Ishni bajarish tartibi.
1. Ommetr yordamida doimiy tokka bo’lgan g’altakni qarshiligini o’lchab olinadi.
2. 1-rasmdagi zanjir yig’ilib, reostat orqali kuchlanishni har-xil qiymatlari uchun o’zakli, o’zaksiz holda tok kuchi o’lchanib, jadval to’ldiriladi.
1-rasm.
3. Oxirgi formula orqali induktivlik hisoblanib, absolyut va nisbiy xatoliklar topilib, quyidagi jadval to’ldiriladi:
1-jadval.
O’zakli
|
O’zaksiz
|
I
|
U
|
R
|
L
|
L
|
|
I
|
U
|
R
|
L
|
L
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4. Oxirgi formula orqali induktivlik hisoblanib, absolyut va nisbiy xatoliklar topilib, quyidagi jadval to’ldiriladi:
Sinov savollari
1. Induksiya qonunini tafriflab bering.
2. O’zinduksiya hodisasini tushuntiring.
3. Induktivlik formulasi va uning birligini yozing.
4. Lens qonunini tushuntiring
5. Bio-Cavar-Laplas qonuni formulasini yozing.
6. Ishning bajarilish tartibini tushutiring.
7. O’zgaruvchan va o’zgarmas tok turlari uchun Om qonuni.
8. Induktivlikni hisoblash formulasini tushuntiring.
9. Ishga xulosa qiling.
2.16. YER MAGNIT MAYDON KUCHLANGANLIGINING GORIZONTAL TASHKIL ETUVCHISINI ANIQLASH.
Ishning maqsadi: Yerni magnit parchasiga qiyos qilish va uni sirtida maydon kuchlanganligini meridian bo’ylab tashkil etuvchisini topish.
Kerakli asbob va qurilmalar: tangens galvanometr, ampermetr, reostat, doimiy tok manbai, ulovchi simlar, kalit.
Nazariy qism.
Yer magnit maydon kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisini aniqlash usullaridan biri quyidagichadir:
Agar Yer magnit meridiani tekisligi markaziga magnit strelkasi bo’lgan aylanma tokli o’tkazgich olib, undan doimiy elektr toki o’tkazsak, magnit strelkasi magnit meridianidan biror burchakka og’adi. Markazida magnit strelkasi bo’lgan va aylana halqa bo’ylab tok oqadigan asbob tangens-galvanometer deyiladi. Tangens–galvanometr shu hodisaga asoslangan bo’lib, quyidagicha tuzilgan: doiraviy yog’och asosga bir necha o’ram o’tkazgich sim o’ralgan bo’lib, markazida maxsus g’ilofda gorizontal tekislikda erkin aylana oladigan magnit ko’rsatkichi joylashgan (ko’rsatkich biror usul bilan osongina bo’shatilishi yoki to’xtalishi mumkin) bo’ladi.
Odatda, tangens-galvanometrining o’ramlar soni n va radiusi R berilgan bo’ladi.
Magnit strelkasiga Yer magnit maydon kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisi H0 va sim o’rami tekisligiga perpendikulyar yo’nalgan tokning magnit maydoni H ta’sir qiladi va biror burchakka buriladi.
Ma’lumki, ixtiyoriy ko’rinishdagi tokli o’tkazgich bo’lagi dl hosil qilgan biror C nuqtadagi magnit maydon kuchlanganligi o’tkazgichdan o’tayotgan tokka I va o’tkazgich bo’lagi dl ga to’g’ri proporsional hamda o’tkazgichdan C nuqtagacha bo’lgan masofa kvadratiga teskari proposional. Bu ifodaning matematik ko’rinishi quyidagicha yoziladi:
Bu yerda dl o’tkazgich bo’lagi bilan orasidagi burchak. k – tanlangan birliklar sistemasiga bog’liq koeffitsient.
Bio – Savar - Laplas qonunini xususiy holda tok uchun qo’llab, magnit maydon kuchlanganligi bir o’rami uchun va nihoyat tangens – galvanometr uchun (1) ekanligini isbotlash mumkin. Uning yo’nalishi aylanma tok yotgan tekislikka tik. Lekin Yerning magnit maydon ta’siri tufayli strelka 900 ga emas burchakka og’adi (Bu burchakni kattaligi tok kuchiga ham bog’liq ).
Rasmdan, (2) deb topish mumkin. (1) va (2) formuladan,
(3)
ifodani hosil qila olamiz.
1-rasm
Magnit maydon kuchlanganligi magnit strelkasining qutbiga ta’sir qiluvchi kuchni xarakterlaydi va SI sistemasida larda o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |