metod – san’atkorning anglanayotgan voqelikka ijodiy munosabatining umumiy ijodiy prinsipi, ya’ni badiiy asarda voqelikni qayta tiklash prinsipidir.
Voqelikni qayta tiklashning tarixan o‘ziga xosligiga qarab, jahon adabiyotida klassitsizm, romantizm va realizm ijodiy metodlari mavjuddir. Bu ijodiy metodlardan jahon adabiyotida eng ko‘p tarqalgani realizm bo‘lib, uning ko‘pgina o‘ziga xos ko‘rinishlari bor (didaktik realizm, ma’rifatparvar realizm, tanqidiy realizm va sotsialistik realizm). Romantizm va realizm butun jahon adabiyoti tarixi uchun universal ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |