Iii. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi


Mexanizmlarni ishga tushirish



Download 77,5 Kb.
bet3/6
Sana11.06.2022
Hajmi77,5 Kb.
#653332
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi qismi

Mexanizmlarni ishga tushirish. Zamonaviy boyitish fabrikalarida jihozlarni ishga tushirish va to‘xtatish markaziy pultdan amalga oshiriladi. Bunda mahalliy boshqaruvga ham ruxsat beriladi. Jihozlarni ishga tushirishdan oldin 10 s. davomida tovushli signal buriladi, so‘ngra kamida 30 s.dan so‘ng 30 s. davomida ikkinchi signal beriladi. Bir vaqtning o‘zida baland ovozli aloqa (radiokarnay) orqali ishga tushirishi haqida xabar beriladi. Mexnizmlarni avariyali to‘xtatish uchun ish joylarida «Stop (To‘xta)» avariya tugmalari o‘rnatiladi.
Ta’mirlash ishlari xavfsizligi. Boyitish fabrikalarida ta’mirlash ishlarining va xizmat ko‘rsatuvchi xodimning xavfsizligini ta’minlash uchun birkali (yorliqli) tizim kiritilgan. Ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin xavfsizlikning tashkiliy va texnik choralari ko‘rsatilgan farmoyish chiqariladi va ishni amalga oshiruvchi javobgar rahbar tayinlanadi. Jihozlar tozalanib, ularda mavjud bo‘lgan materiallar yuvilgandan so‘ng va ta’mirlash-yig‘ish maydonchalari ish uchun qulay qilib tayyorlangandan so‘ng ta’mirlashni boshlashga ruxsat beriladi. Ta’mirlashda ishlatiladigan ko‘tarma-transport mexanizmlari eng og‘ir uzellar va detallarni ko‘tarishni ta’minlovchi yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur. Nosoz ko‘tarma-transport mexanizmlaridan yoki texnik ko‘rik muddati o‘tgan mexanizmlardan foydalanish taqiqlanadi. Xizmat ko‘rsatish maydonchalari bo‘lmaganda balandlikdagi ishlar faqat saqlovchi kamarlarni taqqanda bajarilishi lozim. Nosoz asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
Zararli moddalar bilan ishlash. Reagentlar saqlanadigan va ular bilan ish olib boriladigan xonalar zararli moddalarni belgilangan ruxsat etilgan me’yorgacha yo‘q qilinishini ta’minlovchi shamollatish (ventilyatsiya) bilan jihozlanishi lozim.
Reagentlarni tayyorlash, eritish va tashish qo‘l mehnatini qo‘llamasdan amalga oshirilishi zarur. Reagent bo‘limida ish turlarining barchasi ko‘zda tutilgan himoya vositalarini qo‘llagan holda kamida ikkita ishchi yordamida bajariladi. Reagentlar bilan ishlaganda ularning sochilib ketishi, sachrashi va yerga, jihozlarga, idishlarga va kiyimlarga to‘kilishining oldini oluvchi choralar qabul qilinishi lozim. Ularni saqlash, yuklash, tushirish, eritish joylarida to‘kilgan va sochilgan reagentlarni zararsizlantirish vositalariga ega bo‘lish zarur. Reagentli bo‘limlarda tiqinli krani mavjud shlanglar, terining yuzasidan kislota hamda ishqorlarni suv bilan yuvish uchun suvpurkagich, ko‘zni yuvish uchun ichish fontanchalari turidagi qurilmalar ko‘zda tutilishi lozim. Xonalarda reagentlar bilan birga shaxsiy kiyimlar va oziq-ovqat mahsulotlarini birga saqlash taqiqlanadi. Reagentlarga tegingan har bir shaxs ishdan so‘ng dush qabul qilishi zarur.
Jihozlar bilan xizmat ko‘rsatish. Jihozlar bilan xizmat ko‘rsatishda quyidagi umumiy qodalarga rioya qilish lozim:

  • nosoz jihozlar, nosoz asboblar bilan ishlamaslik, to‘siqlar olingan va nosoz bo‘lganda ham ishlamaslik;

  • ishlash vaqtida jihozlarni ta’mirlash, moylash va rostlash, ularni materiallardan hamda boshqa har xil narsalardan tozalashni amalga oshirmaslik;

  • ishlayotgan jihoz to‘siqlaridan oshib o‘tmaslik;

  • jihozlarning tayyorligi to‘g‘risida xabar berishdan oldin boshqa ishlayotganlar uchun xavf yo‘qligiga ishonch hosil qilish;

  • faqat ushbu kasb uchun belgilangan maxsus kiyim, maxsus poyafzal va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish lozim;

  • ish joyini toza tutish va u yerni har xil narsalar bilan qalashtirib tashlamaslik;

  • jihozlar odatdagidan noto‘g‘ri ishlaganida, elektrodvigateldan, ishga tushirish qurilmasidan tezda uni to‘xtatish va ustaga xabar berish;

• ichki tartib qoidalarga va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnoma ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish lozim. Boyitish fabrikalarida umumiy yo‘riqnomalardan tashqari, parchalash, elash, maydalash, tasniflash, reagentli va gravitatsion usullarni flotatsiyalash, magnit va elektr separatsiyalari, zararsizlantirish, quritish, chiqindilarni joylashtirish bo‘limlari, o‘ziga xos sharoitlarni hisobga olgan holda oqova suvlarni tozalash, qaytarilma suvlarni me’yorlash bo‘limlari uchun xavfsizlik qoidalari ishlab chiqilgan va bajarilmoqda.


Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish