Ijodiy metod va badiiy uslub


Ijodiy metodlarda vorisiylik



Download 21,85 Kb.
bet7/9
Sana30.12.2021
Hajmi21,85 Kb.
#93516
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu

Ijodiy metodlarda vorisiylik. Adabiyot tarixida ma’lum davrda bir hukmron ijodiy metod o‘rniga ikkinchi metodning maydonga chiqishi haqida gapirish mumkin, ammo yangi paydo bo‘lgan metodning o‘zidan avvalgi hukmron metodni uloqtirib tashlashi haqida gap bo‘lishi mumkin emas: ijodiy tajriba ma’lum darajada bir avloddan ikkinchi avlodga ko‘chib boradi. Evropa xalqlarining adabiyotlarida  klassitsizm o‘rnini undan keyingi hukmron ijodiy metod sifatida romantizm egalladi. Romantizm tarafdorlari klassitsizmga qarshi astoydil kurashgan bo‘lsalar ham, bir qancha jihatlardan o‘zlari klassitsizmning tajribasini o‘zlashtirdilar. Masalan, klassitsizm tasdiq etgan adabiyotning ijtimoiy hayot bilan  chambarchas aloqasi, yuqori g‘oyaviyligi prinsipi romantizm uchun ham asosiy qoida bo‘lib qoldi. Shuningdek, adabiy ijodning asosiy tur va janrlari romantik xarakter kasb etgani holda romantik adabiyotda ham saqlanadi. Yuqorida qayd etilganidek, klassitsizm dramasidagi uch birlik qoidasi ham ma’lum darajada romantizmga meros bo‘lib o‘tdi: xuddi klassitsizm  tarafdorlarining dramatik asarlarida bo‘lganidek, harakat birligi yangi, romantik drama ham asosiy g‘oyaning birligini ifoda etuvchi eng zarur talab bo‘lib, o‘z kuchida qoldi. Shunday qilib, vorislik (tajribaning bir avloddan ikkinchi avlodga meros bo‘lib ko‘chishi) qonuni klassitsizmning romantizm bilan almashinishi paytida ham o‘z kuchini saqlaydi.

         Hamma xalqdarning adabiyoti tarixida romantizm bilan realizmning taraqqiyoti ko‘pincha yonma-yon boradi. Faqat ma’lum davrga kelibgina u yoki bu metod tarixiy-adabiy jarayonda hukmronlik rolini o‘ynay boshlaydi. Masalan, XV asr o‘zbek adabiyotida, shu jumladan, Alisher Navoyi ijodida romantik metod hukmron edi. Shu bilan birga, Navoyining yosh zamondoshi va muxlisi Bobur o‘zining “Boburnoma”sida o‘zbek adabiyotida ilk marta shakllana boshlagan realizmning vakili sifatida maydonga chiqadi.

         Bir yozuvchi ijodida biror ijodiy metodning hukmronligi o‘sha yozuvchi ijodida boshqa ijodiy metodlarning elementlari mavjudligini rad etmaydi. Alisher Navoyi ijodida hukmron metod – romantizm ekanligi unda realizm elementlarining mavjudligini inkor etmaydi. Navoyi ijodida romantizm bilan realizm elementlarining qorishib ketgani qisman shunda ko‘rinadiki, “Xamsa” dostonlarida u salbiy tiplarni o‘z zamonasidan olgan, ammo ularga qarshi qo‘yilgan ijobiy tiplarni esa, o‘z xayoloti va ideallaridan kelib chiqib (ya’ni romantizm metodi asosida) yaratgan.

         Adabiyotda romantizm o‘rniga realizmning hukmron bo‘lib qolishi ham mustasnosiz hamma jihatdan ijobiy natija berdi, deb bo‘lmaydi. Masalan, adabiyotda yaratilgan realistik obrazlar o‘zlarining haqqoniyligi jihatidan romantik obrazlardan juda yuqori tursalar ham, yorqinlik va badiiy ta’sir kuchi jihatidan ba’zi vaqtlarda romantik obrazlardan kuchsizroq bo‘lib chiqdilar.

        


Download 21,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish