Iii-bob. Sarfni o`lchovchi asboblar va ularning turlari


IV-BOB. SATHNI O`LCHOVCHI ASBOBLAR VA ULARNING TURLARI



Download 3,03 Mb.
bet8/11
Sana10.06.2022
Hajmi3,03 Mb.
#649683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ўқув қўлланма РШX

IV-BOB. SATHNI O`LCHOVCHI ASBOBLAR VA ULARNING TURLARI

4.1. Ultratovushli sath signalizatori – SUR-3


Sath signalizatorlari turli suyuqlik mahsulotlari muhitlari (neft, neft mahsulotlari, eritgichlar, siqilgan gazlar, kislotalar, ishqorlar va boshqa agressiv va agressiv bo’lmagan (zararli) moddalar, shuningdek kuchli ko’piruvchi, yuqori zichlik va qovushqoqlikka ega bo’lgan ) moddalarni ikki nuqtadagi (maksimal va minimal) sath qiymatida signal beradi. O’yuvchi moddalarga bardoshliligi shu modda bilan kontaktda bo’ladigan material orqali aniqlanadi. Zanglamaydigan po’lat 12x18n10t, Ftoroplast-4. sezgir elementining uzunligi qattiq metal bo’lsa 1,5 dan 16m gacha.


Nazorat qilinayotgan moddaning ishchi temperaturasi minus 45 dan +65oS gacha (maxsus buyurtma asosida signalizatorlarni +120oS maksimal ishchi temperaturada ishlaydigan qilib tayyorlash mumkin). Ishchi bosim qattiq materialdan tayyorlangan sezgir elementlar uchun 2MPa gacha, egiluvchan sezgir elementlar uchun 0,15MPa gacha. Ikkilamchi o’zgargich avtomatika shitining oldingi panelida o’rnatiladi.



4.1-rasm. Ultratovushli sath signalizatori

Pribor SUR-3 texnologik sig’imlarning ikki nuqtasida turli xildagi suyuqliklarning sathi to’g’risida signal berish, 1 va 2 toifaga kiruvchi ob’ektlarda texnologik agregat va qurilmalarni boshqarish (qachonki bu ob`ektlarda 11 V toifali havo bilan yonuvchi gaz va bug’lar aralashmasi paydo bo’lish holati mavjud bo’lsa) uchun mo’ljallangan.


Bular neft va gaz, neft kimyosi, kimyoviy metallurgiya, energetika, oziq – ovqat ishlab chiqarish ob’yektlarini avtomatlashtirish sistemalarida va sanoatning boshqa tarmoqlarida atmosfera, yoki ortiqcha bosim apparatlarida qo’llaniladi.
Sath holati datchiklari tarkibiga kiruvchi asboblar portlashdan himoyalangan holatda ishlab chiqarilib, GOST R51330.0 GOST R51330.10 talablariga mos keladi.
Uchqunga xavfsiz elekton zanjir portlashdan himoyalangan ko’rinishga ega. GOST R51330.11 bo’yicha portlashdan himoyalanish darajasi portlash xavfi 1113 toifadagi aralashmalar uchun “Portlashdan himoyalangan”.
Asbob nazorat qiladigan muhitlar: neft, neft maxsulotlari, eritgichlar, siqilgan gazlar, kislotalar, ishqorlar va boshqa agressiv va agressiv bo’lmagan muhitlar, shu bilan bir qatorda tez ko’piruvchi, yuqori zichlik va qovushqoqlik xususiyatiga ega bo’lgan muhitlar.
Agressiv muhitiga bardoshliligi, bu muhitlar bilan kontaktda bo’ladigan materiallardan aniqlanadi.
Asbobning tarkibi
- Qattiq sezgir elementli sath holati datchigi DUPZ yoki yumshoq sezgir elementli sath holati datchigi DUPZM
- Ikkilamchi o’zgartgich PVS2M
Datchik DUPZ ikkilamchi o’zgartgich PVS 2M ga to’rt o’tkazgichli ekranlashtirilgan kabel yordamida ulanadi.

Texnik ko`rsatkichlari.
Datchik va ikkilamchi o’zgartgichlarning asosiy texnik xarakteristikalari va ishlatish shartlari.
4.1-jadval



Parametrning nomi

DPUZ

DPUZM

PVS2M

1

Sezgir elementning uzunligi

1,5 m dan 4m gacha

1,5 m dan 16 m gacha

-

2

Nazorat qilinayotgan muhitning temperaturasi

-minus 45 dan +650C gacha (maxsus buyurtma bo’yicha +1200C gacha)

Minus 45 dan +650C gacha (maxsus buyurtma bo’yicha +1000C)

-

3

Nazorat qilinayotgan muhitning bosimi

2MPa gacha

0,15 MPa

-

4

Tekshirilayotgan muhitning zichligi

500 da 1500 kg/m3gacha

500 da 1500 kg/m3gacha

-

5

Portlashdan himoya markirovkasi

1ExiBilBT5X

1ExiBilBT5X

11V

6

Himoyalanish darajasi

GOST 14254 bo’yicha IR68

GOST 14254 bo’yicha IR 68

GOST 14254 bo’yicha IR50

7

Iqlimga moslashganligi

GOST 15150 buyicha OM 1,5

GOST 15150 buyicha OM 1,5

GOST 15150 UXL 4

8

Tashqi muhit temperaturasi

Minus 45 dan +75oC gacha

Minus 45 dan +75oC gacha

+5dan +45oC gacha

9

Atmosfera bosimini o’lchash chegarasi

84dan 106,7k Pa gacha

84dan 106,7kPa gacha

84dan 106,7kPa gacha

10

Ishlash muddati

10 yildan kam emas

10 yildan kam emas

10 yildan kam emas

11

Og’irligi

2,8 kg gacha

9,5 kg gacha

2,5 kg gacha

12

Tomonlarining o’lchamlari

145X215X(130+L)mm dan oshmaydi

145X215X(130+L)mm dan oshmaydi

114X142X 270dan oshmaydi

Yuqoridagi o’lchanmay qoladigan sath 0,24 m aniq qiymatlar qolqovichning geometrik o’lchamlaridan aniqlanadi.


DPUZ datchigini yig’ganda (izi ekologik) pastgi o’lchanmaydigan sath (0,03+Nkogr) m dan ko’p emas DPUZM datchigini yig’ganda esa bu qiymat (0.1+Nkogr) metrga teng.


Bu yerda Nkogr-qolqovichni cho’kish chuqurligi,m.
Asbobninig sath topshirig’i bajarilishining SS,m, datchigining sezgir elementi uzunligiga bog’liqligi quyidagicha:

4.2-jadval



Sezgir element uzunligi

1,5dan 3,4gacha

3,4dan yuqori 6,7gacha

6,7dan yuqori 9,9gacha

9,9dan yuqori 13,1gacha

13,1dan yuqori 16gacha

Sath topshirig’i bajarilishining holati,Ss,m

0,1

0,2

0,3

0,4

0,5

Sathni nazorat qilishga ruxsat berilgan absolyut xatolik chegarasi +0,5Ss,M
Pribor uzluksiz ishlashga mo’ljallangan.
Asbobning ishlash usuli.
Maxsulot sathi holatini nazorat qilish, po’lat simlarda qisqa impulslarning elastik deformatsiyalanishini vaqt bo’yicha taqsimlanishini o’lchashga asoslangan. Simning butun uzunligi bo’yicha katushka o’ralgan bo’lib, ulardan oqib o’tgan impul’s toki magnit maydoni hosil qiladi. Doimiy magnit bilan qalqovich joylashgan joydan sirlangan holda o’tgan simda magnit maydoni ta`sirida sim bo’yicha tarqalgan va unda qotirilgan pyezoelementda qayd etiladigan ko’ndalang deformatsiya impulsi hosil bo’ladi.
Impuls toki yuzaga kelish momentidan to signalni pyezodatchik qabul qilish momentigacha bo’lgan davrdagi vaqtni o’lchash suyuqlik sathi holati bilan aniqlanadigan qalqovich joylashgan joyigacha bo’lgan oraliqni hisoblash imkoniyatini beradi va uni ikkita dasturlanadigan pribor ishlashi bilan taqqoslanadi.
Qayta ulagichlar (pereklyuchatel) chizg’ichi yordamida foydalanuvchi tomonidan o’rnatiladigan qiymat tanlanadi.


Asbobni o’rnatish

Datchikni rezervuarda o’rnatish yuqoridan mavjud bo’lgan yoki maxsus tayyorlangan qo’yilish joyida amalga oshiriladi. Datchik o’qining vertikal holatdan maksimal og’ishi qattiq sezgir elementli datchiklar uchun 0 yumshoq sezgir elementli datchiklar uchun 150 ni tashkil etishi kerak.
O’rnatish vertikalligi iste`molchi tomonidan tayyorlangan qo’yish joyidan ta`minlanishi kerak. Datchikni uning komplektiga kiruvchi vtulkaga o’rnatish tavsiya etiladi. O’rnatish boshqa usullardan ham foydalanish uni tayyorlagan korxona bilan kelishilganda ruxsat etiladi.
PVS2M ikkilamchi o’zgartgich kechayu-kunduz ishlashini ta`minlaydigan sun’iy yoritilgan binolarda o’rnatiladi. PVS2M maxsus sharoitlarda o’rnatish o’lchamlari bo’yicha o’rnatiladi. PVS2M o’rnatiladigan joyda 220 V kuchlanishi 50 Hz chastota bilan yerga ulanadigan kontur bo’lishi zarur.

SUR-4 ultrotovushli sath signalizatori ham SUR-3 kabi o’lchash va signal berish xususiyatlarigi ega bo’lib, u texnologik sig’imlarda bir yoki ikki nuqtadagi sath holati to’g’risida signal beradi. Ularning barcha texnik xarakteristikalari ham SUR-3 ga o’xshash bo’lib, sanoatning turli tarmoqlarida 4MPa gacha ortiqcha bosim va atmosfera bosimida ishlaydigan apparatlarida qo’llaniladi. Agressiv muhitga bardoshli materiallar sifatida zanglamaydigan po’lat 12X18N10T dan foydalaniladi.




4.2. Ultratovushli sath o`lchovchi asbob (datchigi) DUU2M


Sath, muhitning ajratish sathi, turli xildagi ko’p fazali suyuqliklarning temperaturasi va bosimini o’lchash uchun mo’ljallangan. Agressiv muxitga bardoshligi, shu muhit bilan kontaktda bo’ladigan materiallarni qo’llanilishi bilan aniqlanadi. Zanglamaydigan po’lat 12X18N10T, ftoroplay – 4. Sezgir elementining uzunligi 1,5 metrdan 4 metrgacha (qattiq SE) 4 metrdan 25 metrgacha (yumshoq SE) muhitning ishchi temperaturasi minus 450C dan + 120 0C gacha. Ishchi bosim 2 MPa (qattiq SE) dan 0,15 MPa gacha (yumshoq SE). Muhitning zichligi 600 dan 1500 kg/m3 . Turli xildagi datchiklar uchun sathni o’lchashdagi xatoligi 1 mm, 3mm, 5 mm. Temperaturani o’lchashdan xatoligi 20C (minus 45 dan minus 10120 0C chegarada); minus 10 dan +850C chegarada 50C; +85 dan + 1200S chegarada 20S.


Bosimni o’lchashdagi xatoligi 1,5%.




Download 3,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish