqa turkiy guruhlardan farqlanuvchi o`ziga xos jihatlarni ko`prok nomo¸n qila boshlagan. Bularga asosan, yagona davlat fuqoroligi, yagona til, madaniy va ma`naviy qadriyatlar birligi hududiy birlik va uyushganlik, hamda yagona diniy (islom) e`tiqod birligi shular jumlasidandir.
Nisbatan o`troq, asosan sug`orma dexqonchilik va shahar hunarmandchiligi bilan shug`ullanishi, Markaziy Osi¸ning qoq o`rtasida joylashuvi va hududiy uyushganligi kabi omillar o`zbek millatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan.
O`zbek xalqining etnik jihatdan tashkil topishi tarixan murakkab juda katta ichki va tashqi ijtimoiy zarbalar ostida bordi. Amir Temur vafotidan so`ng temuriyzodalarning o`zaro kurashi, Shayboniyxon tomonidan temuriyzodalarga qarshi olib borgan kurash, keyinchalik Movaraunnahrning (Xiva xonligi), Rus imperiyasi tomonidan istilo qilinishi millatning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Rusiya tomonidan bosib olinishi oqibatida Turkiston qat`iy yagona hududga birlashtirilgan bo`lsada, buyuk rus shovinizmi zo`ravonligi ta`sirida o`zbek xalqi boshqa turkiy xalqlar bilan bir qatorda mazlum xalq sifatida taxqirlandi, kamsitildi va qaddi bukildi. Uzoq davr ma`naviy-axloqiy, si¸siy-huquqiy tushkunlikni boshdan kechirdi. Sovet tuzumi davrida ham bunday si¸sat o`ta nozik, baynalminallik niqobi ostida o`ziga xos usullar bilan davom etdi.
Milliy mustaqillikning qo`lga kiritilishi munosabati bilan endilikda milliy ko`tarilish, rivojlanish jadal bormoqdaki, mavjud si¸siy-iqtisodiy, huquqiy va ma`naviy shart-sharoit o`zbek xalqini yaqin kelajakda jahonning ilg`or, yuksak ma`naviyatga ega bo`lgan millat darajasiga erishishi muqarrardir. Zotan, tarix – xalq ma`naviyatining asosidadir.
Jamiyat o`zining tarkibiy tuzilishi jihatidan o`zaro chambarchas bog`liq bo`lgan tomonlar, jabhalar, bir butun ijtimoiy tizim tarkibidagi nisbatan katta-kichik tizimlar, ijtimoiy munosabatlarni o`z ichiga oladi. Ularning har biri o`z taraqqi¸ti davomida bir-birlariga muayyan salmoqli ta`sir ko`rsatadi. Mustaqil O`zbekiston davlatining xalqaro maydonda nufuzli mamlakatga, barcha sohalarda rivojlangan jamiyatga ega bo`lish darajasiga ko`tarilishi, uning ana shu o`zaro funksional ta`sirda bo`luvchi tomonlari, tarkibiy bo`laklari holatining harakteriga bog`liq.
Mustaqil O`zbekiston jamiyatining ertangi kun ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga bugun asos solinmoqda ekan, jamiyat ijtimoiy tarkibini o`rganish real ha¸timizni, kundalik turmushni yanada tularoq bilishga xizmat qiladi. Har bir ijtimoiy guruh ayrim, olingan shaxs ham jamiyat ijtimoiy tarkibida o`z o`rniga ega bo`ladi. Shaxs o`zining jinsi, ¸shi, ijtimoiy kelib chiqishi, ma`lumoti mutaxassisligi, oilaviy ahvoli, millati va boshqa shu kabilar bilan muayyan ijtimoiy tarkibga kiradi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi – ijtimoiy guruhlar, ularning ijtimoiy ha¸tdagi o`z mavqei bilan farq qiluvchi tomonlari majmuasidan iboratdir. Sotsial stratifikatsiya nazariyasi (lotincha stratum – qatlam, fatsio – bajaraman) hozirgi zamon sotsiologiyasida ijtimoiy differensiatsiyaning murakkab tarkibi va tizimlarini o`rganishda muhim ahamiyatga ega.
Mustaqil O`zbekistonda bozor munosabatlarining tarkib topib borishi, xususiy va boshqa mulk shakllarining qonuniy deb e`lon qilinishi bilan kishilar ijtimoiy guruhlarining faolligi ortmoqda. Har bir kishi o`zidagi qobiliyat, omilkorligi, tadbirkorligi va ishbilarmonligi bilan ijtimoiy taraqqi¸t ko`lamiga ta`sir ko`rsatishga imkon tug`ildi.
Mustaqillik sharoitida O`zbekistonda sotsial mobillik (harakatchanlik) konsepsiyasining jadal amal qilishi uchun sharoit yetildi. Demokratik tuzum sharoitida kishilar o`zlarining shaxsiy qiziqishlari, tirishqoqliklari bilan jamiyat ijtimoiy tarkibidagi mavqelarini yaxshilab borish imkoniyatiga ega bo`lmoqda. Jamiyat taraqqi¸tida uning tarkibiy tuzilishi, funksional aloqadorlik o`zining “tabiiy qonunlari”, evolyutsion rivojlanishi, ijtimoiy sohalarning bir maromdagi mutanosibligi asosidagina rivojlanadi. Revolyutsiyalar davri o`tdi. Insoniyat yuqori intellektual taraqqi¸t bosqichiga qadam qo`ymoqda. Ijtimoiy taraqqi¸tning bu bosqichi yangi, o`ziga xos qonuniyatlar asosida borishi turgan gap. Abu Rayhon Beruniy bobomiz ta`kidlaganidek, aslida ilm-fan kishilarning ha¸tiy ehti¸jlarini qondirish zaruratidan paydo bo`ldi. Xalq haqqoniy tarixini bilib o`zlikni anglay boshladi.



Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish