O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
KURS ISHI
Farg’ona 2021-yil
REJA:
KIRISH
I BOB. CHIZIQLI FAZOLAR
1.1-§. Chiziqli fazo tushunchasi va uning bazisi, o`lchovi
1.2-§. Vektorning bazisdagi koordinatasi. Qism fazolar ustida amallar.
II BOB. FAZODA TO’G’RI CHIZIQ TENGLAMALARI
2.1-§. Fazoda to’g’ri chiziqning vektor shaklidagi tenglamasi
2.2-§. Fazoda to’g’ri chiziqning parametrik va kanonik tenglamalari
2.3-§. Fazoda to’g’ri chiziqning umumiy va berilgan ikki nuqtadan o’tuvchi tengla-malari
III BOB. FAZODA AFFIN KOORDINATALAR SISTEMASINI ALMASHTIRISHLAR 3.1-§. Fazodagi to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasi 3.2-§. Affin koordinatalar sistemasi, silindrik koordinatalar sistemasi va sferik koordinatalar sistemasi 3.3-§. Koordinatalarni almashtirish formulalari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “...ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash» vazifalari belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo‘liga qadam qo‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallagan insonlargina o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o‘zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”.
Tabiiy ravishda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi mazkur fan oldiga ham qo`yilgandir. Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko`lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor sur'atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o`quvchiga yetkazib berishni yo`lga qo`yish ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |