O‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash — ularning ijtimoiy tajribaning asosiy elementlarini o‘zlashtirishlari hisobiga, ularni katta avlod ijtimoiy munosabatlarga, munosabatlar tizimiga va ijtimoiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi asosida amalga oshiriladi. Kattalar bolalar bilan o‘zlarining tarbiyaviy munosabatlarini anglab yetishlari va bolalarda u yoki bu sifatlarni shakllantirish maqsadlarini o‘z oldilariga qo‘yar ekanlar, ularning munosabatlar i yanada pedagogik, anglab yetilgan, maqsadga yo‘naltirilgan xarakterga ega bo‘ladi.
Kattalarning ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini anglab yetishlari asosida, jamiyatda bolalar va jamiyat manfaatlari yo‘lida tarbiyalash qonunlaridan tushuy il gai va maqsadga muvofiq foydalanishga intilish yuzaga keladi. Katta avlod tarbiya munosa- batlari tajribalarini umumlashtirippa, ularda namoyon bo‘ladigan tendensiyalar, aloqalar, qonunlarni o‘rganishga, ulardan shaxsni shakllantirish maqsadlarida foydalanishga ongli ravishda murojaat etadilar. Mana shu asosda tarbiya qopuplari to‘g‘risidagi va bolalar hayoti va faoliyatini ongli ravishda maqsadga muvofiq boshqarshssa, ulardan foydalanish to‘g‘risidagi pedagogika fani yuzaga keladi.
Shunday qilib, tarbiya-ijtimoiy hodisa bo‘lib individning hayotini ta’minlash usuli sifatida zarurdir; U ma’lum tarzda shakllangan ijtimoiy munosabatlar va jamiyat hayot tarzi natijasidagi aniq tarixiy sharoitlarda amalga oshiriladi; uni amalga oshirishning asosiy mezonlari shaxsning xususiyatlari va sifatlari hayot talablariga mos kelish darajasi hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida butun ijtimoiy hayotning tabiiy bir qismi hisoblanadi. Shuning uchup uning qarama-qarshiliklari, ijtimoiy hayotning eng umumiy qarama-qarshiliklari ifodasi hisoblanadi. Tarbiya aks ettiradigan bunday qa r a m a - qa r i p i l i kl a r qatoriga qotib va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabat- larining ishlab chiqarish kunlari rivojlanishini ortga surish natijasida yuzaga keluvchi qa ra ma - qa r 11 shl i k. ia r kiradi. Bu qarama- qarshiliklar ijtimoiy tarbiyada, o‘sib kelayotgan avlodni tayyorlashga konservativ yondashishlar mustahkam o‘rnashib olishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bizning jamiyatimizda ijtimoiy hayotni va ishlab chiqarish kunlarini faqat davlat mulkchiligi asosida tashkil etilishi ishlab chikerishning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini e’tiborga olish talab etiladi.
Biroq, bu tarbiya jarayoni har doim ham yetarli darajada samarali bo‘lmaydi. Yuqorida ijtimoiy ta’lim vazifasini ko‘rib chitali shuni ko‘rsatdiki, bolada mu’ayyan bir ijtimoiy bilim, malaka va ko‘nikmalar shakllanishi kerak. Masalan: otaga-onaga bo‘lgan g‘amxo‘rlik, e’tiborli, mehribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishini ko‘rsatish mumkin. Agar kdndaydir sababga ko‘ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo‘lsa, demak, munosabatlar shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo‘lgan ijtimoiy-lashuvda kщtdaydir mos xislatlari ham shakllanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida boladagi bui lay ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xislatlar shakllanishiga e’tibor qaratshp zarur. Shuning o‘zi ijtimoiy tarbiya vazifasidir. Ijtimoiy tarbiya bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. XIX asrning ikkinchi yarimida pedagogika tizimida ijtimoiy tarbiya doirasi kengaya bordi.
Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida M. Quronov, O. Mu- surmonova, D.V. Mudrik, V.D. Semyonova, P.D.Pavlenok, G.N. Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |