O’ZBEK XALQINING II-JAHON URUSHIDA FASHIZM USTIDAN QOZONILGAN
G’ALABAGA QO’SHGAN HISSASI
REJA:
1. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi.
2. O’zbekiston moddiy va ma’naviy kuchlarining dushmanga qarshi kurashga safarbar etilishi.
3. Urush yillarida O’zbekiston qishloq xo’jaligi.
4. Urush yillarida O’zbekiston fani va madaniyati.
5. O’zbekiston jangchilarining frontdagi jasorati.
TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
Markazga qaramlik, «harbiy kommunizm», industriyalashtirish, jamoalashtirish, fashizmga
qarshi urush. Sanoatning yangi sohalari, yangi yerlar o’zlashtirilishi-ekologik fojia, «shaklan
milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat» shiori-milliylikning poymol qilinishi, kadrlar tayyor-
lashdagi nuqsonlar.
1939 yilda boshlangan ikkinchi jahon urushi sababli vujudga kelgan xalqaro vaziyatga SSSR
bilan birga O’zbekiston ham tortildi. Xalqimizning botir farzandlari «kichik urushlar» deb nom
olgan Xalxingol, Hasan ko’li, Finlyandiya urushlarida ishtirok etganlar.
1941 yil 22 iyun kuni gitlerchilar Germaniyasining SSSRga to’satdan qilgan hujumi o’zbek
xalqining ham tinchini buzib, qalbini nafratga to’ldirdi. O’tkazilgan miting va yig’ilishlarda
ariza bergan ko’ngillilar soni dastlabki oylardayoq 32 mingdan ko’proqni tashkil etdi.
Front orqasini mustahkamlash, xalq xo’jaligini qayta qurib, harbiy izga tushirish mamlakatni
yagona harbiy lagerga aylantirishga doir umumiy dasturning eng muhim tarkibiy qismi bo’ldi.
Bu dasturni amalga oshirishda O’zbekiston qizil Armiyaning front orqasidagi mustahkam ba-
zasiga aylandi. O’zbekiston Qarbdan keltirilgan 100tadan ortiq korxonalarni qabul qilib oldi va
bu zavodlar xalqimizning fidokorona mehnati bilan qisqa vaqt ichida mahsulot bera boshladi.
«Rostselmash», «Krasnыy Aksoy», «Moskva», «Pod’emnik» va «Elektrostanok» zavodlari shu-
lar jumlasidandir. «Tashselmash» zavodi, CHirchiq elektrokimyo zavodi va boshqa respublika
sanoati korxonalari ham front ehtiyoji uchun ishlay boshladi.
O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalari aholisi va moddiy resurslarini safarbar qilish va
jangovar tayyor holga keltirishda O’rta Osiyo harbiy okrugi muhim rol o’ynadi. Bir yarim yil
ichida bu okrug 109 qo’shilma tuzdi. O’zbekiston mehnatkashlari milliy harbiy qo’shilma tuzish
tashabbusi bilan chiqdilar. 1941 yil noyabridan 1942 yil martigacha O’zbekistonda 14 ta milliy
brigada, jumladan, 9 ta alohida o’qchi brigada, 5ta otliq diviziya tuzildi. Urush yillarida bir mil-
lion to’rt yuz ming o’zbekistonliklar frontlarda jang qildilar. Ulardan to’rt yuz ellik ming kishi
qaytib kelmagan. Urushning dastlabki kunlarida Respublika mudofaa fondiga 30 mln. so’m
miqdorida pul to’plandi. Qisqa vaqt ichida O’zbekiston xalq xo’jaligi harbiy izga o’tkazildi.
Butun xalq, jamiiyki moddiy resurslar vatan himoyasiga sarf qilindi.
Sobir Rahimov, Mamadali Topivoldiyev, R. Abzalov, O. Rahimov, Xalloq Aminov, Qo’chqor
Turdiyev, Nazar Rajabov kabi o’zbekistonliklar jangovor jasoratlari uchun Sovet Ittifoqi Qah-
57
Do'stlaringiz bilan baham: |