216
bosarlari (arabcha xalifalar) davom ettirdilar. Ana shu tariqa Arab xalifaligi paydo bo’ldi. Islom
dunyosida asosan to’rtta xalifa alohida diqqatga loyiqdir: Abu Bakr (632-634), Umar (634-
644), Usmon (644-656) va Hazrat Ali (656-661). Ulardan so’ng xalifalik 661-750 yillarda um-
maviylar sulolasiga o’tgan. Bu sulolaga Muoviya bin Abu So’fyon (661-680) asos solgan. Um-
maviylardan so’ng xalifalikni abbosiylar (750-1258) davom ettirdilar. Uning asoschisi Muham-
mad alayhissalomning amakilari avlodidan Abul Abbos as-Saffoq (749-754) edi.
Islom dini bayrog’i ostida Arab xalifaligi VI-VIII asrlarda Shimoliy Afrika, Shom yurti, Fa-
lastin, Iroq, Eron va boshqa xududlarni bosib oldi va o’z hukumronligini o’rnatdi. O’rta Osi-
yoning qulay va go’zal tabiiy iqlimi hamda behisob boyliklari tarixan sahroyi elatlar bo’lgan
arablarning diqqat-e’tiborini o’ziga tortib kelgan. Ular Amudaryo (Jayxun)dan shimolda
Sirdaryo bo’ylariga joylashgan yerlarga «Movarounnahr», ya’ni daryoning ortidagi yerlar deb
nom berganlar. Arablarning O’rta Osiyoga harbiy yurishlarini ikki davrga bo’lish mumkin. Bir-
inchi davr 650-705 yillarni o’z ichiga olsa, ikkinchisi 705 yildan keyingi davrdir.
Arablar O’rta Osiyoga dastlabki yurishlarini 651 yilda Marvni ishg’ol etishdan boshlagan.
654 yilda ular Movarounnaxrning Maymurg’ va So’g’d viloyatlariga hujum qildilar. Keyingi 35
yil davomida arablar Chag’oniyon, Romiton, Xo’jand va Termizga bir necha yurishlar uyu-
shtirdi. Mazkur yurishlar bosqinchilik xususiyatiga ega bo’lib, ularning ayrimlari Xuroson
noiblari Ubaydulloh ibn Ziyod, Said ibn Usmon, Salmo ibn Ziyod kabi shaxslar sa’y-harakati
bilan amalga oshirilgan edi. Arablarning qariyb yarim asr davomidagi harbiy harakatlari ko’pin-
cha talon-taroj qilish va chet yerlardan boyliklar yig’ish maqsadida olib borilgan edi.
705 yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi bo’lishi bilan Movarounnahrni to’liq bosib
olish harakati boshlanib ketdi. 705 yilda Balx va Chog’aniyon ishg’ol qilinganidan keyin qu-
tayba katta harbiy kuch bilan Poykand, so’ngra 708 yilda Buxoro atroflari va Romiton, 709
yilda Buxoro, 710 yilda Shuman, Nasaf va Kesh egallab olindi. Samarqand ixshidi Tarxun to-
von to’lash majburiyatini olib, arablar bilan kelishuvga muvaffaq bo’lgan edi. 710-712 yillarda
xuddi shunday kelishuv Qutayba bilan xorazmshoq Xurzol bilan ham yuzaga kelgandi.
Samarqand aholisining tovon to’lashga qarshilik ko’rsatishi, Tarxunning o’limi va uning
o’rniga vatanparvar G’urakning Samarqand hokimi bo’lishi arablarning bu shaharga hujum qil-
ishi uchun baqona bo’ldi. Tarxun o’limi uchun qasd olish bahonasida Qutayba 712 yilda
Samarqandga hujum uyushtirdi va uni bosib oldi. 712-713 yilgi So’g’d, Choch va Farg’onaning
ittifoqchi qo’shinlari vaqtincha g’alabaga erishgan bo’lishiga qaramasdan Qutayba g’olib
chiqdi. 714 yilda arablar yana Chochga hujum qilishadi va bu xududga yaqin Isfijobni egallab
olishadi. 715 yilda Qutayba Farg’onaga ikkinchi martaba yurish uyushtiradi. Shu yili unga
dushman bo’lgan xalifa Sulaymonga qarshi isyon ko’taradi va mag’lubiyatga uchrab o’ldiriladi.
O’rta Osiyo bosib olinganidan keyin bu Hududlarni boshqarish markazi Marv shahri bo’lib
qolgan edi. Bu yerda xalifaning noibi turgan va u Movarounnaxr Hamda Xurosonni idora qil-
gan.
O’rta osiyoliklar arablarga Qarshi bir necha marotaba isyon va qo’zg’olonlar ko’targanlar.
VIII asrning 20-yillaridan 30-yillar oxirigacha Farg’ona, Xuttaliyon, Tohariston va So’g’dda
xalq bosh ko’targan edi. Biroq bu harakatlar katta kuchga ega arab qo’shinlari tomonidan
bostirilgan.
O’rta Osiyo xalqlari qariyb yarim asr davomida arab istilochilariga qattiq turib qarshilik
ko’rsatganlar. Bunday qarshilikni arablar boshqa yerlarni bosib olishda uchratmagan edi. Katta
123
Do'stlaringiz bilan baham: