1. Alemanda (nemis raqsi.) – о‘rtacha sur’atda, tо‘rt hissali, kо‘proq polifonik tuzilishdagi raqs-yurish. Bu ulug‘vor raqs xarakteri musiqada bosiq sur’atda, maxsus taktorti bilan, tinch va xirgoyi intonatsiyalarda aks etadi.
2. Kuranta– (ital. “Corrente” – “oquvchan” ma’nosini anglatadi) – nisbatan jonli, uch hissali solo raqsi, saroylardagi ballar davomida raqqoslar juftligi tomonidan ijro etilgan. Kuranta fakturasi kо‘pincha polifonik, musiqa xarakteri boshqacha. U nisbatan harakatchan, musiqiy iboralari nisbatan qisqa va stakkato shtrixlari bilan ta’kidlangan.
3. Sarabanda – kelib chiqishi ispancha raqs bо‘lib, XVI asrdan beri ma’lum. Bu motam-dafn yurishi. Sarabanda kо‘proq solo ijro etilib, kuy va akkompanement (jо‘rnavozlik) bilan kechgan. Uning uchun kо‘pincha gomofon fakturaga о‘tadigan akkord fakturasi xos.
4. Jiga – kelib chiqishi irladncha bо‘lgan juda tez, jamoaviy, bir muncha komik, dengizchilar raqsi. Bu raqs uchun triolli ritm va (aksariyat kо‘p hollarda) fugali bayon (ba’zan esa basso-ostinatoga variatsiya va fuga) xarakterli.
Hamma raqslar bitta tonallikda qadimiy ikki qismli shaklda yozilgan.
Asosiy raqslardan tashqari, syuitaga deyarli hamma vaqt qо‘shimcha (kiritma) nomerlar: gavot, menuet, burre, paspe, lur va boshqalar qо‘shilgan. Bu raqslar kо‘proq sarabanda va jiga orasida joylashtirilgan. Bundan tashqari, syuitaga ba’zida raqs xarakterida bо‘lmagan nomerlar, masalan, ariya, rondo, skerso, shuningdek alemanda oldidan muqaddima pyesasi (prelyudiya, uvertyura) kiritilgan.
Qadimiy syuita shunisi bilan qiziqarliki, unda qator strukturalarning kompozitsion qirralari shakllangan, ular keyinroq mustaqil musiqiy shakllarga rivojlanib о‘tgan.
Kiritma raqslar ketma-ketligida bо‘lg‘usi murakkab uch qismli shakl belgilangan. Syuitalardagi dubllar variatsiyali shaklga asos bо‘lgan. Qator nomerlarda tonal reja va mavzuviy materialning rivojlanish xarakteri kelgusida sonata shakliga asos solgan. Syuitada raqslarning joylashishi anchagina ravshan tarzda sonata-simfonik turkum qismlari joylashuvini kо‘zda tutadi.
Qadimiy syuita amalda XVIII va XIXasrlar kesishuvida yо‘qolib bordi. XIX asrning ikkinchi yarmi syuitasi sof kо‘rinishdagi raqsdan voz kechish, sonata-simfonik turkumga yaqinlashish, sonatali allegrodan foydalanish, qismlarning ma’lum soni yо‘qligi bilan xarakterlanadi.
XIXasrda yangi syuita yuzaga keldi, u о‘zining mazmuni va kompozitsion qirralariga kо‘ra qadimgisidan farqlanadi. Yangi syuitada dasturiylik tamoyili katta ahamiyat kasb etdi.
Yangi syuita asoschisi Robert Shuman bо‘ldi. Uning «Karnaval», «Kapalaklar», «Fantastik pyesalar» fortepiano asarlarida nafaqat raqslar, balki turli xarakterdagi, о‘zining qahramonlar kayfiyati, holati va kechinmalarini ifoda etadigan dasturiy kichik sarlavhalariga ega miniatyuralar keltirilgan. Bunday dasturiy syuita rus kompozitorlari ijodida rivojlantirildi: Musorgskiyning «Kо‘rgazmadan lavhalar», Rimskiy-Korsakovning «Shahrizoda» asarlari, horijiy kompozitorlar ijodida esa: Bizening «Bolalar о‘yinlari», Debyussining «Bolalar burchagi» asarlari paydo bо‘ldi.
Keyinchalik syuita janri keng rivojlandi. XIX –XXasr syuitasi qadimgi syuitadan – raqsonalikning ustuvorligi, Shuman syuitasidan –dasturiylik, turli janrlilik, sonata-simfonik turkumdan – qismlar hajmi, dramaturgik riovjlantirish usullari kabi qirralarni о‘zlashtirdi.
Qandaydir yirik asar: balet, dramaga musiqaning alohida nomerlaridan tuzilgan asarlar syuitaning yangi kо‘rinishini tashkil etdi. XIXasrda J.Bizening A. Dodening “Arlezianka” dramasiga musiqasidan , E. Grigning Ibsenning «Per Gyunt» dramasiga musiqadan iborat syuitalari yuzaga keldi.
О‘zbek kompozitorlari fortepiano ijodida syuita janri G.Mushelning – “Bolalar uchun syuita”, ikki fortepiano uchun “Samarqand syuitasi”, D.Saydaminovaning –“Qadim Buxoro devorlari” fortepiano turkumi, D.Omanullayevaning– “Samarqand manzaralari” sikli kabi asarlarida о‘z ifodasini topdi.
О‘zbekiston kompozitorlarining simfonik asarlari ma’lum. V.Deshevovning “Samarqand syuitasi”, M.Ippolitov-Ivanovning “О‘zbekistonning musiqiy manzaralari”, A.Kozlovskiyning Farg‘onacha “Lola»” syuitasi, M.Ashrafiyning «Tojikcha raqs syuitasi», B.Giyenkoning «О‘zbekistonning lirik manzaralari» syuitasi, G.Mushelning «Musiqiy vernisaj» syuitasi va boshqa asarlar yaxshi ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |