Ijodiy insho.
Men Adxamova Odinaxon Ikromjon qizi Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tavallud topganman. Bolaligimdanoq chet tiliga bo`lgan qiziqishim sababli Jalaquduq tumanidagi rus maktabiga o`qishga berishgan. Boshlang`ich sinfning eng oldi va faol o`quvchisi bo`lganman, yettinchi sinfda o`qiyatgan vaqtimda ingliz tiliga bo`lgan qiziqishim yanada ortdi. Qiziqishim ortishiga sabab bir kuni maktabimizga chet ellik mehmonlar kelishdi, ularning biri menga ingliz tilida savol berishdi , men ingliz tilini yaxshi bilmaganim sababli uning savoliga javob bera olmadim. Oldimdagi ingliz tilini yaxshi biladigan sinfdoshim mehmon bilan qizg`in suxbat qurgan edi, ularni ko`rib menda ushbu tilga bo`lgan qiziqish va muxabbat uyg`ongan. Shundan so`ng ingliz tilini chuqurroq o`rganish va bilimimni oshirish maqsadida ingliz tili to`garagiga borganman va chet tilini yaxshi biladigan sinfdoshlarim qatoriga qo`shilganman. Sakkizinchi sinfga o`tganimda universitetni yaqin orada tugatgan Biologiya o`qituvchisi kelgan edi. Tanishuv darsida bizdan qaysi fanlarga va tillarga qiziqishimizni so`ragan, shunda bizning sinfmizda ko`p o`quvchilar ingliz tiliga qiziqishlarini aytganlar. O`qituvchimiz ingliz tilini yaxshi bilganlari sababli bundan xursand bo`lganlar va biologiya darslarini ingliz tiliga bog`lab o`tgan edilar. Ular darslarni qiziqarli va maroqli o`tar edilar, shu sababli menda yangi maqsad uyg`ondi : ingliz tilida biologiya fanini o`qish . Bu maqsad yo`lida ingliz tili va biologiyani chuqurroq o`rgana boshladim. Tirishqoqligim va bilimga chanqoqligim sababli maktabdagi barcha fanlarni a`lo baxolarga o`qib maktabni oltin medal bilan tamomladim.
2020-yil Buxoro davlat universitetiga biologiya yo`nalishiga davlat granti asosida o`qishga kirdim. Universitetda ham darslarda faol qatnashganligim sababli Buxoro davlat universiteti Agronomiya va biotexnologiya fakulteti Biologiya kafedrasi katta o`qituvchisi Gafarova Saida Muxammedjanovna bilan birgalikda Buxoro shahridagi yuksak o`simliklar bioxilma-xilligini o`rganmoqdamiz. Bundan asosiy maqsadimiz Buxoro muhitida o`sayotgan yuksak o`simliklarni o`rganib ularning ichidan qishloq xo`jaligiga foydali o`simlik turlarini aniqlab ularni sonini yanada oshirish, shunindek, Buxoro muhitida serhosil bo’lmagan o`simliklarni aniqlab, ularning o`rniga ushbu muhitda o`sadigan o`simliklarga almashtirishdan iborat. Birgina bu bilan chegaralanib qolmasdan asosiy maqsadimga erishish yo`lida ingliz tilini yanada chuqurroq o`rganmoqdaman . Ingliz tilidan IELTS sertifikatini qo`lga kiritib, magistraturani chet elda davom ettirmoqchiman. Bulardan asosiy maqsadim, chet ellik olimlar bilan hamkorlikda O`zbekistonda laboratoriya ochib, u yerda O`zbekistonda o`sadigan dorivor va serhosil o`simlikalarni laboratoriya sharoitida chet el muhitiga moslashtirib eksport qilish, shuningdek, chet elda o`sadigan o`simliklarni O`zbekiston muhitiga moslashtirish, yangidan yangi o`simliklar turini yaratish va yuksak o`simliklar bioxilma-xilligini yanada kengaytirishdan iborat.
Albatta, bular bilan chegaralanib qolmasdan yurtimiz ravnaqiga o`z hissamni qo`shish, yosh avlodimizga o`rnak bo`lib, ularga biologiya fanini amaliyot yordamida o`rganishga imkoniyat yaratish va ularda bu fanga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish asosiy maqsadlarimdan biri hisoblanadi. Shunindek O`zbekiston biologiya fani tarixida o`chmas iz qoldirmoqchiman.
Do'stlaringiz bilan baham: |