MAVLID-Muhammad Payg`ambarning tug`ilgan kuni bilan bog`liq diniy bayram. Rabi al-
avval oyining 12 kuni nishonlanadi. Musulmon mamlakatlarida mavlud kuni duolar, Payg`ambar
sha’niga madhiyalardan iborat she’rlar o’qiladi, sadaqalar beriladi, dindorlarning yig`ilishlari o’t-
kaziladi.
MADDOH-XX asr boshlariga qadar O’rta Osiyo hududida odam gavjum, maydonlarda, joy-
lardagi ochiq maydon va choyxonalarda hamda saroylarda odamlarni to’plab, ularga aziz avli-
yolarning karomatli mo’jizalarini izohlab beruvchi, diniy qonun-qoidalarini sharhlab tushuntiru-
vchi diniy notiq. Maddoh xizmati evaziga tinglovchilaridan nazr yig`ib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |