III-VARIANT 1. Degrezlik nima?
A) tandir yasash B) cho'yan quyish C) kimxobgarlar D) kulolchilik
2. Buxoro amirligi davrida Samarqandda 7 madrasadan biri hisoblanmish Safed yana qanday nom bilan nomlanandi?
A) Kaykovus B) Xoja Ahror C) Qozi Boqiy D) Xoja Malik
3. Buxoro amiri Shohmurod hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1785-1810 yillar B) 1780-1800 yillar C) 1785-1800 yillar D) 1775-1790 yillar
4. Qaysi Buxoro amiri davrida Samarqand deyarli qayta tiklangan?
A) Amir Shohmurod B) Muhammad Rahimbiy C) Doniyolbiy Otaliq D) Muhammad Rahimhon
5. Qachon Samarqand shahri baland devor bilan o'rab olingan?
A) XIX asr boshlarida B) XVIII asr boshlarida C) XVIII asr oxirlarida D) XIX asr oxirlarida
6. XIX asrning 40-yillarida Buxoroda qancha karvonsaroy mavjud bo'lgan?
A) 48 ta B) 45 ta C) 23 ta D) 38 ta
7. Buxoro karvonsaroylariga har yili qanchalab tuyalarda mollar kelgan?
A) 22-25 ming tuyada B) 12-15 ming tuyada C) 7-8 ming tuyada D) 10-20 ming tuyada
8. Buxoro amirligida savdo ishlarini ...- amirlikdagi barcha savdo ishlarining boshqaruvchisi boshqargan.
A) mushrif B) muhtasib C) karvonboshi D) yasovulboshi
9. Buxoroda ichki va shaharlararo savdo nechta tim va chorsuda amalga oshgan?
A) 11 ta B) 9 ta C) 10 ta D) 8 ta
10. Buxoro amirligi davrida Buxoro shahrida ...mavjud bo'lgan?
A) 113 madrasa, 460 masjid va 95 ta hovuz B) 203 madrasa, 260 masjid va 43 ta hovuz
C) 103 madrasa, 360 masjid va 83 ta hovuz D) 49 madrasa, 140 masjid va 88 ta hovuz 11. Xiva xonligida xonning birinchi yordamchisi, xonning barcha yorliq va farmonlari uning qo’lidan o’tgam.Bu qaysi mansab egasi?
A) qo’shbegi B) mehtar C) inoq D) devonbegi
12. Xiva xonligidagi viloyat va katta shaharlar hokimlarini aniqlang
A) to'ralar B) katta beklar C) beklar D) noiblar
13. Xiva xonligida “Xon kengashi” necha kishidan iborat bo’lgan?
A) 4 kishi B) 7 kishi C) 9 kishi D) 5 kishi
14. Xiva xonligida viloyatlarni kimlar boshqargan?
A) beklar B) noiblar C) to'ralar D) katta beklar
15. Xiva xonligida bek va noiblar asosan qanday vazifalarni bajarishgan?
A) qo'shin to'plash va mirshablik B) soliq yig'ish va qo'shin to'plash C) moliya va mirshablik D) moliya va boshqaruv
16. Xiva xonligi qozoq va qoraqalpoqlarni kimlar orqali boshqargan?
A) vakil B) to'ralar C) biylar D) katta beklar
17. Xiva xonligi turkmanlarni kimlar orqali boshqargan?
A) to'ralar B) vakil C) biylar D) katta beklar
18. Xiva xonligida sug’oriladigan yerlarni aniqlang
A) barot B) adra C) vag'n D) axya
19. Xiva xonligida sug’orilmaydigan yerlarni aniqlang.
A) axya B) adra C) barot D) vag'n
20. Xiva xonligida davlat yerlarini aniqlang
A) podshohi B) vaqf C) tumori D) sultoniy
21. Amir Nasrulloning Qo’qondagi noibini aniqlang
A) Ibrohim dodhoh B) Olloyor devonbegi C) Matmurod devonbegi D) Qurbonjon dodhoh
22. Qo’qon xonligida 1842-yildagi Buxoro amirligiga qarshi qo’zg’alonining sababini aniqlang.
A) Ibrohim dodhohning aholini hashar ishlariga jalb qilishi B) Buxoro amirligining aholiga o’tkazgan zulmi
C) Ibrohim dodhohning avval undirib kelingan soliqlarga qo’shimcha ravishda Buxoro amirligining ham soliqlarini joriy qilishi bilan
D) Buxoro amirligi tomonidan Qo’qonda uyushtirgan hunrezligi
23. 1842-yilda Qo’qon xonligi Farg’ona vodiysida ko’chib yurgan qaysi xalqlardan yordam olib, Buxoro amirligidan mustaqilligini tiklab oldilar?
A) qozoqlar B) qipchoqlar C) turkmanlar D) jung’orlar
24. Qo’qon xonligi 1842-yilda Buxoro amirligidan mustaqil bo’lgandan keyin kimni xon qilib ko’tardilar?
A) Nasriddin B) Murod C) Xudoyor D) Sherali
25. Qo’qon xonligida Musulmonqul qanday mansabga ko’tarilgan?
A) qo’shbegi B) mingboshi C) xudoychi D) parvonachi
26. Buxoro amiri Nasrullo Qo’qonga ikkinchi marta yurish qilib, 40 kun qamaldan so’ng ham bosib olib bilmay Buxoroga qaytadi.Bunga sabab nima?
A) otlarga o’lat tegib , askarlar orasida sarosimaning boshlanishi
B) sovuq yaqinlashib qolishi va oziq-ovqat, yem-xashak zaxiralarining yetishmasligi
C) mahalliy aholining mardonovor mudofaa janglari
D) Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro amirligiga qilgan hujumi
27. Qo’qon xonligida soliqlarning haddan tashqari og’irligidan norozi bo’lib qachon va qayerda qo’zg’alon ko’tarildi va buni Musulmonqul bostirdi?
A) 1845-yil Chust B) 1845-yil Marg’ilon C) 1845-yil Namangan D) 1845-yil O’sh
28. Musulmonqul SherAlixonni taxtdan tushirib, kimni Qo’qon taxtiga chiqardi?
A) Xudoyorxon B) Murodxon C) Isfara hokimi D) Musulmonqul
29. Qo’qon xoni Murodxon kimning o’g’li?
A) Hojibek B) Olimxon C) Umarxon D) Norbo’tabiy
30. Qo’qon xoni SherAlixon kimning o’g’li?
A) Olimxon B) Umarxon C) Hojibek D) Norbo’tabiy