Mavzu: Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya
Kirish.
Tarbiyaviy mashg'ulotning maqsadi: O'quvchilarga Konvensiya haqida tushuncha berish.O'z huquqlarini farqlay olish,bir-birlarini hurmat qilishga o'rgatish.
Tarbiyaviy mashg'ulotning jihozi: Mavzuga oid ko'rgazma Tarbiyaviy mashg'ulotning borishi
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish,
jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism:
-O'quvchilarni darsga hozirlash
Asosiy qism:
“Bola huquqlari to'g'risida”gi Konvensiyasi BMT tomonidan1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan.1990 yil yuridik kuchga kirdi. O'zbekiston Resbublikasi BHKni 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya (moslashtirish) qilingan.BHKda 2 qism,54 moddadan iborat bo'lib,1-41 moddalar bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.42-54 moddalar esa bola majburiyatlari bayon etilgan.
BHKsi to'rt ta tamoyil
Yashash huquqi.
Rivojlanish huquqi.
Himoyalanish huquqi.
4.Ishtirok etish huquqi
13,23,28,29-moddalar ta'lim olishga oid moddalar hisoblanadi.
Yurtimizda bolalarga har tomonlama g'amxo'rlik,onalik va bolalikni muhofaza qilish,sog'lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta'minlash masalalari davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan.
Bolalarga g'amxo'rlik, ularning huquqlari va qonuniy man'faatlari himoyasi bilan nafaqat davlat tuzilmalari, balki ko'plab nodavlat notijorat tashkilotlar ham shug'ullanayotganini ta'kidlash o'rinli,deb hisoblaymiz.”Kamolot”yoshlar ijtimoiy harakati,Bolalar jamg'armasi,”Sog'lom avlod uchun”hukumatga qarashli bo'lmagan xalqaro xayriya jamg'armasi,”Sen yolg'iz emassan”respublika bolalar jamg'armasi, Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazi kabi jamoat tuzilmalari shular jumlasidandir.
Yakuniy qism:
Mavzu yuzasidan savol-javob o'tkaziladi.
”Charxpalak”metodi bo'yicha “Hamma hammaga o'rgatadi.”mashqi o'tkaziladi.
O'quvchilar guruhlarga bo'linib,har bir guruhga BHK dan topshiriqli kartochkalar beriladi.Ular o'z fikrlarini yozadilar.Ma'lum vaqtdan so'ng, guruhlar ketma-ket tarzda qog'oz almashadilar.Shu tarzda oz fursat ichida bir nechta topshiriqlarni bajaradilar.
O'quvchilar fikrlari xulosalanib,faol qatnashgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |