Ijtimoiiy fanlar


TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/370
Sana29.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#77906
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   370
Bog'liq
Публикация2

 
TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR: 
Mehnatning  dastlabki  yirik  taqsimoti,  ixtisoslashgan  hunarmandchilik,  sun’iy  suqorma 
dehqonchilik,  savdo  va  madaniy  aloqalar,  qadimgi  Misr  va  undagi  qatlamlar,  Mesopotamiya, 
Uruk madaniyati, ilk shaharsozlik, Baqtriya, Suqdiyona, Xorazm, «Avesto», qadimgi Farg’ona, 
Qanq, Kushonlar. 
 
Nafaqat  O’zbekiston,  balki  dunyo  tarixida  ilk  davlatchilikning  paydo  bo’lishi  masalalari 
hozirgi kunda tadqiqotchilar orasida eng dolzarb bo’lib turgan muammolardan biri hisoblanadi. 
Masalani  o’rganib,  unga  aniqlik  kiritishdan  oldin  davlatchilikning  ildizlari  va  paydo  bo’lish 
shart-sharoitlariga diqqat-e’tiborni qaratmog’imiz lozim. 
YAngi  tosh  asriga  (neolit)  kelib  O’rta  Osiyo  hududlarida  dehqonchilikning  paydo  bo’lishi 
jamiyat  hayotida  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  jarayonlarini  yanada  tezlashtirdi.  Bronza  davriga 
kelib  esa  dehqonchilikdan  chorvachilikning  ajralib  chiqishi,  ixtisoslashgan  hunarmandchilik 
xo’jaliklarining  rivojlanishi  natijasida  ishlab  chiqarish  hajmi  ko’payib,  mehnat  qurollari  yanada 
takomillashib  bordi.  Jamiyatda  ishlab  chiqaruvchi  xo’jalikning  paydo  bo’lishi  va  jadallik  bilan 
rivojlanishi o’z navbatida ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi. 
Tadqiqotchilarning  fikrlariga  qaraganda,  sun’iy  sug’orishga  asoslangan  dehqonchilik  O’rta 
Osiyo  xo’jaligining  asosi  hisoblanib,  bu  jarayon  janubiy  Turkmaniston,  Tojikiston  va 
O’zbekistonning janubida bronza (mil. avv. III-II yilliklar) davrida, Toshkent vohasi va uning 
atroflarida esa ilk temir (VIII-IV asrlar) davrida shakllanib rivojlandi. O’rta Osiyoda ilk davlat 
uyushmalari sun’iy sug’orish birmuncha qulay bo’lgan Amudaryo (yuqori, quyi, o’rta) oqimlari 
bo’ylarida,  Murg’ob  vohasida,  Zarafshon  va  Qashqadaryo  vohalarida  shakllanib  rivojlanadi. 


202 
 
pishirilgan ayol haykalchalari neolit davri san’atining nodir namunalari hisoblanadi. 
Bronza davri yutug’lari: Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda bronzaning 
vatani Kichik Osiyo va Mesopotamiya bo’lgan. Mil. avv. III ming yillikka kelib, O’rta Osiyo 
hududlarida bronza qurollar keng tarqaladi. O’zbekiston hududlarida bronza davri yodgorlik-
lari ko’plab uchraydi. Bu davrga mansub madaniyat izlari dastlab Xorazm, keyinroq esa Zaraf-
shon va Qashqadaryo hamda Farg’ona vodiylaridan topilgan. 
Ulardan  eng  yiriklari  Sopollitepa,  Jarqo’ton,  Tozabog’yob,  Zamonbobo,  CHust, Amirobod 
yodgorliklaridir.  Bu  yodgorliklarda  olib  borilgan  tadqiqotlar  shundan  dalolat  beradiki,  bronza 
davrida  kishilik  jamiyati  madaniy  taraqqiyotida  katta-katta  o’zgarishlar  sodir  bo’ladi.  Aholi 
xo’jalik yuritishning muayyan ko’rinishlariga, ya’ni vohalarda, ko’llar, daryolar va soylar bo’y-
larida dehqonchilikka, dasht va tog’oldi hududlarida chorvachilikka (mehnatning dastlabki yirik 
taqsimoti) o’tib oldi. 
Bu davrga kelib, O’rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o’zgarish jarayonlari bo’lib o’tdi. 
Urug’chilik tuzumi bronza davridayam davom etgan bo’lsa-da, ona urug’ining mavqei yo’qolib 
bordi. Metall eritish va xo’jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavqei 
birinchi  darajali  ahamiyatga  ega  bo’lib  bordi.  Bundan  shunday  xulosa  chiqarish  mumkinki, 
bronza  davri  jamiyat  taraqqiyotida,  dehqonchilik,  chorvachilik,  ovchilik  va  hunarmand-
chilikning  rivojlanishida  erkaklar  yetakchilik  qilganlar. Ayollar  erkaklar  ishlab  chiqargan  nar-
salarni iste’mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik qilishdan mahrum bo’ladilar. Ishlab 
chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar qo’liga o’tadi va ona urug’i tuzumi o’rnini ota 
urug’i (patriarxat) tuzumi egallaydi. 
Bronza davriga kelib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi, mehnat unumdorligining osh-
ishi  natijasida  kishilik  jamiyati  tarixiy-madaniy  taraqqiyotida  katta-katta  o’zgarishlar  sodir 
bo’ldi. Bu jarayonlarda bronzaning ahamiyati katta bo’ldi. Aholi xo’jalik yuritishning ma’lum 
ko’rinishlariga, ya’ni vohalarda, ko’llar va soylar bo’ylarida dehqonchilikka dasht va tog’oldi 
hududlarida esa chorvachilikka o’tib oldi. Bu davrda jamiyat hayotidagi sodir bo’lgan turli ta-
raqqiyot jarayonlari-kishilik tarixida muhim bosqich bo’lgan davlatchilikning paydo bo’lishi va 
rivojlanishi uchun ulkan ahamiyat kasb etdi. 
 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish