Ijodiy yondoshuv bo’yicha baholanish mezonlari quyidagicha:
O’zbekiston tarixi fanining predmetini bilgan
holda, uni jamiyatdagi, inson hayotidagi
O’zbekiston tarixi fanining kategoriya va
strukturasini mustaqil tahlil qila oladilar va
50 %
50 %
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.-Toshkent: Sharq, 1998.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.-Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
245
«Tuzukot» da ham, tarixiy asarlarning mualliflari ibn Arabshoh, Nizomiddin SHomiy, SHara-
fuddin Ali YAzdiy, Abdurazzoq Samarkandiy, Davlatshoh Samarqandiy asalarida ham, de
Klavixo kundaligida ham buni yaqqol ko’rish mumkin.
Temur o’z faoliyati davomida Olloh buyurgan oliy insoniy fazilatlarga astoydil amal qildi.
Temur o’z farzandlariga qilgan vasiyatda shunday deydi: «... Millatning dardlariga darmon
bo’lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo’ring, yo’qsillarni zanginlar (boylar) zulmiga tashlamang.
Adolat va yillik (yaxshilik) qilmoq dasturingiz va rahbaringiz bo’lsin». Adolatni shunchalik
qadrlagan hukmdor albatta xalq orasida katta obro’-e’tiborga ega bo’lishi tabiiy hol edi.
Temurning «Kuch-adolatda» degan so’zi haqiqatda shiorga aylanib, hamma davrlar uchun
jaranglab turuvchi ibora tusini olganligini shohidi bo’lishimiz mumkin. Temur xalqning shikoyat-
lari va arzlarini o’rganuvchi maxsus arzbegi lavozimini joriy qilgan. Arzbegi shikoyat, arizalarni
ko’rib chiqar, ularda kimlar aybdorligini aniqlar va bu xususda kengashga xabar qilar edi. Ayb-
dorlar kim bo’lishidan qat’i nazar qattiq jazolangan. Soliqlar, moliyaviy masalalarda qat’iy tartib-
qoida o’rnatilgan. Rus sharqshunosi D.N. Logofet bu xususda shunday deb yozadi: «... biz hozir
zo’r berib intilayotgan daromad solig’i degan narsa uning (Temurning) hokimiyatida o’shandayoq
mavjud edi».
Temur ma’naviyati ulkan manba va tuganmas bir buloqdir. Hozirgi mustaqillikka erishgan
davrimizda, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda, milliy mafkura g’oyalarini fu-
qarolarimiz ongiga singdirishda bu manbaning ahamiyati beqiyosdir. SHuning uchun ham
Prezidentimizning Amir Temur tavalludining 660 yillik tantanalari va keyingi vaqtdagi qator
chiqishlarida bu manbaning ahamiyati takror va takror qayd etilmoqda. Temur ma’naviyatining
bizga o’rgatuvchi, saboq bo’lguvchi joylari juda ko’pdir. Zero, bu ma’naviyat-
bobokalonlarimizning bebaho ma’naviy boyligining bir bo’lagi bo’lib, yurtimiz ravnaqi va por-
loq kelajagi uchun hamisha xizmat qilajakdir.
Hurmatli yurtboshimiz Islom Karimov. Amir Temur davri ma’naviyati, sohibqiron shaxsiyati
va u qoldirgan ulkan meros nima uchun zarurligi masalalariga to’xtalib, buni quyidagicha
sharhlab berdilar: «Amir Temur avvalo qudratli davlat qurgan. Davlat qudratli bo’lmasa, betak-
ror ma’naviy meros ham, obidalar ham, tarixiy yodgorliklar ham bo’lmasdi. O’zbekistonning
bugungi ozodligini mustahkamlash davrida Amir Temur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifa-
tida qadrlidir. U davlat poydevorini qurgan, davlatning huquqiy asoslarini barpo etgan. Uning
davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o’z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham katta ahami-
yat kasb etadi. Amir Temur o’z davlatini aql-zakovat va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning
«Davlat ishlarining to’qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bi-
lan amalga oshirdim» degan so’zlari buning yorqin dalilidir».
Do'stlaringiz bilan baham: |