248
unga topshiradi.
Dashti Qipchoqliklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503),
Hisor (1504), Urganch (1505), Hirot (1507) kabi shahar va viloyatlarni egallab, SHarqiy Turkiston
chegaralaridan Markaziy Afg’oniston hududlarigacha cho’zilgan yerlarda markazlashgan shayboniy-
lar davlatiga asos soldilar. Temuriylar davlatidagi siyosiy tarqoqlik, ayrim hukmdorlarning ajralib
mustaqillikka intilishi bu davlatning yemirilishiga olib kelgan bo’lsa, SHayboniyxon bunday tarqo-
qlikka chek qo’yib mamlakatning birligini mustahkamlay oldi.
SHayboniyxonning janubga tomon yurishlari Eron shohi Ismoil I tomonidan to’xtatildi. 1510
yil Marv atroflarida bo’lgan jangda dasht qo’shinlari tor-mor etildi va SHayboniyxon halok
bo’ldi. Eroniylar tomonidan qo’llab-quvvatlangan Bobur 1511 yilda Hisor, Ko’lob, Qunduz,
Badaxshon va Samarqandni egalladi. Ammo 1512 yilda shayboniylardan bo’lgan Ubaydulla
Sulton qo’shinlari o’ijduvon yaqinida Bobur va shoh Ismoilning birlashgan kuchlarini mag’lu-
biyatga uchratdi. SHundan so’ng Bobur avval Qobulda, keyin esa Hindistonda o’z hokimiyatini
o’rnatdi. Dashti Qipchoq qabilalari esa Movarounnahrda o’rnashib qoldilar.
XV asr oxiri-XVI asr boshlaridagi Dashti Qipchoq, Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-
siyosiy voqealar to’g’risida yozilgan muallifi noma’lum «Tarixi guzidai Nusratnoma», Muham-
mad Solihning «SHayboniynoma», Boburning «Boburnoma» asarlari muhim manbalar hisobla-
nadi.
Temuriyzodalar o’rtasidagi o’zaro urushlar, birodarkushliklar nafaqat quyi tabaqa ahlining,
balki yirik zodagonlarning ham noroziliklariga sabab bo’ldi. Natijada Amir Temur asos solgan
ulkan saltanat tanazzulga yuz tutdi va tugatildi. Temuriylardan keyin hokimiyat tepasiga kelgan
shayboniylar sulolasi davrida ham markaziy hokimiyat unchalik mustahkam emas edi (bu
o’rinda Abdullaxon II hukmronligi davri (1583-1598) birmuncha diqqatga sazovordir). Bu holat
o’sha davr Vatanimiz hududlarining parchalanib, alohida davlatlarga bo’linib ketishi va
zaiflashuvi uchun zamin yaratdi.
O’rta Osiyo hududlarining parchalanishga yuz tutishi va uning sabablari: Muhammad
SHayboniyxon vafotidan so’ng Movarounnahr va Xurosonda markaziy hokimiyat zaiflashib,
amirlar va sultonlar markaziy hokimiyatga bo’ysunmay qo’ydilar. Ubaydulla Sulton 1512 yilda
Buxoro hukmdori bo’lgan bo’lsa, 1534 yildan butun markazlashgan o’zbek davlatining Oliy
hukmdori etib saylandi. Ubaydullaxon mamlakat poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko’chirdi.
XVI asrning 40-yillariga kelib, zodagonlar va mahalliy sulolalar o’rtasida shaharlar va hududlar
uchun kurash avj olib ketdi. Samarqand hukmdori Abdulatifxon (1541-1552 yy.) bilan Buxoro
xoni Abdulazizxon (1540-1550 yy.) o’rtasidagi kurashni Toshkent va Sirdaryo bo’yidagi
shaharlarning hukmdori Baroqxon (Navro’z Ahmadxon) yanada kuchaytirdi. U hatto 1551 yilda
Samarqandni bosib oldi. Karmana va Miyonqol hukmdori Abdulla Sulton Baroqxonga qarshi
kurash olib bordi va 1557 yilda Buxoroni bosib oldi.
1561 yilda taxtga o’tirgan Iskandarxon ham siyosiy tarqoqlikka barham bera olmadi. Ammo
uning o’g’li Abdullaxon II markazlashgan shayboniylar davlatini tiklash maqsadida amirlar va
sultonlar bilan ayovsiz kurash olib bordi. Tinimsiz urushlar natijasida Farg’ona (1573),
SHahrisabz, Qarshi, Hisor viloyatlari (1574), Samarqand (1578), Toshkent, SHohruhiya, Say-
ram, Ohangaron (1582), Balx (1583), Badaxshon (1584), Hirot (1588), Xorazm (1595) Abdul-
laxon qo’l ostiga birlashtirildi. Ammo 1598 yilda Abdullaxon II vafotidan so’ng uning o’g’li
Abdulmo’min uzoq muddat taxtni boshqara olmadi. So’nggi SHayboniy hukmdori Pirmuham-
91
Do'stlaringiz bilan baham: