Davriya shaklining о‘ziga xos xususiyatlari turli-tuman bо‘lib, ular quyidagi toifalar bо‘yicha о‘rganiladi:
hajmiga kо‘ra (taktlar soni);
davriya ichida taktlarnig metrik birlashuviga kо‘ra;
kadans tuzilishiga kо‘ra;
tarkibiga kо‘ra;
modulyatsiyali rivojga kо‘ra.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, yuqorida keltirilgan turli tartibdagi xilma – xil xususiyatlar о‘zaro zich bog‘langan; masalan, davriyaning hajmi taktlarning metrik birlashuvi bilan, modulyatsiyali rivojlov kadanslash bilan bog‘liq va h.k. Shuning uchun ushbu tizimlashtirish ma’lum bir shartli-nazariy xarakterga ega, ya’ni musiqiy voqeliklarni ma’lum nuqtai nazardan kо‘rib chiqish uchun asos bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |