To'rtinchidan, mustaqillik davri o'zbek adabiyoti biror ijtimoiy tuzumning afzalligini
ko'rsatish yoki siyosiy tizimlarni takomillashtirishga emas, alohida inson shaxsining
ma'naviyatini mukammallashtirishga yo'naltirildi. Bu hoi adabiy qahramonlarni turli
tomonlardan badiiy tadqiq etish imkoniyatini berdi. Sho'ro davrida badiiy asarlarda
sotsializmning afzalligi, boshqa tuzum-larning ayovsiz va jirkanchligi tasvirlanishi shart edi.
Bunday zo'ravonlikdan qutulingani uchun ham istiqlol davri o’zbek adabiyotining
qahramonlari sezilarli darajada nozik, o'ziga xos, betakror bo'lib bormoqda. Istiqlol adabiyoti
ommani ko'rsatishga emas, shaxsni badiiy tadqiq etishga yo'naltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |