KORXONALARNI IJARAGA OLISh 20-modda. Ijarachilar jamoasini tuzish Korxona yoki uning tarkibiy birligi (bundan buyon korxona deb yuritiladi) mehnat jamoasi uning asosida ijara korxonasini barpo etish uchun ijarachilar jamoasini tuzishga haqlidir.
Ijarachilar jamoasi va uning boshqaruv idoralarini tuzish to‘g‘risidagi qaror mehnat jamoasining qaror qabul qilishga vakolati bo‘lgan umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da hozir bo‘lganlarning uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi.