153
Published by “ SUMMUS LLC" http:// summusjournals.uz
Musiqa madaniyati fanining mazmuni hamda musiqaning bola tarbiyasida tutgan o’rni
1
XO’JAGELDIYEVA MAHFUZA
ERGASH QIZI
EMAIL :
mahfuza_@mail.ru
1
San’atshunoslik fakulteti Musiqiy
ta’lim magistratura talabasi ,
TERMIZ DAVLAT
UNIVERSITETI
ABSTRACT
:
Ushbu maqolada musiqa san’atining bola
tarbiyasida nechog’lik muhim ekanligi hamda umumiy o’rta
ta’lim maktabi musiqa madaniyati darslar faoliyati mazmuni
yoritib berilgan.
KEYWORDS
:
musiqiy tarbiya, musiqiy dunyoqarash,
musiqiy faoliyatlar, cholg’ularga jo’r bo’lish, ritmik
harakatlar, sistemalilik pirintsipi, ilmiylik pirintsipi va
davomiylik pirinsiplari.
Mustaqil yurtimizda farovon jamiyatmizning barcha a’zolari, ayniqsa yosh avlodni chuqur
bilimli, yuksak madaniyatli har tomonlama kamol topgan inson qilib tarbiyalash dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi. Yurtboshimiz SH. M. Mirziyoyev shunday deya ta’kidlaydilar “Ta’lim
olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakillantirish jarayonlarida
faol ko’mak beradigan muhitni yaratish zarur”1
Har bir yosh avlodga milliy g’urur va milliy ongni tushunchasini singdirish va shu orqali o’z-
o’zini anglashtish lozim. Zotan milliylik bu o’zlik demakdir. Yosh avlodni milliylik ruhida
tarbiyalashda ko’plab omillar qatorida musiqa ham alohida o’rin tutadi.
Musiqa insonning ma’naviy va madaniy dunyosini har tomonlama takomillashtirib, undagi
olijanoblik fazilatlarini kamol topishida ta’sirchan vosita hisoblanadi. Musiqa san’atining ta’sir
kuchi ta’kid va uqtirishlarga ko’ra ming chandon kuchliroqdir. Yoshlarni doim go’zallikga intilib
yashash va kundalik hayotida ana shu go’zallik qoidalariga amal qildirib yashashga o’rgatish
nafosat tarbiyasining amaliy belgilaridan biridir.
Musiqa san’ati va uning ta’sir doirasi nechog’liq keng ekanligi barchamizga birdek ma’lum. Bu
san’at turi barcha davr daholari va pedagoglari nazarida bo’lgan. Yunon faylasufi Arastu “Musiqa
ko’ngilga axloqan muayyan ta’sir ko’rsatuvchi quvvatga ega. Musiqa shunday xislatga ega ekan, u
yoshlar tarbiyalash vositalari qatoriga qo’shilmog’i lozim.”- deb ta’kidlaydi.
Darhaqiqat, insonni estetik tarbiyalashda, uning estetik didini o’stirishda musiqa tengsiz
ahamiyat kasb etadi. Uni o’sib borayotgan yosh avlodga o’rgatish orqali ularda madaniyatni
shakillantirishimiz hamda vatanga, ota-onaga, tabiatga, do’stga muhabbatni avj oldirmog’imiz ham
mumkin. Sharqning buyuk allomasi Ibn Sino o’zining “Al-muddohil ila san’atal musiqiy” asarida
1
Sh.Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat’ir tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo’lishi kerak.” Toshkent “O’zbekiston” 2017.