212
Shunday qilib, V-VI asrlarda mamlakatimizda, umuman, mintaqada yuz yildan ortiq davr
davomida eftaliylar sulolasi hukmronlik qildi. Davlatni boshqarishda ular o’tmishdagi dongdor
sulolalaridan qolishmaganlar. So’nggi kushonlar zamonida boshboshdoqlik yo’liga kirgan
mamlakatni qaytadan birlashtirib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar va tashqi aloqalar
taraqqiyotini an’anaviy yuksak darajada tutib turishiga bosh-qosh bo’lganlar.
2. VI asr o’rtalariga kelib, Sharqiy Turkiston, Farg’ona, So’g’diyona, Xorazm, Baqtriya, Shi-
moliy Hindiston va Sharqiy Eronni o’z ichiga olgan Eftaliylar davlati tanazzulga uchray bosh-
lagan. Ayni davrda Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi turli qabilalar va xalqlar birlashib,
yirik turk xoqonligi davlatini tashkil qildilar. Lekin bu turkiy xalqlarning davlatga uyushuvi VI
asr o’rtalarigacha bo’lmagan degan xulosani bermaydi. Turkiyshunos olimlar fikricha, eng
qadimgi turkiyzabon xalq Xitoy solnomalarida miloddan avvalgi 1756 yildan tilga olinadi. Le-
kin bu xalq «Turk» nomi bilan emas, balki «xun» deb atalgan. «Turk» so’zi etnik (xalq) nomi
sifatida milodimizning V asridan boshlab uchraydi. Xunlar turkiy xalqlarning uzoq ajdodlari
bo’lib, juda qadimiy tarixga egadirlar. Xunlar Markaziy Osiyo, Kaspiy dengizi bo’ylari hamda
Shimoliy Kavkaz va G’arbiy Yevropa yerlarigacha cho’zilgan hududlarda yashaganlar. Milod-
dan avvalgi 207 yildan to milodning 216 yiligacha, ya’ni 423 yil hukmronlik qilgan Ulug’ Xun
saltanati sharqiy va g’arbiy qismga bo’linib idora qilingan. 374 yildan to 469 yilgacha Yevru-
opoda Xunlar saltanati mavjud bo’lgan. Bu saltanatning asoschisi Balamir (374-400) hisobla-
nadi. U juda ko’p mamlakatlarni o’z qo’l ostida birlashtiradi. Sharqiy Rus, Ruminiya, Yugo-
slaviyaning shimoli, Mojariston (Vengriya), Avstriya, Chexoslovakiya, Sharqiy va O’rta Ol-
moniya mamlakatlari bu saltanatga kirgan. Xun Hukmdorlaridan Attila (434-453) nomi Yev-
ropada hozirgacha ma’lum.
Ikkinchisi Oq Xun saltanatidir. Bu O’rta Sharq
-Eftalit saltanati deb ham yuritiladi. Sulolan-
ing asoschisi Kun xon bo’lgan. Uning tarkibiga Hindistonning yarmi, Afg’oniston va Turkiston
kirgan. Hindiston bu sulola tarkibida bo’lganligidan ko’k tangridan tashqari buddizm ham
yetakchi din hisoblangan.
Qayd qilinishicha, V asrning ikkinchi yarmida Xun davlati turli sabablarga ko’ra parchalanib
ketgan. Xunlarning uncha katta bo’lmagan bir toifasi o’z atrofiga qisman mo’g’ul va xitoy mu-
hojirlarini birlashtirib, hech qanday hokimiyatga va davlatga bo’ysunmasdan ko’chmanchilik
qilib hayot kechirganlar. Ana shu toifani ya’ni ularga qo’shilgan mo’g’ullarni «Turk-utu», ya’ni
«bo’ri urug’i» deb ataganlar. Bu degan so’z turklar bo’ridan tarqalgan ma’noni bildirmaydi.
Balki barcha xalqlarning uzoq o’tmishida bo’lgani singari har bir qabilaga homiylik qilgan hay-
von, daraxt va jismlar nomi bilan atalgan.
VI asr boshlariga kelib, o’sha qabilalar uyushmasi son jihatidan osha borgan. Nomlanishdagi
ikkinchi so’z tushib qolib, «Turk» deb atalavergan. Ana shu tariqa VI asr o’rtalariga kelib,
Markaziy Osiyoda Turk xoqonligi tarkib topadi. Unga asos solgan kishi Ashin bo’lgan.
545 yilda Qo’zg’olon ko’targan jo’jonlarga Teles qabilalari zarba beradi va o’z navbatida
turklar Teles qabilalarini tor-mor keltiradi. Shundan so’ng 545 yildan e’tiboran Turk xoqonligi
Markaziy Osiyo, Mo’g’uliston, G’arbiy Sibir va Dashti Qipchoq yerlarida Hukmron davlatga
aylanadi.
Umuman, birinchi va ikkinchi turk xoqonligi 545 yilda to’liq mustaqillikka erishganlaridan
so’ng o’z hukmronliklarini deyarlik ikki yuz yil davom ettirdilar. Turk xoqonlari nihoyatda
katta xududlarga ega bo’lgan mamlakatlarini sakkizta tobe xonliklar asosida boshqardi. Sharqiy
127
xukmronligi,
20-
30 yillardagi fan va
madaniyat, ma’naviy hayotdagi chekla-
shlarni yoritib berish vazifalari qo’yi-
ladi.Suhbat-munozara, savol-javob orqali
talabalarni
mavzuni
qay
darajada
o’zlashtirganligini nazorat qilish, ularning
bilimini baholash.
Talabalar fikrini jamlash va mavzuga
yo’naltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: