Ijtimoiiy fanlar


O’lkamiz hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/370
Sana29.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#77906
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   370
Bog'liq
Публикация2

O’lkamiz hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati: Tadqiqotchilarning fikrlariga 
qaraganda, ilk shaharlarning paydo bo’lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va 
asosiy omil bo’lib, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan. 
Ma’lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O’zbekistonning dehqonchilik vohalarida 
o’troq  qabilalar  rivojlanib,  aholining  alohida  joylashuv  tizimi  shakllanadi. Aholining  alohida 
joylashuv  manzilgohlaridagi  ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlar-o’troq  dehqonchilikning  rivojlan-
ishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalan-
ish  va  boshqaruv  tizimining  murakkablashib  borishi,  o’zaro  almashinuv,  savdo-sotiq  va  ma-
daniy aloqalarining kuchayishi hamda harbiy-siyosiy vaziyat O’zbekiston hududlarida dastlabki 
shaharlarning paydo bo’lishida asosiy omillardan hisoblanadi. 
Jamiyat  hayotida  sodir  bo’lgan  ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlar  mil.  avv.  III  ming  yillikning 
oxiri-II  ming  yillikning  boshlariga  kelib,  O’rta  Osiyo  hududlarida  dastlabki  shaharlarning 
paydo  bo’lishiga  olib  keladi.  SHahar  madaniyatining  shakllanishi  ham  xuddi  jamiyat  taraqqi-
yotida bo’lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo’li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko’ra shahar-
sozlik madaniyatining shakllanishi, uzoq, bosqichma-bosqich davrlarni bosib o’tgan. Mil. avv. 
II ming yillikka oid O’rta Osiyodagi Jarqo’ton, Sopolli, Dashli, Gonur, Namozgoh, Oltintepa, 
Ulug’tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi 
omillar muhim ahamiyatga ega bo’ldi: 

aholining o’troq dehqonchilikka o’tishi va keng vohalar bo’ylab yoyilishi; 

hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi; 

qadimgi  savdo  yo’llarining  rivojlanishi  natijasida  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalar  hamda 
savdo-sotiqning taraqqiy etishi; 

tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar. 
SHahar madaniyati dastavval O’zbekistonning janubida, Surxondaryo hududida shakllandi, 
so’ngra esa shimolga So’g’d (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro), Xorazm, SHosh va Farg’ona 


204 
 
Bunday  holatni  dunyo  tarixidagi  dastlabki  davlatlar-Misr  (Nil)  va  Mesopotamiya  (Dajla  va 
Frot) misolida ham kuzatish mumkin. 
Hozirgi kunga kelib, O’rta Osiyoning juda ko’plab bronza va ilk temir davriga oid yodgor-
liklaridan  (Sopolli,  Jarqo’ton,  Anov,  Qiziltepa,  Ko’zaliqir,  Afrosiyob,  CHust,  Dalvarzin,  Da-
ratepa  va  boshq.)  ishlab  chiqaruvchi  xo’jalik  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lgan  metall  qurollar 
topib o’rganilgan. Metall qurollarining mehnat qurollari sifatida jamiyat hayotiga keng yoyilishi 
mehnat unumdorligining yanada yuksalishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratib, bu jarayon dav-
latchilik paydo bo’lishini yanada tezlashtirdi. 
So’nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxining ishlatila boshlanishi natijasida Sopolli, 
Oltintepa,  Gonur,  Jarqo’ton  kabilarda  kulolchilik  mahallalari  paydo  bo’ladi.  SHuningdek, 
hunarmandchilikning  toshga,  metallga,  yog’ochga,  suyakka  ishlov  berish  turlari  ham  keng 
tarqaladi.  O’unarmandchi-likning  ixtisoslashuvi,  alohida  xo’jalik  tarmog’i  sifatida  shakllanib 
rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, davlatchilik 
paydo bo’lishi uchun muhim bo’lgan qo’shimcha mahsulot ko’payishiga turtki bo’ldi. 
O’rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab o’zaro munosabatlarni 
rivojlantirib  kelganlar.  Bronza  davriga  kelib  shimoldagi  ko’chmanchi  chorvador  qabilalar  va 
janubdagi  o’troq  dehqonchilik  aholisi  o’rtasida  o’zaro  mol  ayirboshlash  va  madaniy  aloqalar 
yanada jadallashdi. Bu o’rinda o’sha davrda shakllanib keyinchalik yanada rivojlangan qadimgi 
yo’llarning ahamiyati beqiyos bo’ldi. Bu yo’llar orqali O’rta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan 
tashqari qo’shni davlatlar Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Eron, Afg’oniston kabilar bilan turli 
aloqalarni rivojlantirganlar. 
Xullas,  Bronza  davriga  kelib  aholi  ishlab  chiqarishning  ma’lum  bir  sohalariga  -  dehqon-
chilik,  chorvachilik  va  hunarmandchilikka  ixtisoslashib  bordi.  Bu  jarayon  ishlab  chiqaruvchi 
kuchlarning  o’sishi  va  ularning  bir  yerga  to’planishi  uchun  zamin  yaratdi.  Ishlab  chiqaruvchi 
kuchlarning  o’sishi  o’z  nav-batida  mahsulot  hajmining  o’sib,  qo’shimcha  mahsulot  paydo 
bo’lishiga  sabab  bo’ldi.  Demak,  qadimgi  xo’jaliklarning  ixtisoslashuvi,  suQorma  dehqon-
chilikning rivojlanishi, metallning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, hunarmand-
chilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o’zaro ayirboshlash va savdo-sotiq taraqqiy etishi nati-
jasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish ilk davlatchilikning 
asosiy poydevori hisoblanadi. 
Mil.  avv.  IV  ming  yillikka  kelib  qadimgi  Misr  xo’jaligida  sun’iy  sug’orishga  asoslangan 
dehqonchilik katta yutug’larga erishadi. Ko’p tarmoqli bo’lgan hunarmandchilik dehqonchilik-
dan ajralib chiqadi. Savdo-sotiq keng miqyosda rivojlanib boradi. Aynan mana shu davrda jami-
yatning ijtimoiy hayotida ham tubdan o’zgarishlar bo’lib o’tdi. Aholi orasida tabaqalanish ro’y 
berib, jamiyat uchta - hukmron qatlam (qabila oqsoqollari, kohinlar, boy jamoachilar), dehqon-
chilik jamoasi a’zolari (Qad. Misr jamiyatdagi moddiy ishlab chiqaruvchilar) va qullar qatlam-
lariga bo’linadi. 
Mil. avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmida Qadimgi Misrda shahar markazi atrofidagi bir 
nechta  qishloqlarni  birlashtirgan  unchalik  katta  bo’lmagan  viloyatlar  (nomlar)  doirasida  dast-
labki davlatlar paydo bo’ladi. Markaziy shaharlar markazida hukmdor qarorgohi va bosh xudo 
ibodatxonasi joylashgan. Bu davrda Quyi Misrda 22 ta nom, YUqori Misrda 20 ta nom bo’lgani 
ma’lum. Mil. avv. IV ming yillik oxirlariga kelib barcha nomlar birlashtirilib Quyi va YUqori 
podsholiliklar  tashkil  topadi.  Quyi  Misr  podsholigi  poytaxti  Enxab  (Nexen)  shahri,  YUqori 
135 
 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish