Antroponimiyaga kiruvchi mikroko‘lam tarkibi: ismlar - odamga yoshlik paytida beriluvchi atoqli ot. laqab - shaxsga uning atrofdagilari tomonidan beriladigan, kishining xarakterli belgi va xususiyatini ifoda qiluvchi, asosan, shaxs ismi bilan birga qo‘llanuvchi nomi. familiya - oila, avlodga mansubligini ko‘rsatadigan, avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tadigan rasmiy nomi. otaism - shaxsning otasi yoki bobosi ismidan keyin “o‘gli” "qizi” so‘yalarini keltirish yoki -ovich ( ovna), -yevich (-yevna) qo‘shimchalarini qo‘shish orqali yasaladigan atoqli ot. patronim - shaxsni uning avlod-ajdodlari nomini keltirish usulida atash. matronnm -ona (ayol)ning ismi yoki laqabidan yasalgan ism yoki familiya. elonim - mashhurshaxs(lar) nomiga nisbat berilgan atoqli ot. taxallus - ijtimoiy faoliyati jarayonida shaxsning o‘zi tan- lagan, uning asosiy ismi bilan birgalikda yoki uning o‘rnida qo‘llaniladigan to‘qima atoqli ot. genonim - urug, avlod-ajdod yaa ular tarmoqlarining atoqli oti.
II. Zoonimiyaga kiruvchi mikroko‘lam tarkibi: giponim - zotli ot(lar)ga beriladigan laqab-nom. ornitonim - alohida, yakka olingan qushga berilgan laqab-nom.
III. Poreyonimga kiruvchi mikroko‘lamning tarkibi: nautonim - kemalarning atoqli otlari.
IV. Kosmonimiyaga kiruvchi mikroko‘lamning tarkibi: venusonim - Venera sayyorasi yuzasida joylashgan alohida ob’ektlarga berilgan atoqli ot. marsionim - Mars relefidagi har qanday alohida olingan tabiiy ob’ektga berilgan atoqli ot.
44
Onomastikaga bagishlangan barcha tadqiqotlarda antroponimlar haqida ham so‘z boradi. Antroponim - asli grekcha so‘z bo‘lib, ap!go - odam+op1M, ya’ni kishilarga berilgan atoqli otlar- dir. O‘zbek tilida bu termin o‘rnida ism, kishi ismi, odam otlari, kishi nomlari kabi terminlar qo‘llaniladi. ' B ye g m a t o v E., A v l o q u l o q Ya . O n o m asti k ko‘lam tushunchasi / / O‘zbek tili va adabiyoti. 2007 yil 3-son. 1 7-21-b ye tl a r; O‘sha mualliflar. O‘zbek onomastikasining makro ko‘lami / / O‘zbek tili va adabiyoti. 2007 yil 5-son. 33-39-betlar; O‘sha mualliflar. O‘zbek onomastikasining mikro ko‘lami / / O‘zbektili va adabiyoti. 2 008 yil 1-ssn. 15 18-betlar. 1 S u p ye r a n s k a ya A . V . Obshayateoriyaimenisobstvennogo. M.: Nauka, 1973. S. 144-145.
3 G u r b a n o v A. M. Aeerbaychan edebi dili. Baku: M asrif 1985. 249-272-betlar. 4 G u r b a n o v A .M . A zer b ay j an o n o m asti k asm m eseleleri .Baku, 1986. 10
www.ziyouz.com kutubxonasi
1-bob. Antroponimik birliklar Antroponim ham onomasgikaningxuddi toponim yoki zoonim kabi lisoniy birligi bo‘lib, u o‘e ichiga aniq birliklarni oladi. Masalan, N.V.Podolskaya antroponim termini haqida fikr yuritar yakan, uning tarkibiga ism, otchestvo, familiya, laqab, taxallus, kriptonim (laqab, ism, nom), andronim, ginekonim, patronim kirishini qayd qilgan’.
Biror tildagi antroponimlar majmui antroponimiya (xuddi toponimiya, zoonimiya kabi) deb yuritiladi. Masalan, o‘zbek an- troponimiyasi, qozoq antroponimiyasi kabi. Antroponimlarni tadqiq qiluvchi soha antroponimika deb nomlanadi va onomasti- kaning bu bo‘limi antroponimlarning lisoniy va nolisoniy xu- susiyatlarini tadqiq qiladi. Antroponimika mutaxassisi antro- ponimist (o‘zbekcha antroponimshunos) deb yuritiladi. Yuqorida onomastikon tushunchasini keltirganimizdek, biror tildagi an- troponimlarning yigindisi, mavjud antrokonni tashkil qiladi.
Antroponimika o‘rganadigan, antroponimiyaning fondini tash- kil qiladigan antroponimik birliklarga nimalar kiradi? Konkret olinadigan bo‘lsa, o‘zbek tilidagi kishi atoqli oti bo‘lgan quyidagi onomastik vositalar o‘zbek antroponimiyasining birliklaridir: 1. Ismlar - konkret shaxsga berilgan ismlar. 2. Laqablar. 3. Taxalluslar. 4. O‘zbeklarda shaxsni nomlashning o‘tmishda mavjud bo‘lgan ba’ei shakllari ("qizi” "o‘g‘li”) yordamida nomlash. 5. Shaxsni uning ismiga o‘tmish ajdodlarini nomini tiklash orqali atashning arabcha shakllari (“ibn”, “binni”) yordamida. 6. O‘tgan asrning 20-30-yillaridan rasmiy ravishda majbu- ran qabul qildirilgan ruscha familiya va ota ismlari.
Yuqorida keltirilganlar antroponimik birliklardir va ularni o‘zbek antroponimiyasi o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |