Tarbiyalash koloniyalari - ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan balog‘atga yetmaganlar hamda ular 21 yoshga yetguncha tarbiyalash koloniyalarida qoldirilishga hukm etilganlar jazo o‘taydigan tashkilot.
Bolalar jipoyatchiligi - Balog‘atga yetmaganlarning jinoiy javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan hamma sodir etadigan noqonuniy harakatlari to‘plamidan iborat negativ ijtimoiy- hukuqiy holatdir.
Huquqbuzarlik— biror-bir huquqni buzuvchi har qanday harakat. Huquqbuzarliklar qilmish va jinoyatlarga ajratiladi.
Jinoyat — shaxsga tajovus soluvchi hamda boshqa jinoiy qonunchilik tomonidan himoyalanadigan boshqa ob’ektlarga tajavuz soluvchi va ularga jiddiy zarar yetkazuvchi jinoiy qonuniyat bilan ijtimoiy xavfli harakatdan iborat bo‘lgan delikvent hulqi ko‘rinishi.