326
1995 yil 15 dekabrda Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston Respublikalari davlatlararo
Kengashining navbatdagi majlisi bo’ldi. Prezidentlar 2000 yilgacha bo’lgan iqtisodiy
integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo’lgan loyihalar dasturlarini
hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar.
Integratsiya dasturi yuzasidan 53 ta loyiha ishlab chiqildi. O’rta Osiyo davlatlari rahbarlarining
Qizil O’rda (1993), Nukus (1994), Toshhovuz (1995) shaharlarida bo’lib o’tgan uchrashuvlarida
Orol dengizi muammosiga bag’ishlangan chora-tadbirlar ko’rildi.
2000 yilning 14-15 iyun kunlari Prezident I.A.Karimov Markaziy Osiyo iqtisodiy
hamjamiyatining davlatlararo kengashida (1999 yil 30 aprelda Qirg’izistonning CHo’lpon-Ota
shahrida tuzilgan) qatnashish uchun Dushanbe shahrida bo’ldi.
Yig’ilishda so’zga chiqqan I.A.Karimov hududdagi respublikalar iqtisodiyotining sezilarli darajada
o’sganini ko’rsatdi: O’zbekistonda bu o’sish 4,4 foizni, Qozog’istonda 1,7 foizni. Qirg’izistonda 3,6
foizni, Tojikistonda 3,7 foizni tashkil etadi.
O’zbekiston Prezidenti bozor iqtisodiyotini shakllantirish bo’yicha strategik markaz tashkil
qilishni taklif etdi. Markaz iqtisodiy modullarni solishtirish, vujudga kelgan muammolarni hal
qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqish bilan shug’ullanishi zarur.
Kengashda mintaqaning suv resurslaridan samarali foydalanishi, Sarez ko’lining toshish
xavfini oldini olishda Tojikistonga yordam berishga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda I.A.Karimov o’chog’i Afg’oniston hisoblanmish xalqaro terrorizm xavfi
masalasining keskinligini qayd etdi. O’zbekiston prezidenti yig’ilish qatnashchilari hamda
BMT qiyofasidagi butun xalqaro hamjamiyatini tahdid solayotgan ekstremizm va terrorizmga
qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi. Uchrashuvda Tojikiston respublikasi rahbariyati va
jamoatchiligi I.A.Karimovni tojik xalqining og’ir kunlarda yordam beruvchi va qo’llab-
quvvatlovchi haqiqiy birodari va do’sti sifatida qabul qildi. Prezident I.Rahmonov
I.A.Karimovni tojik xalqining «boshidagi toji, ko’zidagi nuri», dedi.
Markaziy Osiyo davlatlari hamdo’stligining tuzilishi ularning boshqa davlatlardan
uzoqlashishini ko’rsatmaydi, balki murakkab o’tish davrida mintaqa mamlakatlarining o’zaro
yordam va hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgandir.
Xulosa. O’zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo’lga
qo’yish va rivojlantirish borasida bir necha o’n yillarga arziydigan ishlar amalga oshirildi.
O’zbekiston o’zining tinchliksevar, yaxshi qo’shnichilik, o’zaro foydali, hamkorlikka qaratilgan
siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini
egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: