3.2. Boshlag‘ich sinf ona tili va matematika darslarida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari
Yuqorida amalga oshirilgan tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, tajriba-sinov ishlarining maqsadini boshlang‘ich sinf tabaiatshunoslik darslarida o‘quv-tarbiya jarayoning samaradorligini ta’minlovchi pedagogik shart - sharoitlarni yaratishni, tabiatshunoslik kurslarining izchiligi o‘quvchilar uchun ularning yosh xususiyatlari, tayyorgarligi va rivojlanishi, shuningdek, mazmunda vorislikka rioya qilish zaruratiga qarab o‘quv materialining tushunarli bo‘lishini, o‘qitishning zamonaviy usullarni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar bilim darajasini aniqlashni, tabiatshunoslik ta’limini o‘lkashunoslik manbalari yordamida zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tashkil etishni ta’lim muassasalariga, amaliyotga joriy qilish yo‘li bilan o‘rganib, baholash deb oldik.
Tajriba-sinov ishlari quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Izlanuvchan tajriba bosqichi. Bunda boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning yoshi va individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, o‘quvchi shaxsini shakllantirishda o‘qitishning zamonaviy usullariga asoslangan holda o‘lkashunoslik manbalaridan foydalanish shakllari va mazmuni ishlab chiqildi va shu asosda dars ishlanmalari yaratildi.
Ta’kidlovchi tajriba bosqichi. Bunda o‘lkashunoslik manbalaridan foydalanib, ishlab chiqilgan (mavjud) o‘quv materiallari va o‘qitish usullarni tashkil etish shakllari va mazmuni bevosita o‘quvchilarning o‘quv jarayonida sinab ko‘rildi.
Shakllantiruvchi tajriba bosqichi. Bunda o‘quvchilarning o‘lkashunoslik manbalarini o‘rganish jarayonidagi bilimlarni o‘zlashtirish hamda bilim darajasi tahlil qilindi.
Tajriba-sinov ishlari juda ko`p pedagogik olimlarning ilmiy ishlaridan keltirilgan umumiy tavsiyalardan kelib chiqib, Davlat ta’lim standartlari hamda ta’lim maqsadlariga mos ravishda olib borildi.
Boshlang‘ich sinf ona tili va matematika darslarini o`zaro aloqadorlikda o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash tajriba-sinov ishlarini olib borish va uning haqqoniyligini ta’minlash maqsadida olingan natijalarning amaliy ahamiyati va bir-birini to‘ldiruvchi metodlar majmuasini qo‘lladik.
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 2 – umumta’lim maktabning 3-4-sinflari va Chortoq tumani XTB ga qarashli 53-DIUMda o‘tkazilgan pedagogik amaliyotimiz jarayonida o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘lladik va samarali natijalarga erishdik. Tajriba-sinov maydoni quyidagi jadvallarda o‘z aksini topgan.
1-javdal
Tajriba-sinov maydonlari tarkibi
№
|
Tajriba-sinov maydonlari
|
Sinf
|
Tajriba
|
Sinf
|
Nazorat
|
Jami
|
|
|
|
guruhi
|
|
guruhi
|
o‘quvchilar
|
|
|
|
|
|
|
soni
|
|
|
|
|
|
|
|
1
|
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 2 – umumta’lim maktabi
|
3-“A”
|
30
|
3 –“B”
|
30
|
60
|
2
|
Chortoq tumani XTB ga qarashli 53-DIUM
|
4-“A”
|
31
|
3-“B”
|
30
|
61
|
Tajriba-sinov ishlari 2 ta 3-“A” va “B” hamda 4-“A” va “B” sinflarida o‘tkazildi. Bu sinflarda tadqiqot ishi biz taklif etgan o‘lkashunoslikka oid bilimlarni o‘qitishning zamonaviy usullari bo‘yicha 3-4-“A” sinflarda, nazorat guruhida, ya’ni 3-4-“B” sinflarda an’anaviy metodlar asosida o‘tkazildi.
Tajriba-sinov ishlarining dastlabki izlanuvchan bosqichida o‘quvchilarning matematika, atrofimizdagi olam, o‘qish fanlarini bilishi va qiziqishi tahlil qilinadi. Ular bilan ishlash yo‘nalishini belgilashni maqsad qilib qo‘ydik. Mazkur metodlar orqali o‘quvchilarning matematika, tabiatshunoslik va o‘qish fanlaridan darsga bo‘lgan qiziqishlarni belgilab oldik.
Tajriba-sinov ishlarining mazkur bosqichini amalga oshirish uchun o‘quvchilarning qiziqishlari va mustaqil fikrlashlarini aniqlashga xizmat qiluvchi o‘qitishning zamonaviy usullari ( “Interfaol”, “Kubik”, “Zanjir”, “Aqliy hujum”)ni belgilab oldik.
Interfaol usul-bu o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida ta’limni o‘zlashtirish munosabatlarini kuchaytirish, faollashtirish demakdir.
Aqliy hujum-o‘quvchilarning tasavvurlari, bor bilimi va imkoniyatlaridan unumli foydalanishga yo‘naltirilgan. Kubik - bu usul mavzuni o‘rganishni osonlashtiradi.
Tajriba-sinov ishlarmizning izlanuvchan va ta’kidlovchi bosqichlarida tajriba sinflar (3-4-“A”)dagi o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish, o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirish maqsadida muammoli vaziyat yaratildi, “Klaster”, “Kubik”, “Zanjir”, “Guruhlarga bo‘lib ishlash”, “Aqliy hujum» kabi o‘qitishning zamonaviy usullaridan samarali foydalanildi.
O‘qitish usullari asosida dars o‘tayotganda o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari, o‘quv predmetining xususiyati, mavzusi, maqsadidan kelib chiqdik.
Bu ishlar albatta o‘qituvchidan ijodiy izlanishni talab etadi. Toki o‘quvchi darsda faqat eshituvchi bo‘lib qolmasin, tanballigiga yo‘liqmasin.
Muammoli savollar tufayli (Nima uchun? Nimaning ta’siridan? Qanday qilib? Endi nima qilish zarur? kabi savollar) tez-tez bola fikrida namoyon bo‘lsin. Dars o‘tish jarayonida sinf ichida mikroguruhlar ham tashkil qilindi. Bu mikroguruhlar a’zolri o‘rtaga tashlangan muammoli savol, topshiriqni bajarishda o‘zaro bir-birlari bilan fikr almashdilar va yagona bir fikrga kelishib, o‘z javoblarini sharhlab berishdi. Bu esa o‘quvchilar orasida jamoani tashkil qilishga, bir-birlarining fikrlarini hurmat qilishga o‘rgatishga yordam berdi. Dars jarayonida har bir o‘quvchi bildirgan fikrlar o‘qituvchi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, rag‘batlantirildi. Jumladan, tabiatshunoslik darslarida o‘lkamiz tabiiy unsurlaridan foydalangan holatda quyidagicha tajriba-sinov ishlari olib borildi.
Tajriba-sinov ishlarining izlanuvchan va ta’kidlovchi bosqichlarida maktab o‘quvchilarining “Son so‘z turkumi” va << Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemasi>> to‘g‘risidagi tushunchalarini o‘rganish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan anketalar yordamida so‘rov o‘tkazildi. Olingan natijalar tahliliga asosan o‘quvchilarning son haqida tushunchalariga bo‘lgan munosabat darajalarini belgilab oldik.
1-daraja. Son haqidagi tushunchalar va pozitsion sanoq sistemasi to‘g‘risida kam ma’lumotga ega, sust o‘zlashtirgan o‘quvchilar. Ular ushbu mavzular yuzasidan turlari va ahamiyati haqida tor ma’lumotga ega bo‘lib, faqatgina boshqa vazifalar bilan bog‘liq vaziyatlardagina ular haqida bilimga ega bo‘ladi.
2-daraja. Son haqidagi tushunchalar va pozitsion sanoq sistemasi to‘g‘risidagi mavzusini o‘rtacha o‘zlashtirgan o‘quvchilar. Bu guruhga kiruvchi o‘quvchilar mavzu yuzasidan berilgan mavzular haqida faqatgina qiyosiy bilimlarga va tushunchalarga ega. Son haqidagi tushunchalar va pozitsion sanoq sistemasi to‘g‘risidagi mavzuni tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati darajasini belgilab olmagan.
3-daraja. Son haqidagi tushunchalar va pozitsion sanoq sistemasi to‘g‘risida yuqori darajadagi bilimga va ko‘p ma’lumotlarga o‘quvchilar. Bu guruh o‘quvchilari son va pozitsion va nopozitsion sanoq sistemasi farqi, ahamiyati va yozilishini aniqlaydilar, Son haqidagi tushunchalar va pozitsion sanoq sistemasining tabiatdagi va inson hayotidagi o‘rni o‘rganadilar. Ularning ahamiyati va xilma-xilligi yuzasidan baholaydilar va analiz, sintez qiladilar. Bunday o‘quvchilarning yuqori darajaga ega ekanligi ularda mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishi, shakllanishi jarayonini quvvatlovchi faol bilish faoliyatining amalga oshirilishi va qiziquvchanligidan iborat. Bunday o‘quvchilar o‘z ijodiy faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchidan o‘rnak oladi, son haqida va sanoq sistemasi hamda rim raqamlarining yozilishi va o‘qilishi haqida ma’lumot to‘plab kelgusi darsga tayyor bo‘lib keladilar.
Amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlarimizning ta’kidlovchi tajriba bosqichida tarixiy maa’lumotlardan manbalaridan foydalanish metodlari, ona tili va matematika interfaol metodlar foydalanish nuqtai nazardan tahlil qilindi.
Olib borilgan tajriba-sinov ishlarimizning natijasida o‘quvchilar son va sanoq sistemasining o‘ziga xos belgilarni o‘rganadilar.
Nazorat guruhlarda esa dars an’anaviy usulda olib borildi. Tajriba-sinov ishlarimizning 3-bosqichida ish natijalari tahlil qilindi va tahlil natijasi tajriba guruhining o‘quvchilari nazorat guruhining o‘quvchilaridan yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Ular orasidagi tafovut 3-jadvalda yaqqol ko‘rinadi.
Olib borilgan tajriba-sinov ishlaridan xulosa shuki, o‘qitishning zamonaviy usullarini darsda qo‘llash natijasida o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi oshadi, qiziqish esa intilishga, bilimlarni puxta o‘zlashtirishga olib keladi.
Tajriba-sinov sinflari o‘quvchlarining 2019-2020-o‘quv yili bo‘yicha bilim darajalarining ko‘rsatkichlari.
Pedagogik tajriba-sinov natijalapini tahlil etishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilardagi ona tili va matematika darslarida tabiiy unsurlaridan foydalangan holatda o‘quvchilar bilan olib borilgan so‘rovnomalari yuzasidan olingan tajriba sinfidagi va nazorat sinfidagi natijalarga asoslangan holda matematik-statistika metodi qo‘llanildi.
3.3-javallardan tajriba va nazorat sinflaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarning umumlashgan qiymatlarini quyidagi jadvalda aks ettiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |