1) Wellness (salomatlik) bo’yicha hamshiralik tashhisi tushunchasi NANDA bo’yicha."Salomatlikni yaxshilash - jamoada turli salomatlik darajasiga ega bo’lgan shaxs, insonlar va oilalarning salomatligini imkon darajada oshirishdir".
Stolte 1994 yil Wellness bo’yicha hamshiralik tashhisini quyidagicha izohlagan "Mijozni Wellness hamshiralik tashhisi bo’yicha baholashda, uning salomatlik jixatlarini inobatga olgan xolda, ruhiy va jismoniy holatining kuchli tamonlariga ahamiyat beriladi." Bu hulosa mijoz haqidagi ma'lumot va bilimlarni o’z ichiga olib , amaliy qaror yechimi hisoblanadi, hamshira esa mijozni sog’lom rivojlanish jarayonida yordam ko’rsatib, qo’llab quvvatlash kerak.
Bundan shuni tushunish mumkinki, Wellness bo’yicha hamshiralik tashhisi mijozni sog’lom o’sish va rivojlanish bosqichlarida muntazam qo’llab quvvatlash va sog’lom holatdan yanada sog’lom bo’lishi uchun xizmat qiladi, bu jarayonda hamshiraning o’rni sezilarli darajada.
Wellness bo’yicha hamshiralik tashhisi mijozning salomatlik jixatlarini o’rganib, umr davrlarini sog’lom muhitda hotirjamlik bilan o’tishiga ko’maklashadi, bu esa asoslangan aralashuv bo’lib,tashhis 1 yoki 2 punkt bo’yicha qo’yiladi. Hamshiraning harakatlari salomatlikni yaxshilashga va jarayonda yordam berishga maqsadli yo’naltirilgan.
2) Onalikda hamshiralik jarayoni tushunchasi
a) Wellness (salomatlik) nima degani?
Hamshiralik jarayoni bu - ilmiy asoslangan natijalar asosida rivojlanayotgan hamshiralik parvarishidir.
Parvarish ob’yekti mijoz hisoblanadi , shuning uchun mijoz holatini baholab olish zarur va hamshira shu bemor uchun qanday parvarish, muolaja olib borganini bilish, ob’yekt uchun katta ahamiyatga ega. Hamshiralik jarayonini ko’rsatayotgan hamshira kasbiy bilim va mahoratga ega bo’lib, mijoz shaxsiyatini xurmat qilgan holda parvarishlashi kerak. Hamshiralik jarayoni yordamida patsientning ko’p muammolarini yechimini topish mumkin, ammo bu jarayon muammoni yechimi bo’la olmaydi. Hamshiralik parvarish ob’yekti qanday holatda bo’lsa ham hamshiralik jarayonining 5ta bosqichini olib borish kerak.
Wellness(salomatlik) so’zi illness (kasallik) so’zining antonimi hisoblanib, "Salomatlikni" nazarda tutadi. Hoyman sog’lom holatdan o’lim holatigacha bo’lgan 6 bosqich bo’yicha salomatlik holatini tasniflaydi:
Health - salomatlik: jismonan, ruhan, ijtimoiy sog’lom bo’lish.
Wellness - hotirjamlik: kasallikning bo’lmasligi, lekin ba'zida bir oz behollik.
Minor illness - kam e'tibor talab qiladigan kasallik, shoshilinch davo talab etilmaydi, uzoq vaqt behollik davom etadi.
Major illness - jiddiy kasallik, davo talab qiladigan holat
Critical illness – og’ir kasallik, salomatlikning og’ir holatidan, o’limgacha bo’lgan holat.
Do'stlaringiz bilan baham: |