III. MUSTAQIL DAVLATLAR.
Qarluqlar davlati dastlab qaysi hududda tashkil topdi?
A) Ettisuv B) Oltoy C) Janubiy Sibir D) Sharqiy Turkiston
Qarluqlar davlatining poytaxti bo’lgan Suyob shahri qayerda joylashgan edi?
A) Issiqko’lning g’arbida B) Ili daryosi bo’yida
C) Chu daryosi shimolida
D) Sirdaryoning yuqori oqimida
Toxir ibn Husayn xalifa nomini xutbadan chiqarib tashlaganidan roppa-rosa 70 yil o’tib bo’lgan voqeani aniqlang? A) Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni birlashtirdi.
B) Xalifa Mu’tazid hukmronligi boshlandi.
C) Safforiylar Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar.
D) Butun Xuroson somoniylar qo’l ostiga o’tdi.
Sarroflik bu- … .
A) pul almashtirib berish bilan shug’ullanish.
B) suv taqsimoti bilan shug’ullanish.
C) misgarlik D) matolarga rang berish.
Somoniylar davlatida bosh boshqaruv mahkamasi nima deb atalgan?
A) Sohibi Shurat B)
Devoni ariz
C) Mustovfiy devoni D) Vazir devoni
O’rta asrlarda qaysi hududdan qimmatbaho mo’yna, chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari olib keltirilgan?
A) Mo’g’ulistondan B) Xazar va Bulg’ordan
C) Xitoydan D) Janubiy Sibirdan
O’rta asrlarda qaysi hudud o’zining ko’nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan mashhur bo’lgan?
A) Farg’ona B) Xorazm C) Shosh D) Iloq
Somoniylar davrida kumush tangalar qaysi shaharlarda zarb qilingan? 1. Marv 2.Kesh 3.Samarqand 4.Xorazm 5.Buxoro 6.Termiz 7.Shosh
A) 1,3,5,7 B) 1,2,4,6 C) 2,4,5,7 D) 4,5,6,7
Somoniylar og’ir ahvoldan chiqib olish uchun nechanchi yil aholidan ikki marta soliq undirib oladi?
A) 942- yil B) 952- yil C) 961- yil D) 943- yil
Qoraxoniylar davlatiga … asos solgan.
A) Xorun Bug’roxon B) Sotuq Bug’roxon
C) Xasan Bug’roxon D) Ibrohim Bo’ritakin
Ma’lumki, Qoraxoniylar davlati qoraxitoylar tomonidan bosib olinadi. Qoraxitoylar qaysi xalqlarga mansub bo’lgan?
A) turk B) qipchoq C) xunn D) mo’g’ul
1137- yil Xo’jand shahri yaqinida qoraxitoylardan mag’lubiyatga uchragan qoraxoniylar eloqxoni kim edi?
A) Nasr ibn Ali B) Mahmud C) Ibrohim D) Sabuqtakin
Ozarbayjon va qoraqalpoqlar qaysi xalq negizida shakllangan? A) qarluqlar B) o’g’uzlar
C) qipchoqlar D) qoraxitoylar
Tohiriylar davlati asoschisi Tohir ibn Husayn … viloyatining zodagonlaridan bo’lgan.
A) Marv B) Nishopur C) Hirot D)
Qandahor
O’zbekiston tarixida X asr birinchi choragida sodir bo’lgan voqeani toping?
A) Qoraxoniylar davlati tashkil topdi
B) Somoniylar davlati inqirozga yuz tuta boshladi.
C) Qorluqlarning kattagina qismi islom dinini qabul qildi.
D) O’g’uzlar davlati qipchoqlardan zarbaga uchrab, bo’linib ketdi.
830-844- yillarda hukmronlik qilgan davlat arbobini aniqlang? A) Abul Abbos Abdulloh
B) Ma’mun C) Mu’tazid D) Talxa
Somoniylar davlati barham topgach G’aznaviylar davlati Xorazmdan oldin qayerni saltanatga qo’shib olgan?
A) Kichik Osiyo va Kermon B)
Xuroson
C) Shimoliy Hindiston D) Fors viloyati
Xurosonda hukmronlik qilgan sulolalar ketma-ketlikda berilgan qatorni toping?
A)
Somoniylar, Tohiriylar,
Saljuqiylar, G’aznaviylar
B) Tohiriylar, Somoniylar, Safforiylar, Saljuqiylar
C) Safforiylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G’znaviylar
D) Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, G’aznaviylar
G’aznaviylar davlatida viloyatda boshqaruv ishlarini kim amalga oshirgan?
A) Rais B) Kutvol C) Amid D) Voliy
“Qonuni Ma’sudiy” asari muallifini aniqlang?
A) Firdavsiy B) Bayhaqiy C) Nosir Xusrav D) Beruniy
Somoniylar davrida yer egaligining besh turi mavjud bo’lib, shulardan qaysi biri oily martabali ruhoniylar va sayyidlar qo’l ostida bo’lgan?A) “mulki xos” B) “iqto” erlari
C) “jamoa erlari” D) “vaqf erlari”
Abu Ali Chag’oniy Chag’oniyonga hokim qilib tayinlanganidan 40 yil o’tib ….
A) Buxoroda harbiy askarlarning g’alayoni ko’tarildi.
B) Buxoro Nasr Eloqxon tomonidan bosib olindi.
C) Horun Bug’roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga yurish boshladi. D) Qoraxoniylar Xuroson ustiga ikkinchi marta qo’shin tortadilar.
IX-X asrlarda katta yer egalari bergan ijara yerlarda ishlochilar nima deb atalgan?
A) bevatan B) barzikor C) vaqfchi D) iqtodor
Ma’lumki, 992- yil qoraxoniylar Buxoroga bostirib kirishdi. Nuh ibn Mansur ularga qarshi kurashish uchun G’aznadagi noibi Sabuqteginni yordamga chaqiradi.Sabuqtegin qancha qo’shin bilan Movarounnahrga etib kelgan edi?
A) 40 ming B) 30 ming C) 25 ming D) 20 ming
1137- yil qoraxitoylar Xo’jand shahri yaqinida qoraxoniylarning eloqxoniga qaqshatqich zarba beradi. Natijada …. A) Qoraxoniylar davlati tugatiladi
B) Qoraxoniylar o’z yaylovlarini qoraxitoylarga bo’shatib beradi.
C) Sulh tuzilib, qoraxoniylardan katta tovon olinadi.
D) Sulhga ko’ra Sirdaryodan shimoldagi yerlar qoraxitoylar qo’liga o’tadi.
IX-X asrlarda O’rta Osiyo aholisi qo’shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini olib borishganligi ma’lum. O’rta Osiyoga mum, shamlar, cho’qqi qalpoqlar, baliq moyi qaerdan keltirilgan?
A) Bulg’or va Xazardan B)
Kichik Osiyodan
C) Iroq va Ozarbayjondan D) Mo’g’uliston va Xitoydan
O’rta asrlarda O’rta Osiyoning qaysi xududida qayiqsozlik taraqqiy qilgan edi?
A) Iloqda B) Farg’onada C) Shoshda D) Xorazmda
Xorazmshoh Muhammad nechanchi yildan boshlab Movarounnahrni qoraxitoylardan ozod qilishga kirishadi?
A)1210- yil B)1212- yil C)1206- yil D)1214- yil
Xorazmshohlar davlatining mustaqilligi qaysi hukmdor nomi bilan bog’liq?
A) Anushtegin B) Qutbiddin Muhammad
C) Otsiz D) Takash
1153- yil Sulton Sanjarga qarshi kimlar qo’zg’olon ko’tardi?
A) safforiylar B) qipchoqlar C) o’g’uzlar D)
turkmanlar