O`zbekistonda turizmni rivojlantirishning davlat tomonidan qo`llab – quvvatlash tizimi
O`zbekiston juda katta turistik potentsialiga ega. Mamlakatimiz nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun jahonda ham turizmning markazlaridan biri hisoblanadi. Turistlarni jalb etuvchi qadimdan Xitoy va Evropa mamlakatlarni bog`lab turuvchi Buyuk Ipak yoli o`tgan katta miqdordagi me’moriy haykallar va tarixiy davrga ega bo`lgan shaharlardan: Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qoqon, Termizdir. O`zbekistonning qadimgi shaharlarda zamonaviy me’morchilik O`zbekiston uchun o`zigacha hususiyatga ega bo`lgan o`tgan asrlar milliy binokorlikning xaykallari bilan bog`liqdir.
O`zbekiston xorijiy mehmonlarni jalb qilishda ham boshqa zahiralarga ega: (gohida faqat O`zbekistonda uchraydigan) hayvonot va o`simliklar olamiga boy bo`lgan cho`l va qo`riqxonalar, turizmning faol ravishda rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan tog` qirralar va daryolar, dunyoda uchramaydigan shifobahsh suvning mineral manbaalar, faqat O`zbekistonda uchraydigan amaliy san’atning an’anasi va o`zga xos madaniyati va yildan-yilga o`sayorgan mamlakatdagi iqtisodiy potensiali.
Davlat hukumati unvoniga ko`tarilgan turizmni rivojlanishini qo`llab-quvvatlashda turizm hukumat, xususiy shaxslar va turizm sohasi bilan shug`ullanadigan tashkilotlar uchun daromadlarning asosiy manbaasi bo`lmoqda.
Hozirgi kunda O`zbekistonda 397ta xususiy turistik firmalar foaliyat ko`rsatib kelmoqda, ulardan 214 poytaxtda, 183-barcha viloyatlarda asoslanmoqda. Mehmoxonalarning 120tasi Toshkent shahrida, respublikaning hududlarida esa -88 joylashgan. 2011 yili statistikaga muvofiq, turistlarning 312 ming nafariga xizmat ko`rsatilgan. 2010 yilda turistik xizmatlarni ko`rsatishda tarmoqlar oxirgi uch yil ichida 73 % o`sishni tashkil etgan 17,5 mlrd so`m miqdordagi mablag`lar qo`lga kiritildi. Xususiy tadbirkorlarning ulushlari umumiy xajmdagi xizmatlar 90 % o`sdi.
Ko`rsatkichlarga muvofiq, 2010 yilga 2,1 ming joylar sig`imi bilan 1,07 ta xonalardan iborat 56 ta mehmonxonalarni qurish shuningdek, “Buxoro”, “Ziyorat” va “Kumushkon” sayohat bazasini qayta ta’mirlash rejalashtirilmoqda.
Turizm sohasida davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari quyidagilardan namoyon bo`lmoqda:
respublika iqtisodiyotining asosiy tarmog’i bo`lmish turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish;
turizm sohasida bir qancha qulayliklarni ta’minlash;
turizm sohasida huquqiy va normativ bazalar yaratish;
turizmda raqobatni takomillashtirish;
keng qamrovdagi turizm potensialini yaratish va targ’ibot ishlarini olib borishdan iborat.
Turizm korxonalarini qonuniy aksiyalashtirish amalga oshirildi. Misol tariqasida “O`zbekturizm” milliy kompaniyasining bir qator obyektlarini xususiylashtirishni olishimiz mumkin.
Yuqorida qayd qilinganidek, davlat siyosatining asosiy yo`nalishlaridan biri – turizm faoliyatini amalga oshirish va raqobatni kuchaytirishga qaratilgan. Shu tufayli, turizm iqtisodiyotida xususiy tarmoqni rivojlantirishga keng yo`l ochib berildi.
Respublika hukumati turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirmoqda. Bundan tashqari, turizm sanoatida xorijiy investitsiyalar uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga binoan xorijiy investitsiyalarga bir qancha qulayliklar berilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Davlat ahamiyatiga ega investitsiyalar hukumat tomonidan kafolatlanadi. Ta’kidlash lozimki, bu turizm sohasining barcha tarmoqlarida tadbirkorlikni iqtisodiy barqarorlashtirishning baquvvat dastagi hisoblanadi.
2. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari hududida yangidan tashkil topgan turizm korxonalari birinchi foydani olguncha barcha soliqlardan ozod qilinadi. Fiskal imtiyozdan tashqari, turizm biznesini rivojlantirish uchun moliyaviy rag’batlantirish stavkali imtiyozli kreditlar berish, yangi turizm obyektlarini ko`rish uchun ssudalar berish yo`lga qo`yilgan.
Ta’kidlash lozimki, davlatning asosiy kapital qo`yilmalari turizm sohasi rivojining zahirasi hisoblanadi. Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligini nishonlash jarayonida “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi 100 dan ortiq turizm obyektlarini ta’mirladi va zamonaviy ko`rinishga keltirdi. Ushbu obyektlar saqlash va xorijiy sayyohlarga ko`rsatish uchun hokimiyatlarga ijaraga berilgan.
O`zbekiston Respublikasi hukumati rahbarligida “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi Butun jahon turizm tashkiloti bilan birgalikda va BMT rivojlanish dasturi ko`magida “O`zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish” milliy proyektini ishlash uchun xalqaro ekspertlar guruhini tuzdi. Ushbu guruhga Maykl Jozef Mak Nalti boshchiligida O`zbekiston, Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSH va Hindistonlik yuqori malakali mutaxassislar kirdi. Loyihaning asosiy maqsadi – mamlakatga ko`p miqdorda xorijiy sayyohlarni jalb qilish, turizm tadbirkorligini daromadli tarmoqlardan biriga aylantirish, mutaxassis kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, raqobatbardosh va kuchli turizm sohasi bilan jahon bozoriga chiqishdan iborat. Xorijiy ekspertlarning baholashicha, O`zbekistonda turizmning yillik o`sishi 7 % ni tashkil qiladi.
Shunday qilib, turizm sohasida davlat siyosatini asosiy yo`nalishi turizmni respublika iqtisodiyotining daromadli tarmog’iga aylantirish, turizm sohasida huquqiy va normativ bazasini shakllantirish uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan. O`zbekiston rahbariyati turizm faoliyatini amalga oshirish, raqobatni takomillashtirish uchun barcha qulaylik va imkoniyatlarni yaratmoqda. Davlat siyosati turizm sohasini rivojlantirish uchun diqqat – e’tibori servis xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, zamonaviy turizmni yaratish, keng qamrovdagi turizm potensialini yaratish va targ’ibot ishlarini olib borishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |