300
Ma'naviy-ma'rifiy sohadagi yutuqlarimiz ta'lim tizimidagi tub o'zgarishlarda yaqqol na-
mayon bo'lmoqda. Xalq ta'limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash soha-
sida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy o'quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning
yangi tarmoqlari bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Oliy ta'lim tizimidagi 16 univer-
sitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida eng zarur zamonaviy
mutaxassisliklar bo'yicha o'nlab yangi oliy o'quv yurtlari - Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy
akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyauniversiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog'-konchilik
instituti, Toshkent Moliya instituti va boshqalar tashkil etildi.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta'limni tubdan isloh qilish yo'llari ishlab
chiqildi. 1997
-yil 27-avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasining
«Ta'lim to'g'risida» Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturn-
ing maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va
sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan
iboratdir.
Milliy dastur ro'yobga chiqmoqda. Yoshlar umumiy o'rta ta'limni 9 yillik maktablarda oladi-
lar, yana uch yil davomida yangidan tashkil etilgan akademik litseylar va kasb-hunar kolle-
jlarida o'rta maxsus bilim va kasb-hunar o'rganadilar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq, umummillat
ishiga aylandi. 2001
-yilda Kadrlar tayyor-lash milliy dasturini amalga oshirishning birinchi
bosqichi yakunlandi.
2001
-yilda respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta'lim muassasalarida 608500 nafar o'g'il-
qizlartarbiyalandi. Ularda 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmat qildi.
9727 ta umumta'lim maktablarida 440762 nafar o'qituvchi 6,3 mln. o'quvchiga ta'lim bermoqda.
Umumiy o'rta ta'lim bo'yicha barcha o'quv fanlaridan Davlat ta'lim standartlari ishlab chiqildi
va ular 346 ta maktabda tajribadan o'tkazildi, ta'lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta'lim stan-
dartlariga mos o'quv dasturlari va darsliklari yaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini eng muhim, O’zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3
yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini yaratishdir. 1998-2004
-yillar davomida
zamonaviy o'quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 54 ta akademik litsey va 533 ta kasb
-hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so'm mablag' sarflandi. O'rta maxsus
o'quv yurtlariga zarur bo'lgan jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan chet el investitsiyalarining
miqdori 150 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari ishlab
chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi. 2003-2004 o'quv yilida akademik litseylarda
26,2 ming, kasb-hunar kollejlarida 531,6 ming o'quvchi ta'lim oldi.
Oliy ta'lim tizimida katta o'zgarishlar qilindi. Oliy ta'lim ikki bosqichdan - bakalavriat va
magistrattiradan iborat etib qayta tashkil etildi. 62 ta oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan bo'la-
jak bakalavr va magistrlar soni 2003-2004-o'quv yilida 254400 nafarni tashkil etdi. 18486 nafar
professor-o'qituvchilar mehnat qilmoqdalar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan
nomzodidir. O'tgan 4 yil davomida barcha yo'nalishlar bo'yicha bakalavr va magistrlar uchun
qo'yiladigan talablarni o'zida mujassamlashtirgan Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari
yaratildi. Oliy ta'lim uchun 1129 nomdagi darslik va o'quv adabiyotlari nashr etildi va Oliy
39
8
Do'stlaringiz bilan baham: