Sinash g’altagiga ulangan G galvanometrning ko’rsatishi nol holatga keltriladi.
Sinash g’altagini solenoidning markaziga joylashtiriladi va P- pereklyuchatel yordamida solenoid zanjiri tok manbaiga ulanadi.
Rc reostat yordamida solenoid zanjiridan tokning kuchi 0,3 A dan 0,5 A gacha o’zgartirilib tokning uch xil qiymatida bajariladi.
Solenoid zanjiridagi tok qiymatini A ampermetrning ko’rsatishidan yozib olinib, 1-jadvalga kiritiladi va zanjirdan tok uziladi.
Sinash g’altagi solenoidning markazida turgan holda P pereklyuchatel yordamida tok manbaiga ulanadi. Tokning yo’nalishi shu onda qarama-qarshi tomonga o’zgartirilganda sinash g’altagida induksion tok hosil bo’lib, galvonometrdan elektr zaryadi o’tadi.galvonometr ko’rsatishi η ning qiymati 1- jadvalga yoziladi.
Har bir tokning solenoid markazida hosil qilingan magnit maydonning induksiyasi Bm(15) formula asosida hisoblanib birinchi jadvalga kiritiladi.
(13) formula bo’yicha qurilmaning K doimiy va uning “K” o’rtacha qiymati hisoblanib jadvalga kiritiladi.
Solenoid zanjiridagi tokning qiymatining doimiysi saqlab sinash g’altagini solenoidning bir uchidan va har 5sm ga surib, b punktdagidek tajribani bajariladi. Va galvonometrning ko’rsatishi η ning qiymatini bilgan holda B= η formula asosida solenoid o’qidagi har bir nuqta magnit maydonning induksiyasi hisoblanadi. Olingan natijalar 2- jadvalga yoziladi.
Tajriba uch xil tok uchun takrorlanadi. Topilgan solenoid o’qdagi magnit maydonni induksiyasi B ning masofa l ga bog’lanishi, ya’ni B=f(l) grafigi chiziladi.
1-jadval
TrN
D
L
N
Η
I
B
K
M
M
Bo’lim
A
Ta
T /bo’lim
Ta /bo’lim
1
2
3
2-jadval
T/n
X102m
I1….
I2…
I3…
η
B
Η
B
Η
B
Bo’lim
Ta
Bo’lim
Ta
Bo’lim
Ta
1
Sinov savollari Magnit maydon induksiyasi deb nimaga aytiladi?
Magnit maydon induksiyasi asosiy va hosilaviy birliklarini ayting va ular orasidagi bog’lanishlarni yozing.
Maydonning superpozitsiya prinsipini ta’riflab, unung matematik ifodasini yozing.
Magnit induksiya oqimi deb nimaga aytiladi va qanday birliklarda o’lchaniladi?
Magnit induksiya oqimi uchun formulalarni yozing.
Induktivlik deb nimaga aytiladi va u nimalarga bog’liq bo’ladi?
G’altak, solenoid va toroid orasidagi bog’lanish va farqlarni ayting.
Elektromagnit induksiya qonunini tushuntiring.
Galvanometr qanday fizik kattaliklarni o’lchaydi va manbaga qanday ulanadi?
Galvanometr doimiysi nima va u qanday aniqlanadi?
O’zinduksiya va o’zaro induksiya hodisasini tushuntirihg.