85
tushunchasini Yan Amos Komenskiy (1592—1670) ham ana shu
yo‘sinda sharhlagan. Uning bu boradagi fikr-mulohazalari 1657- yilda
nashr etilgan „Hammaga hamma narsani o‘qitishning universal
san’ati ifodalangan buyuk didaktika“ nomli asarida bayon qilingan.
Komenskiy didaktika faqat o‘qitish san’atidangina emas, balki
tarbiyalash san’atidan ham iboratligini qayd qilgan va tarbiya har
tomonlama axloqiylik yo‘nalishidagi fe’l-atvorni shakllantirishning
zarur sharti ekanini ham uqtirgan.
Didaktikani yuqoridagicha tushunish XIX asr boshigacha, ya’ni
taniqli nemis pedagogi va faylasufi Iogan Genrix Gerbart (1776—
1841) didaktikaning asosiy nazariyasini ishlab chiqqunicha davom
etgan. Binobarin, u didaktikani pedagogikaga bo‘ysunadigan tar-
biyalovchi ta’limning yaxlit va ziddiyatsiz nazariyasi sifatida talqin
qiladi.
Gerbart va xususan, uning izdoshlari ana shu nazariyaning
rolini hisobga olib, didaktikaning asosiy vazifasini — darsda bayon
qilinadigan material ekanini rad etdilar. Gerbart konsepsiyasiga
muvofiq, o‘qituvchi, asosan, o‘quvchilarni yangi o‘quv materiali
bilan tanishtirishga doir harakatlarini tahlil qilishi lozim edi.
XVIII asrda shveysariyalik pedagog I. G. Pestalossi kamol
toptiruvchi ta’limning prinsiðlari tizimini asosladi. XIX asrda esa
nemis pedagogi A. Disterveg o‘zining „Nemis o‘qituvchilari uchun“
qo‘llanmasida o‘quv jarayonini faollashtiradigan talablarning butun
bir kompleksini taklif qildi. Fan va texnika shunday tezlikda taraqqiy
topmoqdaki, maktab ta’limi bilan ularning ketidan quvib yetish
mumkin emas. Lekin maktabni bitirgan yoshlar, albatta, o‘zlari
bilmaydigan ilmiy kashfiyotlarga, jamiyatni rivojlantirishning bozor
iqtisodiyotiga asoslangan yangi tizimiga duch keladilar. Lozim
darajadagi aqlga, irodaga va hissiyotga ega bo‘lgan kishilargina notanish
ma’lumotlarni tezroq o‘zlashtirib olishi mumkin.
Bilim va malakalarni tarkib toptirish naqadar zarur bo‘lsa-da,
hozirgi didaktika ana shu soha bilangina chegaralanib qola olmaydi.
Endilikda o‘quvchilarni kamol toptirishda optimal natijalar
beradigan o‘qitish jarayonining ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab
chiqish zarurati tug‘ildi. O‘quvchilarning kamol topishi ta’lim
jarayonida amalga oshishi sababli bilim va malakalarni o‘zlashtirishga
qaratilgan didaktik prinsiðlar ma’lum natijalarni beradi. Lekin vazifa
qandaydir natijalarga erishishdan emas, balki o‘quvchilarni kamol
toptirish uchun o‘qitishning eng yuqori samaradorligini ta’min-
lashdan iboratdir. Buning uchun esa o‘quv jarayonining qurilishini
86
ishlab chiqish kerak. Didaktikada tarbiyalovchi dunyoqarashni
shakllantirish masalalari ko‘riladi, ta’lim jarayonida o‘quvchilarda
mustaqillikni, tashabbuskorlikni va shaxsning boshqa ayrim sifatlarini
tarbiyalash vazifalari tahlil qilinadi. Mana shunday muhim
masalalarning ko‘rib chiqilishi maktabdagi ta’lim-tarbiyaning birligini
ta’minlashga xizmat qiladi. O‘z-o‘zidan ayonki, mazkur vazifani
amalga oshirish uchun zarur ilmiy-pedagogik asoslarni yaratish
didaktika sohasidan ko‘ra ko‘proq tarbiya nazariyasiga taalluqlidir.
O‘qitish negizi yuksak axloqli qilib kamol toptirishdan iborat. Ana
shunday harakatlarda o‘qishga da’vat qilish, o‘qituvchi bilan
o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari va ta’limning metodlari
masalalari boshqacha tus oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: