Iii-bob. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va tahlil qilish



Download 42,06 Kb.
bet1/4
Sana07.07.2022
Hajmi42,06 Kb.
#753096
  1   2   3   4
Bog'liq
III

III-BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA TAHLIL QILISH


    1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish

Pedagogik tajriba-sinov ishlarining maqsadi ilmiy tadqiqotimizda ilgari surilgan farazimizning nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini isbotlashdan iborat edi. Bu jarayonni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:
1. Tayyorgarlik bosqichi 2020-2021 o‘quv yilining 2-yarmida o‘tkazilib, bu davrda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- tadqiqotning asosiy yo‘nalishini aniqlab olish;
- muammoning nazariy va amaliy holatini o‘rganish;
- Informatika kafedrasi 3-kurs talabalari bilan so‘rovnomalar o‘tkazish;
- o‘quv-me’yoriy hujjatlarini tahlil qilish va o‘rganish;
- OTMni tanlash, unda tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish uchun moddiy-texnik, ilmiy-uslubiy negiz va pedagogik shart-sharoitlar mavjudligini o‘rganish;
- tajriba sinov ishlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallarni tayyorlash;
2. Ikkinchi bosqich – 2020-2021 o‘quv yilining 2-yarmida quyidagilar amalga oshirildi:
- rejaga binoan tajriba sinov ishlarini boshlash;
- Ma’lumotlar bazasi darslarini tahlil qilib borish;
- tajriba sinov ishlaridan olingan natijalarni miqdor va sifat jihatdan tahlil qilish;
- dars jarayonida T sxemasi, klaster metodlaridan foydalanish orqali test sinovlari orqali talabalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash;
- ilmiy dalillar yig‘ish, ularni umumlashtirish;
- tajriba sinov ishlari natijalarini muhokama etish;
- ilmiy xulosalar chiqarish, tadqiqot natijalarini ilmiy asoslash, ularni faraz hamda vazifalarga mosligi aniqlash;
- tadqiqotimiz davomida to‘plangan barcha materiallarga statistik ishlov berib, uning ishonchli ekanligini isbotlash va metodik ishlarimizni amaliyotga joriy etish tadbirlari ko‘rildi.
Nazorat sinflarida ta’lim jarayoni amaldagi o‘quv reja va dastur, o‘qitish metodikasiga binoan amalga oshirilgan bo‘lsa, tajriba sinov guruhlarida aralash ta’lim klaster metodigan foydalanilgan holda amalga oshirildi.
Nazorat va tajriba sinov guruhlarining natijalari muntazam tahlil etildi va bir-biriga qiyoslanib, xulosa chiqarildi. Zarur bo‘lgan hollarda bu jarayonda bevosita ishtirok etuvchi o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar atroflicha muhokama etilib, o‘qitish metodikasiga o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘quvchilarda shakllangan bilimlarning sifat ko‘rsatkichlarini baholashda ongli o‘zlashtirish, bilimlarni Davlat ta’lim standartlari doirasida tizimliligi va ulardan ijodiy foydalanish qobiliyati kabilar mezon sifatida foydalanildi. Buning uchun kirish va chiqish nazorat-sinovlaridan foydalandik.
Pedagogik tajriba Qoqon davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakultetii “Informatika o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi guruhlarida tajriba-sinov tashkil qilindi. Bu guruhlarda darslar ikki xil metodika asosida o‘tkazildi. 3-kurs 301-302 guruhlarda “Ma’lumotlar bazasi” fanidan tajriba-sinov va nazorat guruhlari tanlab olindi. Tajriba-sinov guruhlarida mashg‘ulotlar yaratilgan o‘quv maqsadli ta`limiy resurslar asosida, nazorat guruhlarida esa an’anaviy metodika bilan olib borildi. Tajriba-sinov guruhlarida kompyuter texnik vositalari, videoproektor yordamida ma’ruza, seminar darslarini va laboratoriya mashg‘ulotlarida elektron ta`lim resurslarini qo‘llab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tildi. Nazorat guruhlarida esa seminar va laboratoriya ishlari an’anaviy metodika bo‘yicha olib borildi. Tajriba sinov jarayonida 3-kurs talabalaridan fanini o‘qitish mazmuni, o‘rganish shart-sharoitlari, metodlari tanlanib, savol-javob, pedagogik kuzatish natijalari, o‘quvchilarni bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari jamlandi.
Tadqiqotni amalga oshirish dasturimizga binoan o‘quvchilarda ma’lumotlar bazasi fanidan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllanganlik statistik tavsifini tuzish ko‘zda tutilgan edi. Bu OTMda ma’lumotlar bazasi fanini o‘qitish bo‘yicha innovatsion texnologiyalaridan foydalanish samarali ekanligini baholash imkonini beradi.
Tadqiqot mavzusi yuzasidan shakllantiruvchi pedagogik tajriba-sinov ishlarining talabalar bilim darajasini tajriba va nazorat guruhlarida aniqlash hamda qiyosiy tahlil qilish bosqichi 2020-2021 o‘quv yili mobaynida amalga oshirildi. Jami 50 nafar talaba qatnashdi.
Tajriba sinov ishlarining natijalarini matematik statistika usuli bilan qayta ishlash asosida o‘quvchilarning tajriba materiallarini o‘zlashtirishdagi samaradorligi haqida xulosalar chiqarildi. Bu guruhlardagi talabalarning bilim va ish-harakat usullarining shakllanganlik darajasidagi farqini aniqlash uchun biz o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi natijalarining statistik tavsifini tuzdik. Shunday qilib, bu guruhlardagi talabalarning bilim va ko‘nikmalarini qoniqarsiz, qoniqarli, yaxshi va a’lo kabi baholarni qo‘llash imkonini beradi. Buning uchun biz yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek ikkita mustaqil guruhlar oldik (har bir guruh a’zolarining soni ham bir-biriga bog‘liq emas) va qoniqarsiz, qoniqarli, yaxshi va a’lo kabi to‘rt mezonli shaklda tanladik.
O‘tkazilgan tajriba ishlarida o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishni baholash bir qator olimlarning matematik statistik ma’lumotlarni qayta ishlab chiqishga oid usullaridan foydalanish orqali o‘rganib chiqildi va tajriba sinov natijalariga tadbiq qilindi.

Download 42,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish