II-QISM Klinik iboralar. 1-DARS.
1-§. Klinik iboralarning tuzulishi.
Tibbiy iboralar qadimgi grek va lotin tillari asosida qurulgan. Grek- lotin
so‘zlarning o‘zagi yasama va murakkab iboralarni hosil qilish uchun asos bo‘ladi.
Bir nechta murakkab lotincha yoki qadimgi grekcha o‘zak bir so‘zda unli yoki
unsiz bog‘lanib o‘zbekcha bir nechta so‘zlar bilan tarjima qilinadi.
Endocrinologia- uchta grekcha birikmadan iborat bo‘lib o‘zbek tilida bir
nechta so‘zni talab qiladi. “Ichki sekretsiya bezlarning tuzilishi va funktsiyasi, bu
bezlar funktsiyasining buzulishiga aloqador kasalliklar to‘g‘risidagi fan”. Meditsina
iboralarini kelib chiqishi nuqtai –nazaridan 3 ta turga bo‘lish mumkin: birinchi
(boshlang‘ich), yasama va murakkab.
Birinchi -ibora grekcha yoki lotincha so‘z o‘zining dastlabki ma’nosini saqlaydi
yoki boshqa ma’noga o‘tganligini ifodalaydi.
Gaster -- me’da (oshqozon)
Atrium -- yurak bo‘lmasi
Cor -- yurak
Yasama ibora -- bu lotincha yoki grekcha o‘zak old qo‘shimcha- suffikslar bilan
yangi ma’noli so‘zni hosil qiladi.
Parotitis -- quloq atrofidagi bezning yallig‘lanishi
Panplegia – butun tananing falaj bo‘lishi
Murakkab ibora bir nechta grekcha yoki lotincha o‘zaklardan tashkil topib
ma’lum bir tushunchani anglatadigan so‘z (TЭ) dir:
Odontopoёsis --tishning tuzulishi
Odontoma --tish o‘smasi (shish)
Odontodynia --tish og‘rig‘i
Odontorrhagia -- tishni sug‘urib olgandan so‘ng qon ketishi 118
Odontologia -- tish kasalliklari va ularni davolash usullarini o‘rganadigan fan.
Klinik iboralarni o‘zlashtirish uchun:
Birinchidan- lotincha anatomik so‘zlarni grekcha sinonimlarini;
Ikkinchdan- oxirgi ibora elementini (TЭ) organ va to‘qimalarning patologik
o‘zgarishini bildirib, tekshirish yoki davolashni diagnostik usullarini amaliy
qo‘shilishini;
Uchunchidan- affiks (old qo‘shimcha va suffiks)lar qo‘shimcha axborot berishini
bilish kerak;
Klinik iboralar grekcha va lotincha so‘zlarning qo‘shilishidan kelib chiqqan:
Ulcus -yara
Tuberculosis - sil
Cancer - (lotincha so‘z) xavfli o‘sma
Ectomia – olib tashlash ( kesib tashlash)
Phthisis - sil (grekcha so‘z)
Grekcha iboralar ayrim holatlarda o‘zidek transkriptsiya qilinadi:
Chronicus - xronik (surunkali)
Erythema- eritema (qizillik),(qon oqib kelishi tufayli teri ayrim qismining
qizarishi).