Ijtimoiiy fanlar



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/370
Sana29.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#77906
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   370
Bog'liq
Публикация2

5.  Qanday  voqea  1916  yilda  qo’zg`olon  ko’tarilishiga  turtki  bo’ldi,  qo’zg`olonning  asosiy 
sabablari nimada edi?
 
Talabalar soni:2 ta guruh
 
Vaqti: 2 soat
 
Mashg`ulot shakli
 
Mavzuga kirish bo’yicha ko’rgazmali-ma’ruza.
 
Ma’ruza rejasi
 
1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta’siri
 
Oktyabr  to’ntarishi.  Turkistonda  mustabid  Sovet 
hokimiyatining  o’rnatilishi,  uning  shovinistik 
siyosati
 
Turkiston  muxtoriyatining  e’lon  qilinishi  va 
bolsheviklar tomonidan tor-mor qilinishi
 
Turkiston  mintaqasidagi  istiqlolchilik  harakati  va 
uning tarixiy ahamiyati
 
217 
 
kuchga ega markazlashgan xalifalik harbiy qo’shinlari qiyinchiliklariga qaramay O’rta Osiyoda 
o’z hukmronligini o’rnatadi. 
Arablar  O’rta  Osiyoning  katta  hududida  zulm  va  zo’ravonlikni  kuchaytirdilar.  Endi  yerli 
xalq ikki tomonlama zulm siyosati ostida qoldi. Arablar birinchi kundan boshlab arablashtirish 
siyosatini  olib  bordi.  Ana  shu  maqsadda  Movarounnahrga  ming-minglab  arablarni  ko’chirib 
keltirdilar. Hali Ibn Ziyod davridayoq Kufa, Basra atroflaridan 50 mingdan ortiq aholi o’lkam-
izga ko’chirilib keltirilgan. Ularga mahalliy xalqlar uy-joylarining yarmini zo’rlik bilan bo’lib 
berganlar. Faqat Samarqand shahriga Quraysh qabilasidan 5 ming arab ko’chib kelib joylash-
gan. 
Arablashtirishda islom dinidan qurol sifatida foydalanildi. Arablar mahalliy xalq e’tiqod qil-
gan  va  ularning  ma’naviy  hayotida  katta  rol  o’ynagan  zardushtiylik,  buddizm,  moniylik  kabi 
dinlarni soxta, xurofiy va yolg’on dinlar deb e’lon qildilar, ularni barcha yerlarda ta’qiqladilar, 
bu dinlarga oid adabiyot va kitoblarni gulxanlarda yondirdilar. 
Istilochilar  islomni  qabul 
qilganlarni har tomonlama qo’llab-quvvatladilar va rag’batlantirdilar, imtiyozlardan foydalandi-
lar.  Jumladan,  ular  juz’ya  solig’idan  ozod  qilinganlar.  Islom  dinini  kiritishda  zo’rlash  va  ma-
jburlash siyosatidan ham foydalanilgan. Arablashtirish siyosatini amalga oshirishda arab tili va 
alifbosining davlat tili, fan va adabiyot tili darajasiga ko’tarilishi ham muhim rol o’ynagan. Ar-
ablar  Movarounnahrning  yer  osti  va  yer  usti  boyliklarini  talash  bilan  cheklanmadilar.  Ayni 
paytda  ular  xalqni  og’ir  ekspluatasiya  qilishning  yangi  usullarini  topdilar.  Hududdagi  barcha 
yerlar  xalifalik  mulkiga  aylandi.  Hosildor  yerlar,  masalan,  Buxoroda  yirik  zodagon  qatlam-
buxorxudotlarning  xususiy  mulki  sanalsa,  endilikda  ular  xalifalik  mulkiga  aylandi.  Yirik  yer 
egalari-dehqonlar arab xalifaligi davrida ham o’z yerlarining egalari bo’lib qoldilar, biroq endi 
ular  ijaradorga  aylanib,  daromadning  ma’lum  qismini  xalifalik  xazinasiga  jo’natish  majburi-
yatini olgan edi. Ko’p xudolikka sig’inuvchi xalqlarning ma’lum qismi birdaniga islomni qabul 
qilmaganlar, soliq to’lovchilar-zimmiylar deb atalardi. 
Qishloqdagi  yerlarga  mayda  xo’jaliklar  tomonidan  ishlov  berilardi.  Yirik  yer  egalari-
dehqonlar  yerlarini  mayda  bo’laklarga  taqsimlab  ziroatkorlarga  ijara  tarzida  bo’lib  berilgan. 
Mehnatkashlar  tarkibiga  yarim  ozod  kadivarlar,  ozodlikka  chiqqan  qullar  va  qaram  qullar 
kirardi. Aholining asosiy qismi jiz’ya (jon solig’i) va xiroj (yer solig’i) to’lashgan. Xiroj hosiln-
ing 1/3 hisobida olingan. Soliqlarning bunday turi «muqassama» deb ham nomlangan. 
Mo-
varounnahrning  xiroj  to’lovchi  meqnatkashlar  guruhi  «xaros»  deb  nomlangan.  Arab  man-
balarida ijarachilar akkor, sharik, munasif, fors manbalarida barzikor yoki kadivar deyilgan. 
Soliq yig’uvchilar «amil» deb nomlangan. Soliqlar pul yoki mahsulot shaklida to’lanib turil-
gan. 
Soliq Movarounnahrda boshqa viloyatlardagi singari 3 xil shaklda yig’ilgan: 
1. Qavonin-mayda viloyatlar va tumanlardan xazinaga tushib turgan yig’in. 
2. Maqosima-hosilning ma’lum ulushi miqdorida to’langan. Uning hajmi sug’orishga bog’liq 
holda belgilangan. 
3.  Misoxa-yer  hajmiga  qarab  miqdori  belgilanadigan  soliq  bo’lib,  unda  ekin  ekilishi  yoki 
ekilmasligiga e’tibor berilmagan. 
Shunday qilib, xiroj xalifalikning mulki va xazinaga tushadigan daromadning asosini tashkil 
etar edi. Yer solig’ining bir qismi sug’orish inshootlarini barpo etishga sarflangan, boshqa qismi 
xalifalik xazinasiga tushardi. 


216 
 
bosarlari (arabcha xalifalar) davom ettirdilar. Ana shu tariqa Arab xalifaligi paydo bo’ldi. Islom 
dunyosida  asosan  to’rtta  xalifa  alohida  diqqatga  loyiqdir:  Abu  Bakr  (632-634),  Umar  (634-
644), Usmon (644-656) va Hazrat Ali (656-661). Ulardan so’ng xalifalik 661-750 yillarda um-
maviylar sulolasiga o’tgan. Bu sulolaga Muoviya bin Abu So’fyon (661-680) asos solgan. Um-
maviylardan so’ng xalifalikni abbosiylar (750-1258) davom ettirdilar. Uning asoschisi Muham-
mad alayhissalomning amakilari avlodidan Abul Abbos as-Saffoq (749-754) edi. 
Islom dini bayrog’i ostida Arab xalifaligi VI-VIII asrlarda Shimoliy Afrika, Shom yurti, Fa-
lastin, Iroq, Eron va boshqa xududlarni bosib oldi va o’z hukumronligini o’rnatdi. O’rta Osi-
yoning  qulay  va  go’zal  tabiiy  iqlimi  hamda  behisob  boyliklari  tarixan  sahroyi  elatlar  bo’lgan 
arablarning  diqqat-e’tiborini  o’ziga  tortib  kelgan.  Ular  Amudaryo  (Jayxun)dan  shimolda 
Sirdaryo bo’ylariga joylashgan yerlarga «Movarounnahr», ya’ni daryoning ortidagi yerlar deb 
nom berganlar. Arablarning O’rta Osiyoga harbiy yurishlarini ikki davrga bo’lish mumkin. Bir-
inchi davr 650-705 yillarni o’z ichiga olsa, ikkinchisi 705 yildan keyingi davrdir.  
Arablar  O’rta  Osiyoga  dastlabki  yurishlarini  651  yilda  Marvni  ishg’ol  etishdan  boshlagan. 
654 yilda ular Movarounnaxrning Maymurg’ va So’g’d viloyatlariga hujum qildilar. Keyingi 35 
yil  davomida  arablar  Chag’oniyon,  Romiton,  Xo’jand  va  Termizga  bir  necha  yurishlar  uyu-
shtirdi.  Mazkur  yurishlar  bosqinchilik  xususiyatiga  ega  bo’lib,  ularning  ayrimlari  Xuroson 
noiblari Ubaydulloh ibn Ziyod, Said ibn Usmon, Salmo ibn Ziyod kabi shaxslar sa’y-harakati 
bilan amalga oshirilgan edi. Arablarning qariyb yarim asr davomidagi harbiy harakatlari ko’pin-
cha talon-taroj qilish va chet yerlardan boyliklar yig’ish maqsadida olib borilgan edi. 
705  yilda  Qutayba  ibn  Muslim  Xuroson  noibi  bo’lishi  bilan  Movarounnahrni  to’liq  bosib 
olish harakati boshlanib ketdi. 705 yilda Balx va Chog’aniyon ishg’ol qilinganidan keyin qu-
tayba  katta  harbiy  kuch  bilan  Poykand,  so’ngra  708  yilda  Buxoro  atroflari  va  Romiton,  709 
yilda Buxoro, 710 yilda Shuman, Nasaf va Kesh egallab olindi. Samarqand ixshidi Tarxun to-
von to’lash majburiyatini olib, arablar bilan kelishuvga muvaffaq bo’lgan edi. 710-712 yillarda 
xuddi  shunday  kelishuv  Qutayba  bilan  xorazmshoq  Xurzol  bilan  ham  yuzaga  kelgandi. 
Samarqand  aholisining  tovon  to’lashga  qarshilik  ko’rsatishi,  Tarxunning  o’limi  va  uning 
o’rniga vatanparvar G’urakning Samarqand hokimi bo’lishi arablarning bu shaharga hujum qil-
ishi  uchun  baqona  bo’ldi.  Tarxun  o’limi  uchun  qasd  olish  bahonasida  Qutayba  712  yilda 
Samarqandga hujum uyushtirdi va uni bosib oldi. 712-713 yilgi So’g’d, Choch va Farg’onaning 
ittifoqchi  qo’shinlari  vaqtincha  g’alabaga  erishgan  bo’lishiga  qaramasdan  Qutayba  g’olib 
chiqdi. 714 yilda arablar yana Chochga hujum qilishadi va bu xududga yaqin Isfijobni egallab 
olishadi.  715  yilda  Qutayba  Farg’onaga  ikkinchi  martaba  yurish  uyushtiradi.  Shu  yili  unga 
dushman bo’lgan xalifa Sulaymonga qarshi isyon ko’taradi va mag’lubiyatga uchrab o’ldiriladi. 
O’rta Osiyo bosib olinganidan keyin bu Hududlarni boshqarish markazi Marv shahri bo’lib 
qolgan edi. Bu yerda xalifaning noibi turgan va u Movarounnaxr Hamda Xurosonni idora qil-
gan. 
O’rta  osiyoliklar  arablarga  Qarshi  bir  necha  marotaba  isyon  va  qo’zg’olonlar  ko’targanlar. 
VIII  asrning  20-yillaridan  30-yillar  oxirigacha  Farg’ona,  Xuttaliyon,  Tohariston  va  So’g’dda 
xalq  bosh  ko’targan  edi.  Biroq  bu  harakatlar  katta  kuchga  ega  arab  qo’shinlari  tomonidan 
bostirilgan. 
O’rta  Osiyo  xalqlari  qariyb  yarim  asr  davomida  arab  istilochilariga  qattiq  turib  qarshilik 
ko’rsatganlar. Bunday qarshilikni arablar boshqa yerlarni bosib olishda uchratmagan edi. Katta 
123 
 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish