BaCl+H2SO4→BaSO4↓ + 2HC1
Bariy ioni sulfat kislota yoki eruvchan sulfatlar ta'siridan tezda bariy sulfat cho'kmasini hosil qiladi.
Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi BaCl2 eritmasiga shuncha H2SO4, Na2SO4 yoki (NH4)2SO4 qo'shiladi.
5. Ammoniy oksalat - (NH4)2C2O4 bariy ioni bilan HC1 va HNO3 kislotalarda qizdirilganda CH3COOH da ham eriydigan oq kristal cho'kma - BaC2O4 hosil qiladi:
BaCl2+ (NH4)2C2O4→BaC2O4↓ + 2NH4C1
Ba2++C2O42- →BaC2O4↓
Cho'ktirish issiq eritmada sekin amalga oshirilsa, yirik kristal cho'kma sovuq eritmada bajarilsa, mayda kristal cho'kma hosil bo'ladi.
Reaksiyani bajarish uchun 2-3 tomchi BaCl2 eritmasiga shuncha (NH4)2C2O4 eritmasi qo'shiladi.
6. Natriy gidrofosfat Na2HPO4 Ba2+ ioni bilan pH=5-6 bo'lganda HC1, HNO3 va CH3COOH kislotalarda eriydigan BaHPO4 ning oq cho'kmani hosil qiladi:
BaCl2+ Na2HPO4→ BaHPO4↓ + 2NaCl
Ba2+ + HPO42-→ BaHPO4↓
BaHPO4 ning CH3COOH da erishishi kam dissotsilanadigan H2PO4 ioni hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi:
BaHPО4↓ + H+ → Ba2+ + H2PO-;
Cho'kmaning erishi muhitga bog'liq bo'lib, pH<4 bo'lganda cho'kma ancha eriydi, pH<3 bo'lganda esa u to'liq erib ketadi. Neytral va ishqoriy muhitlarda o'rta tuz - Ba3(PO4)2 hosil bo'ladi. Fosfatlarning hatto sirka kislotada ham erishini kislotalarning kislotalik konstantalari qiymatlari orasidagi farqni:
bilan tushuntirish mumkin
Sirka kislota fosfat kislotaning birinchi bosqichga doir dissotsilanishidan kuchsiz, biroq ikkinchi va uchinchi bosqichlarga doir dissotsilanishidan ancha kuchli. Shuning uchun sirka kislota ta'siridan erkin ortofosfat kislota hosil bo'lmaydi. Kalsiy va stronsiy fosfatlarining eruvchanligi shunga mos ravishda tushuntirilishi rnumkin.
Reaksiyani bajarish uchun BaCl2 eritmasining 2-3 tomchisiga, shuncha Na2HPO4 eritmasidan tomiziladi.
7. Alanga rangining bo'yalishi. Bariyning uchuvchan tuzlari, masalan, BaCl2, Ba(NO3)2 va boshqalar gorelkaning rangsiz alangasini yashil rangga bo'yaydi.
3.3. Stronsiy ionining reaksiyalari
1. Sulfat kislota va eruvchan sulfatlar Sr2+ bilan kislotalarda deyarli erimaydigan oq cho'kma (loyqa) - SrSO4 hosil qiladi:
SrCl2 + H2SO4 → SrS04↓ + 2HC1
Bu cho'kma (loyqa) sekin hosil bo'ladi. Bu uni bariy dan farqlab turadi. Agar eritma sekin loyqalanib, birozdan so'ng cho'kma hosil bo'lsa, bu eritmada bariy ionining yo'qligi va stronsiy ionining mavjudligini ko'rsatadi.
2. Gipsli suv, ya'ni CaSO4-2H2O ning suvdagi to'yingan eritmasi Sr2+ ioni bilan oq rangli SrSO4 cho'kmasini (loyqa) hosil qiladi. Buning sababi, gips suvda qiyin erisada, uning eruvchanlik ko'paytmasi (Ks° =2,37·10-5) SrSO4 ning eruvchanlik ko'paytmasidan (Ks° = 3,2 • 10-7) 74 marta ortiq. Shuning uchun CaSO4 ning to'yingan eritmasidagi SO42+ ioni konsentratsiyasi SrSO4 ning eruvchanlik ko'paytmasi qiymatidan ortib ketishi uchun yetarlidir. Ammo SO42+ ionining konsentratsiyasi ancha kichik bo'ladi, shu bois reaksiya natijasida SrSO4 ning cho'kmasi mo'l emas, balki sekin paydo bo'ladigan loyqasi hosil bo'ladi. Eritmani qizdirish loyqa hosil bo'lishini tezlashtiradi. BaSO4 ning eruvchanlik ko'paytmasi (Ks° =1,1·10-10) SrSO4 ning eruvchanlik ko'paytmasidan(K°s =3,2·10-7) kichik bo'lgani sababli, bariy tuzlari gipsli suv ta'siridan BaSO4 cho'kmasini SrSO4cho'kmasidan farqli ravishda tez hosil qiladi. Bundan Sr2+ ionini CaSO4 yordamida Ba2+ ioni ajratilgandan keyingina topish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
3>4>
Do'stlaringiz bilan baham: |