II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilishning ustuvor yo’nalishlari:
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning
nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish;
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini ta’minlash;
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini
takomillashtirish;
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish
tizimini takomillashtirish;
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash;
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish.
O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning Harakatlar Strategiyasida
belgilangan ikkinchi qismdagi ustuvor yo‘nalish borasida biz mutaxassislik nuqtai
nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, barcha jarayonlarda ham qonun ustivorligini
yoshlar ongiga singdirish, aholi orasida targ‘ibot ishlarini amlga oshirish, turli
mavzularda tadbirlar tashkil etish kabi vazifalar asnosida amalga oshirish nazarda
tutiladi. Masalan, yoshlar orasida “Giyohvandik – asr vabosi” yoki “Biz yoshlar –
3 Shavkat Mirziyoyev.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz.T.:”O’zbekiston”, 2017-yil, 19-bet.
4 Shavkat Mirziyoyev.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo
jinoyatchilikka qarshimiz” kabi mavzularda turli janrlardagi madaniy tadbirlarni
tashkil etish orqali namoyon etish mumkin. Yoki, O‘zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasiga bag‘ishlangan tadbirlar uchun “Siz Qonunni bilasizmi?”, “Qonun
ustuvorligi – jamiyat taraqqiyotining garovidir”, “Konstitusiya – qomusimiz” va
boshqa tadbirlar o‘tkazish mumkin.
Bu yo‘nalish borasida turli ko‘rik-tanlovlarni tashkil etish mumkin.
Masalan, Konstitusiyaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Siz o‘z
xuquqlaringizni bilasizmi?” mavzusida guruhlar aro, yakka tarbibda yoki
tashilotlar jamoasi o‘rtasida bunday tadbirlarni tashkil etish orqali yoshlarga bilim
berish, ularni o‘z xaq-xuquqlarini bilishlari, turli ma’lumotlarga, bilimlarga ega
bo‘lishlari, o‘zlarining siyosiy bilimlari, dunyoqarashlarini oshirishlari va
boshqalar shu kabi samarali ishlarni amalga oshirishlari mumkin.
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor
yo’nalishlari:
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori
iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish;
3.2. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning
etakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning
raqobatbardoshligini oshirish;
3.3. Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish;
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini
himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institusional va tarkibiy
islohotlarni davom ettirish;
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal
foydalanish.
Bu yo‘nalish bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, madaniyat va san’at
sohasida ham o‘ziga xos iqtisodiyot bilan bog‘liq jihatlar ko‘p. Bu jarayonlar
bizning oldimizda hali juda ko‘p muammolar turganligidan dalolat beradi.
Juda ko‘p hollarda badiiy havaskorlik jamoalarining iste’dodlari tomonidan
tayyorlangan ijod mahsulotlari shu madaniyat aholi dam olish markazi yoki
to‘garak doirasida qolib ketadi. Bu bizning iqtisodiyot bo‘yicha ko‘p narsalarni
bilishimizni talab etadi. Bu ijod mahsulotlarini biz hohlagan joyga borib qo‘yish,
namoyish qilish, bilet sotish, pul qilishning qonuniy yo‘l-yo‘riqlarini bilmasligimiz
oqibatida o‘z qobig‘imizda qolib ketishimizga sabab bo‘lmoqda. Masalan, men
bitiruv oldi amaliyotimni Surxandaryo viloyati Qiziriq tumani “Bandixon
madaniyat va aholi dam olish markazida” o’taganimda, ko’plab san’atga
qiziquvchi yoshlarni ko’rdim.Bu yoshlar o’zlari bir jamoa bo’lib, turli xil
mavzularda spektakllar tayyorlab borishar ekan.Lekin ular o’zlarining ijod
mahsullarini sahnada qoyishga iqtisodiy kamchilikka duch kelar ekan.Bu
kamchiliklarni bartaraf etish uchun ular avvalo iqtisodiy tomondan yordam
berdigan homiy topishlari kerakligini aytdim.Albatta bunday muammoalar barcha
sohalarda yoq emas. Buning barchasi Harakatlar strategiyasida belgilab qoyilgan
vaziflarda birin ketin amalga oshirilib borilayapti. “Bu siyosatning asosiy maqsadi
shundan iboratki, biz har bir fuqaro o’zining kuch va imkoniyati, qobiliyati va
salohiyatini royobga chiqarishi uchun keng sharoit va va imkoniyat yaratib
berishimiz kerak”
5 –deb, aytadilar muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari:
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish;
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish;
4.3. Arzon uy-joylar barpo etish boyicha maqsadli dasturlarni amalga
oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport,
muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda
modernizasiya qilish;
4.4. Ta’limva fan sohasini rivojlantirishgaoid davlat siyosatini
takomillashtirish.
Harakatlar strategiyasining to’rtinchi ustuvor yo’nalishida bizning sohamiz
ya’ni, madaniyat va san’atga e’tibor berilganligi, bu san’at ahli uchun katta bir
quvoch kasb etadi.Mana meni o’zim ham madaniyat va san’at ahilidan
biriman.O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti bitiruvchi talabasiman.
Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgandan hozirgi kungacha bizlarga e’tibor
oldingidan ko’ra kuchliroq bo’layapti deb oylayman.Birgina misol O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 14-may kuni “Davlat
madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to’lashning
takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag’batlantirishni
kuchaytirish to’g’risida”6 gi qarori juda katta e’tibor qaratilganidan dalolat
beradi.Biz bitiruvchi madaniyat va san’at kadr yoshlari uchun bu oylik maoshni
oshirilganligi juda quvonarli hodisa bo’ldi deb oylayman.Chunki deganda
madaniyat va san’at xodimlarining oylik maoshi juda achinarli holda edi.Bundan
dalolat beradiki, bizlarga e’tibor kuchaymoqda. Biz madaniyat va san’at yosh
kadrlari O’zbekistonimizni madaniyatini va san’atini dunyoga tanitishga bor
kuchimiz va imkoniyatimiz yetguncha harakat qilamiz.
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash
hamda chuqur oylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi
ustuvor yo’nalishlar:
5.1. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash
sohasidagi ustuvor yo’nalishlar;
5.2. Chuqur oylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi
ustuvor yo’nalishlar.
Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo’nalishini madaniyat va
san’atga bog’laydigan bo’lsak, bu sohalar boyicha qardosh davlatlar bilan
hamkorlik o’rtaga qoyilgan.O’zbek san’ati va madaniyati Tojikiston,
Turkmaniston, Qozog’iston ba boshqa davlatlar san’atiga o’xshash tomonlari bor
desak, adashmagan bo’lamiz.Millatlararo totuvlikni ta’minlab turadigan eng
muhim narsalardan biri bu san’at va madaniyatdir.Boshqa davlatlar san’atini va
madaniyatini o’rganishimiz uchun davlatimiz biz yoshlarni o’qishga hamda malaka
oshirishga borishimizga imkoniyat yaratib berayapti. Biz bu imkoniyatlardan
samarali foydalanishimiz kerak.Misol uchun bizning institutimiz Karea, Xarvatiya,
Rassiya, Yaponiya, Indaneziya va boshqa bir qator davlatlar bilan hamkorlik
shartnomalari tuzib, bir qancha ishlarni amalga oshirayapti.Turli xil grantlar ishlab
chiqilib, shu grantlarni yutib olgan yoshlarni mana shu, davlatlarga o’qishga
yuborayapti.Bularning hammasi xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo
totuvlikni taminlashga zamin yaratayapti. “Biz bundan buyon ham uzoq yaqindagi
barcha xorijiy mamlakatlar jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni
davom ettiramiz.Bu borada ochiq, do’stona va pragmatik siyosat olib borish
tamoyiliga sodiq qolamiz”7 – deb, bekorga ta’kidlab o’tmagan muhtaram
Prezidentimiz.
Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O‘zbekiston
Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor
iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati
barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat
chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy
bag‘rikenglikni ta’minlash yo‘lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch
bag‘ishlaydi.8
Harakatlar strategiyasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa barcha
sohalarni jadal rivojlantirish, ma’naviy dunyomizni tubdan yuksaltirishni nazarda
tutadi.
Bozor iqtisodiyotining o‘zgaruvchan tabiati mamlakatimiz shahar va
hududlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Kichik shaharlardagi yuzlab ishlab
chiqarish obektlari turli sabablarga ko‘ra o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Minglab
ishchilar, mutaxassislar o‘z kasbi, turmush tarzi, yashash joylarini o‘zgartirishga
majbur bo‘ldi.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlar
natijasida eski turdagi xo‘jaliklarning tugatilishi va ularning o‘rniga zamonaviy
fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mamlakatimizaholisining yarmidan ko‘pi yashaydigan qishloq aholisi hayotida ham jiddiy
o‘zgarishlar yuz berdi. Istiqbolli fermer ho‘jaliklari tashkil etildi. Natijada ilgari
1000 gektar yerda band bo‘lib kelgan 1500-2000 odam o‘rniga fermer
xo‘jaligining 50-100 a’zosi bemalol oldingi darajadan kam bo‘lmagan, balki
ko‘proq mahsulot tayyorlay boshladi. Minglab odamlar dehqonchilik, yakka
tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ammo ayrim
yoshlar stixiyali tarzda xorij davlatlariga ish izlab ketishni ma’qul ko‘rdi. Buning
oqibatida ular tili, dini, ma’naviyati va siyosati o‘zgacha bo‘lgan muhitga tushib
qoldi.
Shu kunlarda mamlakatimizda yuritilayotgan tadbirkorlikni rivojlantirish,
yangi ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ish bilan
ta’minlashga oid davlat siyosatining zamirida odamlarning bandligi, shu asosda
xalqimiz farovonligiga erishish turibdi. Bu Harakatlar strategiyasining
yo‘nalishlariga mosdir.
Hozirgi davrdagi jadal taraqqiyot tendensiyalari mamlakatimizni
industrial rivojlantirishda insonning intellektual omiliga ustuvor ahamiyat
qaratishni dolzarb masalaga aylantirdi. Vatanimizning barqaror taraqqiyoti uchun
mavjud intellektual salohiyatni samarali ishga solish, mutaxassislarning o‘z
faoliyatiga ongli yondashuvini shakllantirish, ularning shaxsiy mas’uliyat va
tashabbuskorlik fazilatlarini kuchaytirish katta ahamiyatga egadir. Insonning
shaxsiy mas’uliyat, tashabbuskorlik hamda fidoyilik fazilatlari Vatanni chin dildan
sevishdan, vatanparvarlikdan kuch oladi. Shu boisdan Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev “Har qanday davlat siyosatining asosini vatanparvarlik tarbiyasi
tashkil etadi”9
, deb alohida qayd etdi.
1.2. Harakatlar strategiyasida ijtimoiy soha ustuvor yo’nalishlaridan biri
sifatida
Bugun hayot shiddat bilan kechmoqda.O’zgarishlar sur’ati yuksak,
yangilanishlar ko’lami keng mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar esa
aniq va qat’iy maqsadlarga qaratilgan. Ya’ni, odamlarimizni rozi qilish, ularning
ertangi kunga ishonchini mustahkamlash, ongi tafakkurini o’zgartirish, Vatanga
daxldorlik hissini oshirish-ustuvor vazifalarimiz sirasidan. Shunday ekan, endi
hayotga yangicha qarash, yanada g’ayrat- shijoat ko’rsatib ishlash vaqti keldi.
Aholi turmush darajasi va sifatini yuksaltirishga g’ov bo’layotgan kamchilik va
muammolarga adolatli yechim toppish-davr taqozosi. Buni xorijlik
siyosatshunoslar ham haqli ravishda e’tirof etishayapti.Ularning takidlashicha,O’zbekiston islohotlarning yangi bosqichida.Davlat va jamiyat boshqaruviga doir
tub islohotlarni amalga oshirish, shuningdek, ijtimoiy sohaning asosiy
yo’nalishlaridan biri bo’lgan madaniyat va san’at sohasini boshqarishni yanada
takomillashtirish borasida ham navbatdagi muhim qadamlar tashlanayapti.
Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmonida
Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarni
izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog’liqni saqlash tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uyjoylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik va komunikatsiya va ijtimoiy
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish boyicha maqsadli
dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish ishlari
maqsad qilib olingan.Harakatlar strtegiyasi ishlab chiqilgandan hozirgi kunga
qadar ko’plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ijtimoiy sohaga kiritilgan
rejalarni bajarish ustidan davlat rahbarlari ertyu kech tinmasdan mehnat
qilayaptilar.
Xususan, madaniyat va san’at sohasiga ham juda katta e’tibor
qaratilayapti.Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish uchun prezidentimiz 15 ga
yaqin qaror va farmonlar qabul qildilar.Bu qaror va farmonlarni bajarilishi ustidan
nazorat o’rnatildi.
2.2. O’zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida amalga
oshirilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar tahlili
O`zbekistonning o`ziga xos taraqqiyot yo`lida ma`naviy-ma`rifiy ishlar
beqiyos ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan davlatimiz bu sohaga strategik
ahamiyaga ega ustuvor yo`nalish sifatida qaraydi va bu yo`nalishda ulkan
islohotlar amalga oshirib kelmoqda.
Shu ma`noda O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda, istiqlol yo`lida
buyuk davlat barpo etishda ma`naviyat va ma`rifat omillarini hisobga olgan holda, umuminsoniy milliy qadriyatlar uyg`unligiga asoslangan fuqarolik jamiyati qurish
borasidagi fikr-mulohazalarni va takliflarni e`tiborga olib, 1994-yil 23-aprelda
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Respublika Ma`naviyat va
ma`rifat jamoatchilik markazini tashkil etish to`g`risida” gi Farmon34i bilan
Respublika “Ma`naviyat va ma`rifat” jamoatchilik markazi tashkil etildi.
Ushbu farmon ijrosini ta`minlash va takomillashtirish maqsadida 1994-yil
8-iyunda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika
Ma`naviyat va ma`rifat jamoatchilik markazining faoliyatini tashkil etish
to`g`risida”gi Qarori qabul qilindi.
Aynan mana shu qaror bilan quyidagi ishlarni amalga oshirish masalasi
belgilab olindi:
- Sotsiologik tadqiqotlar, so`rovlar o`tkazish orqali O`zbek xalqining
boy ma`naviy-madaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida
mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg`or g`oyalarni yuzaga chiqarish hamda
hayotga tadbiq etish, ma`naviy-ma`rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar
ishlab chiqish;
- Jamiyatdagi sog`lom kuchlar – yuksak iste`dod va tafakkur
sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo`naltirish;
- Millatlararo do`stlik va hamjihatlikning ahamiyatini, yurtimizda
tinchlik va barqarorlikni saqlashni, mintaqamizda yashayotgan millatlarning
madaniy, ma`rifiy, ma`naviy taraqqiyot tomirlari mushtarakligini targ`ib qilish;
- Ma`daniy-ma`rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy taraqqiyot
yo`nalishlari bilan bog`liq omillarni, milliy davlatchilik qadriyatlarini o`rganish va
targ`ib qilish;
- Ma`naviy-ma`rifiy masalalarga doir ma`ruzalar, anjumanlar, suhbatlar o'tkazish.
1996-yil 9-sentabrda ma`naviyat sohasida olib borayotgan ishlarimizni
yanada takomillashtirish va samarodorligini oshirish maqsadida O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Ma`naviyat va m`rifat” jamoatchilik markazi
faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to`g`risida”gi
Farmoni e’lon qilindi. Unda ma`naviy-ma`rifiy islohotlarni davlat siyosatining
asosiy, ustuvor yo`nalishi sifatida belgilab qo`yildi.
Joylarda ma`naviyat bilan bog`liq ishlarning amalga oshirilishi uchun butun
mas`uliyat shaxsan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat,
shahar va tuman hokimlari, Respublikamizdagi barcha vazirliklar, idoralar,
tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklandi.
Barcha hokimlar zimmasiga yoshlarimiz ongiga ona Vatanga, buyuk
ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi misli ko`rilmagan bunyodkorlik
ishlariga yuksak ehtirom tuyg`ularini singdirish maqsadida ularni dunyoni hayratga
solgan qadimiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ulkan
inshootlar, ma`rifat maskanlari, yurtimizning go`zal tabiati bilan muntazam
tanishtirib borish uchun maxsus tanishtiruv sayohatlari tashkil etish masalasi
yuklatildi.
Sohani rivojlantirish maqsadida Vazilar Mahkamasining 1998-yil 24-iyulda
“Ma`naviy-ma`rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori qabul qilindi.
Vazirlar mahkamasining qarori qabul qilinganidan bir yil o`tib, ya`ni 1999-
yil 3-sentabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ma`naviyat
va ma`rifat Kengashini qo`llab quvvatlash to`g`risida”gi Farmoni e`lon qilindi.35
Farmon maqsad va vazifalari ma`rifiy-ma`naviy tarbiya, targ`ibot bilan bo`lgan
o`sha davrdagi “Ma`rifatchilar”, “Faylasuflar”, “Tarixchilar” jamiyatlari, “Sog`lom avlod uchun”, “Mahalla”. “Kamolot”, “Nuroniy”, “Navro`z”, “Oltin meros”,
ommaviy axborot vositalarini qo`llab quvvatlash va demokratlashtirish
jamg`armalari, Respublika “Ma`naviyat va ma`rifat” markazi, Yozuvchilar,
Bastakorlar, “Tasviriy oyina” uyushmalari, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar
qo`mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim, Xalq ta`limi,
Madaniyat ishlari vazirliklari kabi qator davlat va nodavlat tashkilotlarining
Respublika Madaniyat va ma`rifat Kengashini ta`sis etganliklarini qo`llabquvvatlash maqsadida chiqarilgan edi.
Qarorga asosan mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy zarurat talabidan kelib
chiqqan holda xalqimizning o`zi tanlagan taraqqiyot yo`lidan og`ishmay olg`a
borishiga erishish, uni bizning milliy manfaatlarimizga zid bo`lgan turli xil yot va
buzg`unchi mafkuraviy tazyiq va tahdidlardan himoya qilish maqsadida
Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlarda Ma`naviyat va
ma`rifat kengashlari tashkil etilganini inobatga olish ko`rsatiladi.
Shu ma`noda 2017- yil 28-iyulda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ma`naviy-ma`rifiy ishalar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni
yangi bosqichga ko`tarish to`g`risida”gi PQ-3160-son Qarori qabul qilindi.
Unga ko`ra:
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma`naviyma`rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol go`yasining asosiy tushuncha va
tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun dahldorlik va mas`uliyat hissini oshirish, yot
g`oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo`naltirilgan targ`ibot
tizimi shakllandi. Bu jarayonlardagi tuzilmalari hamda Milliy g`oya va mafkura
ilmiy-amaliy markazi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etish
lozim.
Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va
barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko`payib bormoqda. Bunday
murakkab va tahlikali vaziyat sohada amlga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab,
uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Xususan, oila, mahalla va ta`lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka
hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g`oyaviy-tarbiyaviy
ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va
terroristik harakatlarga adashib qo`shilib qolish, milliy qadriyatlarga e`tiborsizlik,
erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga
qaratilgan targ`ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu
masalalarga jidd iy e`tiborni talab etmoqda. Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-
2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor
yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida, eng avvalo, davlat boshqaruvi
organlarining quyi bo`g`inlar faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan
muloqot qilishini ta`minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini
mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo`yilgan.
Barqaror va farovon turmushimizga xavf soladigan turli xil mafkuraviy
harakatlarga qarshi izchil kurash olib borish Respublika Ma`naviyat va ma`rifat
Kengashining doimiy diqqat markazida bo`lmoqda. Kengashning bevosita
rahbarligida amaliy faoliyat olib boradigan Respublika Ma`naviyat targ`ibot
markazi hamda Milliy g`oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi jamiyatimizni
milliy g`oya atrofida birlashtirish va aholi o`rtasida o`tkazilayotgan targ`ibottashviqot tadbirlarini sifat juhatdan yuqori darajaga ko`tarish borasida muayyan
sa`y-harakatlarni amalga oshirib keldi.
Biroq har bir kun, har bir soat o`zining yangiliklari, yangi muammo va
tashvishlari bilan kelmoqda. Mafkuraviy globallashuv sharoitida insoniyat ongi va
tafakkuriga mafkuraviy ta`sir ko’rsatish shakllari va mazmuni o’zgardi. Odamlar,
xususan yoshlar ongi va qalbida vayronkor tuyg`ularni uyg`otish, diniy
ekstremizm, terrorizm, “ma`naviy emigratsiya” (baxtni o`z vatanidan emas, o`zga
joylardan qidirish), fashizm, millatchilik singari illatlarni rag`batlantirishga bo`lgan
harakatlar avj olmoqda.
Mana shunday sharoitda yurtimizdagi ma`naviy-ma`rifiy va mafkuraviy
ishlarni global miqyosda mafkuraviy, g`oyaviy va axborot kurashlari kuchayib
borayotgan zamon talablari asosida tashkil etish tobora dolzarblik kasb etyapti.
Zero, mustaqillikni asrab-avaylash, istiqlol yillari erishilgan muvaffaqiyat va
marralarni saqlash va yanada rivojlantirish, yurtimizdagi barqaror tinchlik hamda
osoyishtalikni muhofaza etish – bugungi va kelajak kunlarning eng muhim, dolzarb
vazifasidir.
Tez suratlarda o`zgarib borayotgan zamon, Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, jaholatga qarshi ma`rifat bilan fidoyilarcha kurasha
oladigan jonkuyar targ`ibotchilarni bu muhim jabhaga safarbar etishni taqozo
etadi. Qolaversa, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy mafkuraviy jihatdan tobora
globallashayotgan dunyoda voqealar rivojidan bir qadam oldinda yurish, ijtimoiysiyosiy hodisalarning o`zgarish tamoyillarini ilmiy-siyosiy hodisalarning o`zgarish
tamoyillarini ilmiy bashorat qilib boorish va shu asosda ma`naviy-ma`rifiy,
mafkuraviy soha ishlarini tashkil etish har qachongidan dolzarb vazifaga
aylanmoqda.
O`zbekistonning milliy strategiyasi – dunyodagi eng rivojlangan
demokratik davlatlar qatoridan munosib o`rin egallash maqsadini amalga
oshirishga qaratilgan targ`ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, bunda
mamlakatimizning qisqa tarixiy davr mobaynida barcha sohalarda erishgan yutuqlarini tahlil va talqin etishda “Kim edigu, kim bo`ldik? Endi qanday marralar
sari intilamiz?” degan muhim mezondan kelib chiqish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |