Stavka
2-ILOVA
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
STAVKALARI
Soliq solinadigan ob’ekt nomi
|
Soliq stavkalari,
soliq solinadigan
bazaga nisbatan %da
|
1. Asosiy va qo‘shimcha foydali qazilmalar kavlab olinganligi uchun
|
|
Energiya manbalari:
|
|
Tabiiy gaz
|
30
|
Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz
|
9*
|
Er ostidan kavlab olingan gaz
|
2,6
|
Nostabil gaz kondensati
|
20
|
Neft
|
20
|
Ko‘mir
|
4
|
Rangli va noyob metallar:
|
|
Tozalangan mis
|
15
|
Molibdenli sanoat mahsuloti
|
4
|
Konsentratlangan qo‘rg‘oshin
|
4
|
Metall rux
|
10
|
Volfram konsentrati
|
10,4
|
Uran
|
10
|
Asl metallar:
|
|
Oltin
|
25
|
Kumush
|
25
|
Qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb-ziynat uchun toshlar xom ashyosi
|
24
|
Qora metallar:
|
|
Temir
|
4
|
Kon-kimyo xom ashyosi:
|
|
Tosh tuz (ovqatga ishlatiladigan)
|
3,5, biroq 1 tonnasi
uchun kamida 5 000 so‘m
|
Kaliy tuzi
|
3,5
|
Natriy sulfati
|
3,5
|
Fosforitlar (grafitlarga)
|
5
|
Karbonat xom ashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar)
|
3,5
|
Glaukonit
|
3,5
|
Mineral pigmentlar
|
4,8
|
Kon-ruda xom ashyosi:
|
|
Plavik shpatli konsentrat
|
21,2
|
Tabiiy grafit
|
8
|
Ikkilamchi boyitilmagan kulrang kaolin
|
7,9**
|
Kvars-dala shpati xom ashyosi
|
6,5
|
SHisha xom ashyosi
|
3
|
Bentonitli gil
|
4,8
|
Talk va talk toshi
|
4
|
Talkomagnezit
|
4
|
Mineral bo‘yoqlar
|
5,7
|
Vollostanit
|
4
|
Asbest
|
4
|
Mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt
|
4
|
Barit konsentrati
|
4
|
Metallurgiya uchun noruda xom ashyo:
|
|
O‘tga chidamli, qiyin eruvchan, qoliplash gili
|
4
|
Ohaktoshlar, dolomitlar
|
5, biroq 1 tonnasi
uchun kamida 5 000 so‘m
|
Kvars va kvarsitlar
|
6,5
|
Qoliplash qumlari
|
4
|
Vermikulit
|
4
|
Noruda qurilish materiallari:
|
|
Sement xom ashyosi
|
10, biroq 1 tonnasi
uchun kamida 45 000 so‘m***
|
Tabiiy bezaktoshdan bloklar
|
5
|
Marmar ushog‘i
|
5, biroq 1 tonnasi
uchun kamida 10 000 so‘m
|
Gips toshi, ganch
|
5
|
Keramzit xom ashyosi
|
5
|
G‘isht-cherepitsa xom ashyosi (qumoqsimon, lyossimon jinslar, lyosslar, zichlovchi sifatida qumlar va boshqalar)
|
5, biroq 1 tonnasi
uchun kamida 4 000 so‘m
|
Gips va angidrit
|
5, biroq 1 tonnasi
uchun kamida 4 000 so‘m
|
Arralanadigan, xarsangtosh va shag‘al uchun toshlar
|
5, biroq 1 tonnasi
uchun kamida 4 000 so‘m
|
Qurilish qumlari
|
5, biroq 1 tonnasi
uchun kamida 5 000 so‘m
|
Tosh-shag‘al aralashmasi, shag‘al aralashmasi, mayda toshlar, shag‘al
|
5
|
Qumtoshlar
|
5
|
CHig‘anoq, ohaktosh
|
5
|
Slanetslar
|
5
|
Boshqa keng tarqalgan foydali qazilmalar (mergellar, argelitlar, amvritlar va boshqalar)
|
5
|
2. Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar
|
Asosiy foydali qazilmani
kavlab olganlik uchun
stavkaning 30%i
|
*) Belgilangan stavka bo‘yicha er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi belgilagan tartibda utilizatsiya qilingan tabiiy gazni realizatsiya qiladigan korxona tomonidan to‘lanadi.
**) Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mahsulotlarning realizatsiya qilingan hajmi bo‘yicha belgilangan stavkada to‘lanadi.
***) Sement xom ashyosi kavlab olingan va sement ishlab chiqaruvchi zavodlarga realizatsiya qilinganda er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq belgilangan stavkadan kelib chiqib, biroq 1 tonnasi uchun kamida 45 000 so‘m miqdorida to‘lanadi2.
247-modda. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash tartibi
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
yuridik shaxslar tomonidan — ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
jismoniy shaxslar tomonidan — yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan — hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar tomonidan — har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
257-modda. Soliq to‘lovchilar
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardir:
yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari;
tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari.
258-modda. Soliq solish ob’ekti
Yer usti va er osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari soliq solish ob’ektidir.
Suv resurslarining er usti manbalariga quyidagilar kiradi: daryolar, ko‘llar, suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, er ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv manbalari.
Suv resurslarining er osti manbalariga artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.07.00 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.01 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar va soliqqa tortish obyekti]
259-modda. Soliq solinadigan baza
Foydalanilgan suvning hajmi soliq solinadigan bazadir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.07.00 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.04 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash tartibi]
260-modda. Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi
Suv resurslarining er usti va er osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv ob’ektlaridan suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‘orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |