3.2. Tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning tahlili
Ilmiy tadqiqot ishlarining muvaffaqiyati nazariy g‘oyalarning amaliy faoliyatdagi samaradorlik darajasi bilan belgilanadi. Shuning uchun, ushbu tadqiqot ishida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish, samarali yo‘llari, metod hamda vositalarini aniqlash, tajriba-sinov bosqichlarini belgilash va ular o‘rtasida izchillik hamda uzviylikning qaror topishini ta’minlash muhim vazifalardan biridir.
OTM da o‘qitilayotgan “Ma’lumotlar bazasi” fanidan 6-semestrda o‘tiladigan mavzularni innovatsion texnologiyasi asosida tashkil etish uchun bo‘limlar mazmuniga mos ravishda dasturlar, qo‘llanmalar va darsliklar tahlil qilindi hamda Pedagogik tajriba Qoqon davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakultetii “Informatika o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi guruhlarida o‘qitish jarayoniga tatbiq qilish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borildi.
Pedagogik tadqiqotlarlarda faraz sifatida nazorat sinflarida olib borilgan an’anaviy metodika asosida olingan natijalar tajriba guruhlarida olib borilgan innovatsion texnologiyasi asosida olingan natijalar bilan taqqoslanib, tajriba guruhlaridagi olingan natijalarning samarli ekanligi ko‘rsatiladi. Shuning uchun ham, biz tajriba-sinov ishlariga tanlangan farazning to‘g‘riligini tekshirish maqsadida matematik-statistika usullaridan foydalandik. Tajriba natijalarini qayta ishlashda matematik-statistika usullaridan biri sifatida Xi kvadrat mezoni tanlandi.
Bunda Н0 faraz sifatida har ikki (tajriba va nazorat) sinflarida baholash turlari bo‘yicha kutilayotgan ehtimollar teng (р11=р21, р12=р22, … р1с=р2с) deb, alternativ (muqobil) Н1 faraz sifatida (р11р21, р12р22, … р1ср2с) olindi. Ushbu statistik farazni tekshirish uchun 2 mezonidan foydalanildi. Ya’ni:
formulasidan foydalandik. Bu yerda, Т statistik qiymat, n1 va n2 tajriba sinov ishlarida ishtirok etgan nazorat va tajriba guruhlaridagi talabalar soni bo‘lib, n1 nazorat guruhi o‘quvchilar soni, n2 – tajriba guruhi o‘quvchilar soni,
О1i va О2i lar mos ravishda nazorat va tajriba guruhlarida olingan baholar soni.
qiymati Тkr bilan taqqoslanadi. Agar bo‘lsa, Н0 faraz rad etilib Н1 faraz qabul qilinadi.
Bu yerdagi Тkr – normallashgan chetlanish ishonchlilik ehtimoli p asosida aniqlanadi.
Ozodlik darajasi esa К=С-1 formulasi orqali topiladi.
С-baholash turlari sonini bildiradi.
2 mezonini tajriba natijalari tanlangan nazorat va tajriba sinfi o`quvchilarida 4 xil baholash turlari asosida olib borilgani uchun С=4 ga teng. Unda, p=0,05 deb olsak, К=С-1=3 ga teng bo‘lib, 2 jadvali asosida olingan Тkr= 7,81 ga teng.
Tadqiqot ishlari natijalarini tahlil etish uchun hisoblash ishlarini quyidagi formula asosida olib boramiz:
Tajriba sinov ishlari natijasida olingan ma’lumotlar ishonchli ekanligini aniqlash maqsadida 2 (xi kvadrat) mezoni asosida ish olib borilgan bo‘lib, unda o‘rta qiymatlarning tengligi haqidagi farazni, unga muqobil (alternativ) faraz olingan.
Tajriba sinov ishlarini olib borishda tajriba va nazorat sinflarini ajratib olish uchun Qo‘qon davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakultetii “Informatika o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi guruhlarida olindi.
Nazorat ishi natijalariga ko‘ra olingan natijalar quyidagi jadvalda keltirildi.
Ta’lim muassasa nomi
|
Guruhlar
|
Talabalar soni
|
5 baho
|
4 baho
|
3 baho
|
2 baho
|
O‘rtacha qiymat
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |