Ijtimoiiy fanlar


Kafedra mudiri: _______________ f.f.n. dots. D.T. Amridinova



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/370
Sana29.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#77906
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   370
Bog'liq
Публикация2

Kafedra mudiri: _______________ f.f.n. dots. D.T. Amridinova 
 
 
 
 
Kelishildi:  
O‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i: __________ M.B.Holiqov 
 
 
 
 
307 
 
sportchi Iroda To'laganova Uimbldon uchrashuvida g'olib chiqib, kumush kubokning kichray-
tirilgan nusxasini qo'lga kiritdi. 1998-yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog'in-
ing eng baland «Everest» cho'qqisiga ko'tarilib, O’zbekiston dovrug'ini dunioga taratdilar. 
Mustaqillik sharofati bilan milliy o'zbek kurashi tiklandi. 1992-yilda Termiz va Shahrisabz 
shaharlarida dastlabki milliy kurash bo'yicha xalqaro musobaqa o'tkazildi. Milliy kurashimizn-
ing  nazariyjihatlari  va  qoidalari  ishlab  chiqildi  va  xalqaro  ekspertlar  tomonidan  e'tirof  etildi, 
xalqaro sport turlari qatoridan o'rin oldi. 1999-yil may oyida Toshkentda dunioning 50 dan ortiq 
mamlakatlaridan  kelgan  sportchilar  ishtirokida  kurash  bo'yicha  birinchi  jahon  chempionati 
bo'lib o'tdi. Unda O’zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini 
qo'lga  kiritdilar.  Akobir  polvon,  Kamol  polvon,  Toshtemir  polvonlar  nomi  butun  jahonga 
taraldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Islom Karimov say-
landi.  Buyuk  Britaniyada  2000-yildan  e'tiboran  har  yili  Islom  Karimov  norni  bilan  ataluvchi 
xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda. 2002-yil oktabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalqaro sport 
federatsiyasi a'zoligiga qabul qilindi. O'zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida dunioda 
e'tirof topdi". 
Mustaqillik yillarida O’zbekiston sportchilari Olimpiadalar, Osiyo o'yinlari, Jahon va Osiyo 
chempionatlari  va  boshqa  musobaqalarda  qatnashib,  3000  dan  ortiq  oltin,  kumush  va  bronza 
medallarini qo'lga kiritdilar. 
Shaxmat  bo'yicha  jahon  chempioni  Rustam  Qosimjonov,  boks  bo'yicha  jahon  chempioni 
Muhammadqodir Abdullayev kabi sportchilar O’zbekiston xalqining iftixoridir. 
Shunday  qilib,  mustaqillik  yillarida  O’zbekistonda  sport  rivojlandi,  yangi  ma'no-mazmun 
bilan boyidi, jahon sportiga qo'shildi va xalqaro maydonda salmoqli o'rin egalladi. 
Ma’naviy-madaniy  sohada  erishilgan  yutuqlar  o'z  samarasini  ko'rsatmoqda.  Ma'naviy  hay-
otimizda  uyg'onish  yuz  berdi,  odamlarning  tafakkuri  va  hayotga  munosabati  o'zgardi.  Ki-
shilarimiz  ongida  demokratik  qadriyatlar  mustahkamlandi,  aholining  faolligi  oshdi,  mam-
lakatimizning kelajagiga ishonchi mustahkamlandi. 
Davlat  mustaqilligining  qo’lga  kiritilishi  O’zbekistonda  bozor  munosabatlariga  o’tish  uchun 
qulay  sharoit  va  keng  imkoniyatlar  yaratdi.  Bizning  diyorimizda  bozor  munosabatlari  yangilik 
emas.  Ming  yillar  davomida  ajdodlarimiz  hunarmandlar  ishlab  chiqargan  ajoyib  mahsulotlarini, 
tabiiy boyliklarini dunyoning to’rt tomoniga chiqarib savdogarlik qilgan, mol almashgan. 
O’zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib, o’zimizning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot yo’limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo’lib qoldi. 
O’zbekiston  tanlagan  islohot  yo’li  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodini  shakllantirishga 
qaratildi. 
Bozor  munosabatlariga  asoslangan  demokratik  jamiyat  qurishning  asosiy  yo’nalishlari 
Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik 
mutaxassislari,  davlat  arboblari  tomonidan  tan  olindi  va  o’zining  hayotiyligini  namoyish 
etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: 
- iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq 
rivojlanmog’i kerak; 
-  davlat  bosh  islohotchi  o’rnida  bo’lib,  u  islohotlarning  ustuvor  yo’nalishlarini  belgilab 
berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim; 
- bozor munosabatlariga o’tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul 


306 
 
quvvatlash masalalari to'g'risida»gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbol-
larini  belgilab  berdi.  Madaniyat  ishlari  vazirligi,  «Oltin  meros»  jamg'armasi,  Badiiy 
Akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda muzey-
larning rivojlanishi va moliyaviy ta'minoti bo'yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat mu-
hofazasiga  olindi,  ularni  ta'mirlash,  muzey  eksponatlarini  boyitish  davlat  budjeti  hiso-bidan 
moliyaviy  jihatdan  qo'llab-quvvatlandi.  Muzeylar  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  ilmiy-uslubiy 
yordam ko'rsatish, moddiy jihat-dan qo'llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda «O'zbekmuzey» 
Res-publika  jamg'armasi  tuzildi.  Aholining  muzeyshunoslik  madaniyatini  oshirishga  ko'mak-
lashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta'sis etildi va u 1999-yildan boshlab o'zbek, rus va ingliz 
tillarida  nashr  etila  boshlandi.  Faqat  1999-yilda  muzeylarning  asosiy  fondi  7544  ta  tarixiy  va 
madaniy yodgorliklar bilan boyidi. 
O’zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko'r-
satmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi 
nodir  buyum-eksponatlar  saqlanmoqda  va  aholiga  namoyish  etilmoqda.  Mamlakatimizning 
me'moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro'yxatiga kiritilgan. 2500 ta me'mo-
riy  obida,  2700  ta  arxeologik  yodgorlik,  1800  monumental  san'at  asari  davlat  muho-fazasiga 
olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo'riqxonalarida butun dunioda 
eng nodir tarixiy yodgorliklar, me'moriy obidalar, monumental san'at asarlari saqlanib qolgan, 
davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e'tirof etilgan. 
O’zbekiston  muzeylari  aholi  orasida  o'lkamiz  tarixi,  xalq  amaliy  san'ati  asarlaridan  iborat 
etnografik ko'rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma'naviy kamoloti yo'lida xizmat qilmo-
qda.  Minglab  xorijiy  sayyohlar  respublikamiz  muzey-qo'riqxonalariga  tashrif  buyurib,  ajdod-
larimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san'at asarlari oldida ta'zim etmo-
qdalar.  Fransiya,  Turkiya,  Eron,  Pokiston,  KoRaya,  Xitoy  va  boshqa  mamlakatlarda  O’z-
bekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi. 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish