Yangi oʻquv yilidan:
ijod maktablarining oʻquv rejasi takomillashtirilib, yangi ixtisoslik fanlar qoʻshiladi.
Jumladan, Adabiyot qoidalari, Adabiy jarayon, Notiqlik sanʼati, Xalq ogʻzaki ijodi, Matnshunoslik, Publitsistika, Tarjima qoidalari, Dramaturgiya fanlarini oʻqitishga xaftasiga 25 soat ajratiladi (7-11 sinfda jami soat 175);
Ijod maktablari oʻquvchilari dunyo kinematografiyasining 100 ta eng yaxshi namunasini va dunyo adabiyotining eng sara 100 ta asarini toʻliq oʻrganib, tahlil qiladi.
Ijod maktabining umumtaʼlim maktabidan farqi:
Ona tili, adabiyot, chet tillari va ixtisoslik fanlari chuqur oʻrgatiladi.
Sinflarda oʻquvchilar soni 20 nafarni tashkil etadi (boshqa maktablarda 35 nafar). Individual ishlash uchun sharoit yaratilgan.
Mashhur adiblar, yozuvchilar, shoirlar tomonidan muntazam ravishda master klasslar tashkil etiladi.
Oliy taʼlim muassasalariga biriktiriladi, OTM lar metodik yordam beradi, oʻqituvchilar bilan taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |