Ijtimoiy tarbiya bu — muvaffaqiyatli ijtimoiylalguv uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi xislatlarining shakllanshpiga qaratilgan maqsadli jarayondir.
Bolaning ijtimoiylashuvi murakkab ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Bola o‘zini ko‘llab-quvvatlashlarini his etish juda zarur. Ruhshuposlar o‘qigsdan zo‘riqish, «ikki»lar, har bir o‘quvchigacha yetib borolmaydigan adolatsiz o‘qituvchi, oiladagi sharoit, bolaning giyohvandlar yoki ko‘cha bezorilari qo‘liga tushib qolishi mumkin bo‘lgan xavfli omillar natijasida maktab o‘quvchisida doimiy xavotir hissi paydo bo‘lishini qayd qilganlar.
Bolani uncha katta bo‘lmagan jamoada, yovuzlik, yolgon, jinoyat ichkilikbozlik, giyohvandlik, ota-onalar shafqatsizligiga qarshi tura olilgida qo‘llab-quvvatlash zarur.
Yoshlarga jamiyatga moslashishda, o‘zini namoyon qilishga intilishda, muloqot o‘rnatishni o‘rganigsda va o‘zini tarbiyalagsda doimo qo‘llab-quvvatlash talab etiladi. O‘smirlik yotttida fuqaro, jamoada tan olingan xodim, tengdoshlari o‘rtasida teng va munosib bo‘ligiga intililsh o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.
Bu jarayon nazariyasini esa ijtimoiy pedagogika — «ijtimoiy muhitning tarbiyaviy ta’siri xaqidagi fan» taqsim etadi.
Chupki, ijtimoiy pedagogika asosida Shaxstarbiyasi (jamiyatda va jamiyat uchun) yotadi. Shupi yodda tutish lozimki, ijtimoiy tarbiya vazifasi fukdro shaxsida mustaqil, ijodiy, odamlar bilan ijobiy munosabatga kirisha olish layoqati, o‘z sog‘ligi va vaqgi uchup javobgarlik kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat.
Ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiyani davlat, jamoat va xususiy o‘quv muassasalari ko‘lamida ko‘rib chiqadi.
Inson tarbiyasi asosan oilada amalga oshiriladi. Bu holatda biz oilaviy pedagogika ob’ekti bo‘lgan oilaviy tarbiya mavzusida mulohaza yuritamiz.
Tarbiyalash diniy idoralar orqali ham amalga oshadi. Bunda konfessional pedagogika tadqiq bo‘lgan diniy konfessional tarbiyaga luch kelamiz.
Tarbiyalash davlat va jamiyat tomonidan shu maqsadda tashkil etilgan tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tarbiya ijtimoiy jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanida ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashtirish bilan bog‘lab o‘rganiladi.
Bugungi kup da mavjud ijtimoiy tarbiyaning bu tizimi nazariya va amaliyot masalalariga murojaat qilib, bolalarning ijtimoiy himoyasi, turli o‘kuv va tarbiya muassasalarida ijtimoiy faoliyat nazariyasi va metodikasi masalalarini o‘rganmoqsa.
Ijtimoiy pedagogika oilaviy tarbiya, milliy o‘ziga xoslik, diniy va jamoat tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini ham e’tiborga oladi. Masalan, bizning o‘zbek oilalarida o‘ziga xoslik islomiy e’tiqod negizida ezgulik goyasi, sabr-qapoat, rahmdillik, axloqiy me’yorlarga rioya qilish kabilarda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy xodim mahalliy ijtimoiy tarbiya asoslarini chukur bilishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |